-Ðóáðèêè

 -Ïîèñê ïî äíåâíèêó

Ïîèñê ñîîáùåíèé â Òóðîí_Øóõðàòæîíè

 -Ïîäïèñêà ïî e-mail

 

 -Ïîñòîÿííûå ÷èòàòåëè

 -Ñòàòèñòèêà

Ñòàòèñòèêà LiveInternet.ru: ïîêàçàíî êîëè÷åñòâî õèòîâ è ïîñåòèòåëåé
Ñîçäàí: 06.02.2012
Çàïèñåé: 449
Êîììåíòàðèåâ: 9
Íàïèñàíî: 490


Jamshid MUHTOROV: MANA SENGA OZODLIK, MANA SENGA DEMOKRATIYA VA MANA SENGA INSON HUQUQLARI!!!

Âòîðíèê, 15 Ñåíòÿáðÿ 2015 ã. 19:51 + â öèòàòíèê
Jamshid MUHTOROV: MANA SENGA OZODLIK, MANA SENGA DEMOKRATIYA VA MANA SENGA INSON HUQUQLARI!!!



1.
QAMOQaqshNISHONSeal_of_the_Federal_Bureau_of_Prisons_svg1 (700x700, 529Kb)

Foto. AQSh Federal Qamoqxona Byurosining muhri. - (https://en.wikipedia.org/wiki/Federal_Bureau_of_Prisons )

Men Jamshid Muhtorov, 2012 yilni 21 yanvarida Chikago ayraportida AQSh maxsus hizmat organlari tomonidan asossiz qo’lga olindim va o’sha zahoti meni aeroport yaqinidagi bir mehmonxonaga olib kelishdi. Mehmonxonada meni Kolorado shtati Denver shahar bo’limi Federal Qidiruv Byurosi (FQB) xodimlaridan Jayson Aleksander Ferguson, Donald E. Hale va uzbek tilida so’zlashadigan tarjimon Temur Haqberdiev bilan birgalikda kutib oldi. Suhbat oldidan FQB xodimi Aleksander Ferguson meni ogohlantirib, “Seni hozir hayoting o’z qo’lingda, agar biz bilan ro’yirost savollarimizga javob bersang o’z hayotingni qutqargan bo’lasan” dedi. Shunda meni qo’yib yuborishsa kerak degan umid bilan ularga advokatsiz savollariga javob berishga rozi bo’ldim.

FQB xodimlari bilan bo’lgan suhbat davomida, men hech qachon terrorchi tashkilotlar bilan aloqada bo’lmaganligimni va ularga moddiy yordam bermaganligimni aytdim. Mendan AQShda terrorchilarga aloqasi bor, yoki terrorni qo’llab-quvvatlaydigan odamlarni bilasanmi, deb so’rashganida men bilmasligimni aytdim. Men faqat www.sodiqlar.com web sahifasi administratori bilan bir necha marta elektron pochta orqali xatlashganligimni, ammo uning yuzini hech qachon ko’rmaganligimni, va hech qanday moddiy yordam bermaganimni aytdim.

Shundan so’ng men ularga samolyotga kech qolishimni va meni qo’yib yuhorishlarini so’raganimda, ular meni qamoqqa olinganimni aytishdi. Unday bo’lsa men sizlar bilan advokatsiz savollaringizga javob bera olmayman deb, suhbatni davom ettirishdan bosh tortdim. Keyin FQB maxsus agenti Aleksander Ferguson telefon qilib Chikago maxsus xizmatlarini chaqirib, meni ularni qo’liga topshirdi.

Bir ozdan keyin Chikago shahar maxsus xizmat xodimlari kelib, meni Chikago shahri markazida joylashgan qamoqxonaning eng ashaddiy jinoyatchilar saqlanadigan bo’limiga olib borib qamashdi. Meni qo’lga olishgan ilk soatidan boshlab men oilamga qo’ng’iroq qilishimni so’radim. Mehmonxonada maxsus xizmat xodimlaridan, Chikago qamoqxonasi nozirlaridan, xullas duch kelgan xodimdan oilamga telefon qilishim juda zarurligini o’tinib so’radim. Ammo menga na telefon va na xat yozishga ruxsat berishmadi. Hatto namoz o’qishga ham qiynaldim, chunki tashqarini ko’rinmasligidan na kech kirganini bilaman, na tong otganini.

Taxminan bir haftadan keyin meni Kolorado shtatining Englevud shahridagi Federal Qamoqxonalar Byurosi (Federal Bureau of Prisons - FBOP)ga qarashli Federal qamoqxonaga olib kelishdi. Qamoqxonaning eng ashaddiy jinoyatchi mahbuslar saqlanadigan yer ostida ikkinchi qavatidaub (SHU) bo’limiga meni qamashdi (menimcha, bunday qamoqxona bo’limi Maximum Security (MS) – Maksimal Xavfsizlik deb ataladi, A.Sh.). Kelgan kunimdanoq men qamoqxona ma’murlaridan oilamga qo’ng’iroq qilishim juda zarurligini kuniga bir necha martalab talab qildim, ammo menga ruxsat berishmadi. Hatto xat yozish uchun ham menga imkon berishmadi. Qamoqxona nozirlari menga nisbatan juda qo’pol muomalada bo’lishdi. Men kelganda hujjatlarimni rasmiylashtirgan yuqori martabali xodimiga, men cho’chqa go’shti yemasligimni, musulmon ekanligimni aytsam, meni jerkib, “Men sendan diningni so’rayotganim yo’q” deb qo’pollik bilan javob qildi. Menga maxsus ovqat berish o’rniga cho’chqa go’shtidan bo’lgan ovqatni berishdi.

Men butunlay tashqi dunyodan uzilgan edim. Qamalganimdan to’rt oydan keyin qizlik bo’lganimni advokatlar xabar qilishdi, ammo shu kungacha mana uch yilu sakkiz oy bo’libdiki qizimni qo’limga olganim yo’q.

Oradan bir necha kundan keyin davlat tomonidan berilgan advokatlar bilan uchrashdim. Ularga meni ahvolimdan shikoyat qildim. Menga telefon qilishga, xat yozishga ruxsat berishmayapti va menga mirshablar tomonidan qo’pol muomala qilinayotganini aytdim. Shunga qaramay baribir menga telefon qilishga ruxsat berishmadi. Shundan keyin men ularni qo’rqitib: “Agar shu bugun telefon qilmasam o’zimni o’ldiraman” dedim. Shundan so’ngina kechga borib menga 15 daqiqa telefonda oilam bilan gaplashishga faqat bir marotaba ruxsat berishdi.

Meni va advokatni sudyaga qilgan shikoyatimizdan so’ng, meni boshqa qamoqhonaga ko’chirishdi. Bu qamoqxona Kolarodo shtati Denver shahrida joylashgan bo’lib, u yerni sharoiti ham boshqa turmalardan hech qanday afzal joyi yo’q edi. Shunday qilib Federal Qamoqxonalar Byurosining Kolorado Federal qamoqxonasidan Denver shahar markazidagi DDC qamoqxonasiga olib kelib, yana eng rasvo bo’limiga, ya’ni qattiq rejimli (maximum security - maksimal xavfsizlik) bo’limiga qamashdi. Ikki yarim yil qattiq rejimda, bir kishilik kamerada ushlashdi. DDC ma’muriyati hech qanday sababsiz meni umumiy bo’limga ko’chirishga ruxsat bermay, har kuni 23 soat yopiqda saqlashdi.

Ammo bu yerda telefon va xat-xabar qilishimga to’sqinlik qilishmadi. Shunda menga bir sutkada bir soat kameradan chiqishga vaqt berilardi. Shu bir soat ichida telefon qilish, yuvinish, kamerani tozalash va hokazo ishlarni hammasini bajarishga ulgurishim kerak bo’lardi.

Boshlang’ich sud jarayonida davlat prokurori tomonidan menga qarshi asossiz va quruq gapdan iborat bo’lgan ayblovlar e’lon qilindi. Shunda prokuror aytdiki: “Bizdagi "seksotni" (sekretniy sotrudnik - maxfiy xodim), ya’ni xufiya, josus bergan ko’rsatmasiga ko’ra, mening ustozlarim Usama bin Laden (1957-2011) va Anvar al-Avlaki (1971-2011) ekanligi, va meni radikal jihodni qo’llab-quvvatlovchi shaxs, deb aibladi. Ammo Usama bin Laden va Anwar al-Avlaki mening ustozlarim bo’lganligini tasdiqlovchi birorta hujjat yoki dalil keltira olgani yo’q. Shu kungacha olib borilgan keng qamrovli tergov surishtiruv natijasida ham meni na uyimda va na kompyuterimdan, na telefonimdan yuqoridagi seksot ko’rsatmasini tasdiqlovchi birorta dalil hujjat ko’rsatisha olishgani yo’q.

Afsuski menga qarshi uyushtirilgan bu tuhmatlarni hech kim, ya’ni na menga berilgan advokatlar, na sudya inobatga olgani yo’q. Aksincha, sudya va hukumat yuqoridagi soxta ayblovlarni ro’kach qilib, meni garov tariqasida sudgacha ochiqda qoldirish uchun advokatlar bergan arizalarni rad qilishayapti.

Advokatlar seksotni nomi aniq aytilmasa uning ko’rsatmasi bilan meni qamoqda ushlashlariga haqqi yo’qligini va seksot sudga kelib, shaxsan ko’rsatma berishi kerakligini talab qilganidan so’ngina, hukumat keyinchalik noiloj seksotni, aniqrog’i AQSH maxsus xizmatlarining maxfiy ayg’oqchisi, josusi, O’zbekistonning Toshkent viloyatida 1981 yilda tug’hilgan Sh.H. ekanligini sudga e’lon qildi*. Shundan so’ng uni menga qarshi bergan barcha yolg’on va asossiz ko’rsatmalari sud tomonidan e’tiborga olindi.

Sh.H.ni menga qarshi bergan yolg’on ko’rsatmalarini men qamalganimdan bir yildan keyin qo’limga oldim. Advokatlarda meni ishimga oid bo’lgan barcha hujjatlar nusxalarini menga berishlarini bot-bot talab qilganimdan keyin, ish hujjatlarining qolgan qismlarini yaqinda, ya’ni 2015 yil iyul oyida berishdi. Bu hujjatlar ichida men AQSh FQB josusi Sh.H.ni menga qarshi navbatdagi asossiz yangi yolg’on ko’rsatmalarini ko’rdim. Uning so’ziga ko’ra, AQShni Aydaho shtati Boysi shahrida 2013 yilda qo’lga olingan Fazliddin Qurbonov jinoyatida mening qo’lim borligini FQB xodimlariga telefon orqali xabar bergan (tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi).

Endi Sh.H. haqida qisqacha ma’lumot. Sh.H. taxminan 2008 yilda Misr davlatida qochqin bo’lib oilasi bilan yashab yurganida, AQShda yashaydigan Davron Mahammatov ismli sobiq hamshahari orqali men bilan skayp orqali tanishdi. Shu bilan tez-tez men bilan aloqaga chiqa boshladi. U menga Misrda Al-Azxar universitetida o’qiganligi, iqtisodiy yetishmovchilik natijasida islomiy oliygohda o’qishini tashlashga majbur bo’lgani va oilasi iqtisodiy yetishmovchilikdan kamqonlik kasali bilan kasallanib, hatto kasalxonaga oborishga ham imkoni yo’qligini aytdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Qochqinlar Ishlari bo’yicha Bosh Komissarligi Boshqarmasi (BMT QIBKB) tashkilotiga borib necha martalab yordam so’ragani, ammo BMT QIBKB unga yordam bermagani, yana Misrda ish yo’qligi, oilasini boqish uchun bozorlarda, magazinlarda sadaqa so’rab kun ko’rishligini aytdi. Misr hukumati ham uni tinimsiz bezovta qilayotgani va hayoti havf ostida ekanligini menga aytdi. Rahmim kelib bir necha marta unga pul jo’natdim.

Shundan keyin u mendan AQShdan boshpana olish uchun unga yordam berishligimni, ya’ni yo’l-yo’riq ko’rsatishimni iltimos qildi. Uni AQShga kelishga ishtiyoqi juda baland edi. Men unga xalqaro tashkilotlarga xat qilishda yordam berdim va Shvetsiyadagi huquq himoyachisi Muhiddin Qurbonov va boshqalar bilan tanishtirib, unga yordam berishligini so’radim. Huquq himoyachisi Muhiddin Qurbonov unga ham moddiy ham huquqiy yordamini ayamadi. Shunday qilib Sh.H. Franziyadagi huquq himoyachisi Nadejda Ataeva, Muhiddin Qurbonov, men va boshqa huquq himoyachilari yordami bilan AQShdan boshpana olishga muyassar bo’ldi.

Sh.H. AQShni Aydaho shtati Boysi shahriga boshpana olib, AQShga kelganidan keyin, menga telefon qilib, Boysida qochqinlarni ahvoli og’irligi, sababi ish yo’qligi va bir necha kishi bitta bir xonali kvartirada turishini aytib hayotidan yana shikoyat qildi. Men uni o’z hisobimdan Boysiga borib Koloradoga ko’chirib olib keldim. Shu kungacha, ya’ni Boysida ko’rishgunga qadar men uni biror marta yuzini ko’rmagan edim. Qachon skayp orqali suhbatlashganimizda, o’zini ko’rsatishini so’raganimda, kameram yo’q deb bahona qilardi. Hatto rasmini ham ko’rmagan edim.

Ishimdan qolib, bir birodardan yo’lkiraga 500 dollar qarz olib, Boysidan Koloradoga yuklari bilan ko’chirib olib keldim va bir necha kun biznikida turdi. Uni Boysidan ko’chirib Koloradoga olib kelish uchun borganimda, o’shanda birinchi marta uni yuzini ko’rdim. Keyinchalik menga qo’shni bo’lgan bir tanishimni uyiga uni joylashtirdim va qochqinlarga xizmat ko’rsatish markazida ro’yxatdan o’tkazib, barcha qo’limdan kelgan yordamlarni berdim.

Oradan bir necha oy vaqt o’tdi, ish taklif qilsam, "taqsirni" ishlagisi yo’q. Bundan tashqari "Luteran ofis", ya’ni qochqinlarga xizmat ko’rsatadigan Nasroniy (Xristian) cherkovi tashkiloti ham uni ishga joylashtirgan edi, "taqsirga" bu ish ham to’g’ri kelmadi. Bir necha kundan keyin o’z xohishi bilan ishdan bo’shadi. Sababini so’raganimda ishni og’irligini aytib, hayotida u og’ir ish qilmaganligini, bunaqangi ishlar unga to’g’ri kelmasligini aytdi. Shundan keyin menga u haqda atrofdagi o’zbeklar ham ko’p tanqidiy fikrlarini aytishdi. Shulardan biri Qo’qonlik, Boysidan Koloradoga ko’chib kelgan va Sh.H.ni yaxshi taniydigan Abdulatif Qambarov edi. Abdulatif aka menga kelib “Jamshid, Sh.H.ga siz gapiring, ishlamay uyda yotishi yaxshi emas” dedi. Yana Sh.H.ning mendan Koloradoga kelgandan keyin olgan qarzlari ham bor edi. Menga uni parazitligi, tekinxo’rligi va munofiqligi aniq ma’lum bo’lganidan keyin, achchig’im chiqib unga qattiq gapirdim. Ishga o’tishi kerakligi, birovni hisobiga kun kechirish musulmonga yarashmasligi, xristiyanlar cherkoviga qarashli qochqinlarga yordam beruvchi tashkilotga hadeb borib, sadaqa so’rab kun kechirishi yaxshi emasligini va ishlab qarzlarini egalariga qaytarishi kerakligini aytib qattiq dashnom berdim. Albatta meni tanqidim unga og’ir botdi va u menga qarshi dushmanlik qilish payiga o’tdi. O’sha payti men u bilan aloqani butunlay uzgan edim.

Men qamoqqa olinmasimdan taxminan 3-4 oy oldin Sh.H. Federal Qidiruv Byurosi (FQB)ga telefon orqali bog’lanib meni Amerika uchun havfli shaxs va meni nazoratga olishlarini so’ragan, ya’ni terrorchi deb xabar bergan (hujjat mavjud). Shundan keyin u yashaydigan kvartiraga bir necha bor FQB xodimlari kelganligini, men qamalmasimdan oldin telefon orqali menga birodarlar xabar berishdi. Sh.H.ning asl maqsadi meni AQShdan majburan chiqartirib yuborish (deport qildirish) bo’lgan. Bu haqda qamalmasimdan oldin gap ham tarqalgan (tasdiqlovchi hujjat mavjud). “Jamshid Muhtorovni AQShdan deportatsiya qilishibdi” degan xabar ba’zi o’zbek birodarlarga ham yetib borganida, ular menga telefon qilishib, “Sizni deport qilishdi degan gapni eshitdik, shunga telefon qilib bilmoqchi edik, tinchmisiz, birodar?” deb so’rashdi. Men unday gapdan meni xabarim yo’qligini aytdim va hazillashib, “Hozircha deport qilishmadi, ishlab yuribman” deb javob qildim. Shunda haligi birodar menga “Xabaringiz bormi, Sh.H.nikiga uchta harflar kelganligidan” deb so’radi, men “Yo’q” dedim (bu uch kishi, ya’ni men va ikki o’zbek birodarning tel konferentsiya suhbati FQB tomonidan yozib olingan hujjati menda mavjud).

Advokatlar orqali menga berilgan Sh.H.ni ko’rsatmalaridan shu narsa ma’lum bo’ldiki, Sh.H. nafaqat menga qarshi, balki ko’plab o’zbek musulmonlariga qarshi AQSh xavfsizlik xizmatiga yordam bergan. Jumladan AQShda yashovchi o’zbekistonlik Jahongir G’aybullaev (Abdulloh) Shvetsiyadagi imom Obidxon qori Nazarov va boshqalar haqida ham Sh.H. FQBga salbiy ko’rsatmalar bergan. Albatta bu bekordan bekorga emas. FQBni tergov­ surushtiruv ishlaridan menga shu narsa ma’lum bo’ldiki, AQSh hukumatu maxsus xizmat xodimlarini ko’proq Obidxon qori Nazarov qiziqtirgan. Chunki FQB xodimlari mendan va meni tanigan har bir o’zbekni so’roq qilishganda Obidxon qori Nazarov haqida ko’proq surishtirishgan (hujjat mavjud).

Sh.H.ni menga qarshi bergan ko’rsatmalari asossiz va puch iddaolar, ya’ni quruq tuhmatdan boshqa narsa emas. Shunga qaramay, Prokuror va Sud Sh.H.ni menga qarshi ayblovlari asossiz ekanligini bila turib uning ko’rsatmalarini menga qarshi ishlatishmoqda. Negadir davlat tomonidan menga berilgan advokatlar ham sudga hech qanday e’tiroz bildirmasdan, menga nisbatan uyushtirilgan buhtonni bilib turib, qasdan ko’z yummoqdalar. Bundan tashqari advokatlar mening sud ishimga taalluqli bo’lgan eng muhim ish hujjatlarini har xil bahonalar bilan mendan yashirishlari meni ularga bo’lgan ishonchimni butunlay yuqolishiga sabab bo’ldi. Bu haqda sudya John L. Kanega ikki marta shikoyat xati (birinchisini 2015 yil 2 iyun va ikkinchi xatimni 24 avgust kuni) yozib, menga nisbatan adolatsizlik bo’layotgani va menga boshqa himoyachi tayinlashini talab qildim. Biroq shu kungacha ikki shikoyat xatimga ham hech qanday javob bo’lmadi. Sudya John L.Kanega yozgan shikoyat xatimda advokatlarning meni himoya qilishdagi sustkashliklari, shubhali hatti-harakatlari va meni ishimga oid bo’lgan hujjatlarni mendan bekitib qasdan to’liq bermayotganligini dalillar bilan isbotlab berganman. Shunga qaramasdan sudya John L. Kane mening iltimoslarimni javobsiz qoldirdi. Bundan ko’rinadiki sudya, prokuror va advokatlar tili bir. Ularni asl maqsadlari qanday bo’lmasin meni aybdor qilish, haqiqatni qaror toptirish emas. Menga o’zimni himoya qilib sudyaga gapirishga va ommaviy axborot vositalari bilan uchrashishga umuman imkoniyat berishmaydi.

Advokatlarni barcha qonuniy talab istaklari sudya va hukumat tomonidan asossiz, tuturiqsiz bahonalar bilan rad qilindi. Go’yoki bizning hech qanday haq-huquqimiz yo’qday. Achinarlisi shundaki advokatlar bunga qarshi sudga hech qanday e’tiroz bildirishmaydi. Sudya bu jinoyat ishini murakkab va chigal deb baholadi. Lekin nima sababdan shunday qarorga kelganligini ochiqlamadi. Aniqki menga oid bo’lgan jinoyat ishi hech qanday murakkab ish emas. Murakkab va chigal deyishga va sud qilmasdan meni dalil- isbotsiz sal kam to’rt yil qamoqda ushlashlariga ularni haqqi yo’q. Aybim bo’lganda allaqachon sud qilishardi va dunyoga jar solgan bo’lishardi. Shuncha muddat qamoqda minglab insonlarni uchratdim, ammo menga o’xshagan, salkam to’rt yil sudsiz qamoqda o’tirgan insonni hech ham uchratmadim.

Ba’zan o’zimga o’zim aytaman: AJAB BO’LSIN. MANA SENGA OZODLIK, MANA SENGA DEMOKRATIYA VA MANA SENGA INSON HAQLARI!!!

2015 yil 28 avgust

Denver Contract Detention Facility

GEO Detention Facility
3130 N. Oakland St.
Aurora, Colorado 80010

--------------------------------------------------------

P.S. 1. Jamshid Muhtorov yozgan ushbu maqola lotin alifbosida Denver qamoqxonasidan mening qo’limga 2015 yil 8 sentyabr kuni yetib keldi. Uni 12 sentyabr kuni skaner qildim va skaner orqali o’tgan xatolar hamda imloviy xatolarni tuzatdim va P.S.da qo’shimcha ma’lumotlarni keltirdim.

2. * Jamshid ushbu maqolada Sh.H. haqida ko’p ma’lumot bilan birga uning to’liq ismi va familiyasini ham keltirgan. Hozircha maqolada uning ismi sharifining bosh harflarini yozish bilan chegaralandim. Chunki maxsus xizmatlar Sh.H. orqali har xil murakkabliklar keltirib chiqarish ehtimoli bor. Sal keyinroq uning ismi sharifini ham to’liq yozarman, inshaalloh.

Shuhratjon Ahmadjonov,
inson haqlari himoyachisi, mustaqil jurnalist va qochqin

E-mail: jiz54@mail.ru , ergash1955@yahoo.com

2015 yil 15 sentyabr

AQSh, Kolorado shtati, Denver shahri
Ðóáðèêè:  Ñòàòüè 2015 ãîäà

 

Äîáàâèòü êîììåíòàðèé:
Òåêñò êîììåíòàðèÿ: ñìàéëèêè

Ïðîâåðêà îðôîãðàôèè: (íàéòè îøèáêè)

Ïðèêðåïèòü êàðòèíêó:

 Ïåðåâîäèòü URL â ññûëêó
 Ïîäïèñàòüñÿ íà êîììåíòàðèè
 Ïîäïèñàòü êàðòèíêó