-Ðóáðèêè

 -Ïîèñê ïî äíåâíèêó

Ïîèñê ñîîáùåíèé â Òóðîí_Øóõðàòæîíè

 -Ïîäïèñêà ïî e-mail

 

 -Ïîñòîÿííûå ÷èòàòåëè

 -Ñòàòèñòèêà

Ñòàòèñòèêà LiveInternet.ru: ïîêàçàíî êîëè÷åñòâî õèòîâ è ïîñåòèòåëåé
Ñîçäàí: 06.02.2012
Çàïèñåé: 483
Êîììåíòàðèåâ: 9
Íàïèñàíî: 524


(98-maqolam. 2007 yil 8 iyul) SAKKIZ AYOL USTIDAN SOXTA SUD VA KAMINAGA BO’LAYOTGAN TAZYIQLAR HAQIDA

Âîñêðåñåíüå, 09 Îêòÿáðÿ 2022 ã. 03:03 + â öèòàòíèê
Shuhratjon AHMADJONOV

(98-maqolam. 2007 yil 8 iyul) SAKKIZ AYOL USTIDAN SOXTA SUD VA KAMINAGA BO’LAYOTGAN TAZYIQLAR HAQIDA

SAKKIZ AYOL USTIDAN SOXTA SUD VA KAMINAGA BO’LAYOTGAN TAZYIQLAR HAQIDA
Shuhrat AHMADJONOV, DO’Kning Toshkent bo’limi rahbari, inson huquqlari va tabiat himoyachisi

Toshkent viloyat Jinoiy ishlar bo’yicha sudida sudya Otabek Raximov raisligida, Toshkent viloyat prokurori yordamchisi Rustam Shoxnazarov ishtirokida 2007 yil 25, 27 iyun, 2, 4, 5 va 6 iyul kunlari 8 ayol ustidan sud mahkamasi bo’lib o’tdi. Ushbu sud va sudlanuvchilar haqidagi ayrim ma’lumotlarni Toshkent viloyati IIB Tergov Boshqarmasi katta tergovchisi, podpolkovnik A.V.Aulov, shu boshqarma bo’lim boshlig’i, podpolkovnik T.T.Shonazarov imzo chekkan, Toshkent viloyat prokurorining o’rinbosari adliya maslahatchisi U.J.Sunnatov tasdiqlagan 42 betdan iborat Ayblov xulosasidan keltirib o’tay.

“Tasdiqlayman”
Toshkent viloyat prokurorining o’rinbosari, adliya maslahatchisi U.J.Sunnatov
“___” may 2007 yil.

AYBLOV XULOSASI

1. Anipa Ergashaliyevna Turdixodjayeva;
2. Dilnoza Avazovna Toxtaxodjayeva;
3. Shaxnoza Azimovna Tursunbayeva;
4. Komila Tojiaxmatovna Xalimova;
5. Shoxista Gazibekovna Umirova;
6. Gulchehra Abduraxmanovna Tog’ayeva;
7. Munira Tuxtamuratovna Xujanova;
8. Aziza Zokirovna Nishonboyevalarni O’zbekiston Respublikasi JK (Jinoyat kodeksi, A.Sh.)ning 244-2-moddasi 1-qismi bilan ayblash haqidagi 25/228 sonli jinoyat ishi yuzasidan;

Mazkur jinoyat ishi 2007 yil 24 fevral kuni R.A.Supiyevni O’zbekiston Respublikasi JKning 244-2-moddasi 1-qismi bilan ayblov haqidagi 25/97 sonli jinoyat ishidan F.Sh.Dustyorov, A.M.Saidkaxarov, A.E.Turdixodjayeva, K.T.Xalimova va boshqalarga nisbatan O’zbekiston Respublikasi JK ning 244-2-moddasi 1-qismi bilan alohida ish yurituviga ajratilgan.
1-jild, i.v. 1-2”

Shu yerda O’zR JKning 244-2-moddasini [1]-dan keltirib o’tay.

“244-2-modda. Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish
Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish –
besh yildan o’n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O’sha harakatlar og’ir oqibatlarga kelib chiqishiga sabab bo’lsa, -
o’n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Basharti shaxs taqiqlangan tashkilotlar mavjudligi to’g’risida o’z ixtiyori bilan xabar qilgan va jinoyatni ochishga yordam bergan bo’lsa, u ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.”

Kuchishlatar organlar xodimlari ushbu 8 ayoldan 7 nafariga turli yo’llar bilan ta’sir etib, ayblov qog’ozlariga imzo qo’ydirib olishgan. Ulardan faqat Dilnoza Toxtaxodjayevnagina soxta ayblarni o’z bo’yniga olmagan. Shu sababli 8 nafar ayblanuvchilardan faqat u haqda yozilgan ma’lumotlarni Ayblov xulosasidan keltirib o’taman.

“O’zbekiston Respublikasi JKning 244-2-moddasi 1-qismi bilan ayblov e’lon qilingan Dilnoza Avazovna Toxtaxodjayeva o’z aybiga iqror emasligini bildirib quyidagilarni ko’rsatdi: “Men ko’rsatib o’tilgan manzilda onam – 1953 yilda tug’ilgan Axmedova Aziza Muxamedovna va o’g’lim 2003 yilda tug’ilgan Yuldoshev Xabibulloh Furqat o’g’li bilan birga istiqomat qilaman. Birinchi marta 1999 yil iyun oyida Xojiakbarov Muzaffar Xojiakbarovichga turmushga chiqqanman. 1999 yil iyulida O’zbekiston Respublikasi JKning 159-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan. 2001-yil kasalliklari sababli Zangiota tumanidagi 64/1-sonli JIEM (Jazoni ijro etish muassasasi, A.Sh.)da vafot etganlar. 2002 yil Yuldashev Furqat Shuhratovichga ikkinchi marta turmushga chiqqanman. 2003 yil yanvar oyida JKning 159-moddasi bilan 8 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Hozirda Andijondagi 64/1-sonli turmada jazo muddatini o’tamoqda.

Otam Toxtaxodjayev Avaz Abduvahobovich, 1949 yilda tug’ilgan. 1999 yil JKning 159-moddasi bilan 13 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Hozirda Buxoro viloyatidagi 64/25-sonli JIEMda jazo muddatini o’tamoqda. Onam 1953 yilda tug’ilgan Axmedova Aziza Muxamedovna, uy bekasi. Opam Muxamedova Dilorom Avazovna, 1973 yilda tug’ilgan. Uy bekasi. Toshkent viloyati Zangiota tumani Nazarbek qo’rg’oni Loyihalash ko’chasida yashaydi. Opam Toxtaxodjayeva Dilorom Avazovna 1970 yilda tug’ilgan Muxamedov Olimjon Zokirjonovichga 1991-yilda turmushga chiqqan. O.Z.Muxamedov 1999 yil JKning 159-moddasi bilan 14 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Hozirda 64/36-sonli JIEMda jazo muddatini o’tamoqda.

Agzamova Dildora Avazovna, 1975 yilda tug’ilgan. Uy bekasi. Shayxontohur tumani, Xojirasulov ko’chasi 105-a uyda yashaydi. Opam Agzamova Dildora Avazovna 1970 yilda tug’ilgan Agzamov Fayzulla Sayitkarimovichga turmushga chiqqan. F.S.Agzamov 2001 yilda JKning 159-moddasi bilan qamalgan va hozirda Jaslikdagi 64/71-sonli JIEMda jazo muddatini o’tamoqda.

Singlim – Toxtaxodjayeva Go’zal Avazovna 1986 yilda tug’ilgan. Uy bekasi. Toshkent shahar, Uchtepa tumani, “O’rikzor” qo’rg’oni, “Bositxon” ko’chasi 4-tor ko’cha, 30-uyda yashaydi. G.A. Toxtaxodjayeva 2002 yilda 1985 yilda tug’ilgan Rashidov Muxammad Abdukarimovichga turmushga chiqqan. M.A.Rashidov JKning 159-moddasi bilan qamalib chiqqan.

Toshkent viloyati Yangiyo’l shahrida yashovchi Tursunboyeva Shaxnoza, Tog’ayeva Gulchexra, Xalimova Komila, Mirzayeva Ug’iloylar va Chinoz shahrida yashovchi Turdixodjayeva Anipa (yoki Nasiba) hamda Axrorxujayeva Ra’nolarni tanimayman va ulardan “Xizbut-taxrir” tashkilotiga mansub bo’lgan hisobot va taborruot pullarini olmaganman, nima sababdan ular menga nisbatan ko’rsatma berishliklarini aytolmayman va men ularga o’zimni “Nozima” ismi bilan tanishtirmaganman. Yangiyo’l shahrida yashovchi Tursunboyeva Shaxnoza Azimovna ismli ayolni tanimayman va ko’rmaganman, undan hech qanday “Xizbut-taxrir” tashkilotiga oid hisobot va “taborruot” pullarini olmaganman. Men “Xizbut-taxrir”ga va boshqa diniy tashkilotlarga a’zo emasman” deb ko’rsatma bergan.
3-jild, i.v. 109-110”

Yuqorida yozilganlarga qaramay rejim tergovchilari Dilnoza Toxtaxodjayevaga qarshi quyidagi ayblov e’lon qilishgan.

“1982 yil 09 noyabr kuni Toshkent shahrida tug’ilgan, millati – o’zbek, O’zbekiston Respublikasi fuqarosi, oilali, 1 nafar farzandi bor, ma’lumoti o’rta, xususiy tadbirkor, muqaddam sudlanmagan, ehtiyot chora sifatida 2007 yil 07 may kuni qamoqqa olish qo’llanilgan, hozirgi kunda O’zRes IIV JIEBB (Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi, A.Sh.)ga qarashli 1-sonli tergov hibsxonasida bo’lgan, Toshkent shahar, Sirg’ali tumani, Choshtepa ko’chasi 8-proyezd 4-uyda yashovchi Dilnoza Avazovna Toxtaxodjayevna;

A Y B L A N A D I:

Ya’ni, u diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik taqiqlangan tashkilot faoliyatida ishtirok etish jinoyatini quyidagi holatlarda sodir etganlikda fosh etiladi.

Jumladan, D.A.Toxtaxodjayeva O’zbekiston Respublikasida faoliyati taqiqlangan “Xizbut-Taxrir” (Ozodlik) partiyasiga a’zo bo’lib, qasamyod qabul qilib, “Islom” dini niqobi ostida O’zbekiston Respublikasining amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda o’zgartirish, hokimiyatni bosib olish, O’zbekiston Respublikasida faoliyati taqiqlangan “Xizbut-Taxrir” (Ozodlik) partiyasi deb nomlangan tashkilot manfaatlari uchun “Xalifalik” davlati tuzish you’lida xizmat qilib, mazkur partiyaning harakati bilan bog’liq barcha ma’lumotlarni sir saqlash, “xizb” tomonidan berilajak barcha topshiriqlarga itoat qilish va so’zsiz bajarish, mazkur partiyaning dunyoda yagona Xalifalik islomiy davlatini tuzish, bu davlatni shariat xukumlariga ko’ra boshqarish, O’zbekistonda tatbiq etilgan demokratik tuzumni qoralab, Respublika rahbariyati olib borayotgan demokratik, o’zgarishlarni inson tomonidan o’ylab topilgan kufr qonunlari deb, bu qonunlarni o’zgartirish uchun Islomiy davlat qurish, Xalifalik islomiy davlatiga qo’shilish ishtiyoqini uyg’otish maqsadida keng targ’ibot va da’vat ishlarini olib borish, “Xalqa”lar tuzish, mushriflarga “Xalqa”larda dars berishda diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik va aqidaparastlik g’oyalari bilan yug’irilgan adabiyot va varaqalardan keng foydalanib, da’vat olib borish, dorislarga saboq berish hamda shu adabiyot va varaqalarni tarqatish hamda ko’rsatmalar berish, bu partiyaga yoshlarni ko’proq jalb etish, a’zolik (tabarruot) badallarini o’z vaqtida to’lab, ushbu g’ayriqonuniy partiya tomonidan chop etilgan varaqa va adabiyotlardan foydalangan holda yoshlar “Xizb” g’oyalarini amalga oshiruvchi asosiy kuchni tashkil etishlarini inobatga olib, yoshlar o’rtasida keng targ’ibot ishlarini olib borish, xalqalar tuzib, “Islom” axkomlarini va shariat asoslarni o’rgatish niqobi ostida diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik va aqidaparastlik g’oyalarini da’vat qilish maqsadida “Xizbut-Taxrir” partiyasida “musoida” lavozimida faoliyat olib borayotgan D.A.Toxtaxodjayeva 2002 yil sentyabr oylarida Anipa Ergashaliyevna Turdixodjayevaning Chinoz shahar, Paxtaobod ko’chasi 1-uyga kelib, A.E.Turdixodjayeva, O’g’iloy Akramovna Mirzayeva, Shaxnoza Azimovna Tursunbayeva va “Dilbar” ismli ayollarga “Xizbut-taxrir” partiyasi g’oyalaridan “xalqa” darslari o’tgan. Shunigdek, Shaxnoza Azimovna Tursunbayevaning Yangiyo’l shahar, Navro’z mavzesi, 4-uy 50-xonada Sh.A.Tursunboyeva va U.A.Mirzayevalarga “Xizbut-taxrir” partiyasi g’oyalaridan “xalqa” darslari o’tgan.

Yangiyo’l shahridagi “Xizbut-taxrir” partiyasining ayollar qanoti bo’yicha Gulchehra Abduraxmanovna Tog’ayevani “ma’sula” lavozimiga tayinlab, 2004 yilga qadar G.A.Tog’ayevadan Yangiyo’l shahridagi “Xizbut-taxrir” partiyasining ayollar qanoti bo’yicha faoliyatlari bo’yicha hisobotlar olib, taborruot pullarini yig’ib kelgan. Keyinchalik esa Shaxnoza Azimovna Tursunbayevani Yangyo’l va Chinoz tumanlariga “ma’sula” lavozimiga tayinlab, “Xizbut-taxrir” partiyasining ayollar qanotida “mushrifa” lavozimida faoliyat olib borganlar.

Anipa Ergashaliyevna Turdixodjayeva, Gulchehra Abduraxmanovna Tog’ayeva va Komila Tojiaxmatovna Xalimovalarning faoliyatlari ustidan nazorat olib borishlikni tayinlab, Sh.A.Tursunboyevadan Yangyo’l va Chinoz tumanlaridagi “Xizbiy” ayollar faoliyati bo’yicha hisobotlar olib, taborruot pullarini yig’ib kelib, 2004 yil boshlarida, keyinchalik hisobot va taborruot pullarini topshirishlik uchun Sh.A.Tursunboyevani “Xizbut-taxrir” partiyasida “Musoida” lavozimida faoliyat olib borayotgan, dastlabki tergovda shaxsini aniqlash imkoni bo’lmagan, “Zilola” ismli ayol bilan uchrashtirib qo’yadi.

Dilnoza Avazovna Toxtaxodjayeva o’zining qasddan sodir qilgan harakatlari, diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik taqiqlangan tashkilot faoliyatida faol ishtirok etishda ifodalangan harakatlari bilan O’zbekiston Respublikasi JKning 244-2-moddasi 1-qismida ko’rsatilgan jinoyatni sodir etgan.”

Kamina ushbu sud mahkamasi haqida 2007 yil 2 iyul kuni xabar topdi. Shu sababli sudda 4 iyuldan boshlab qatnashdi. 4 iyul kuni ertalab soat 9.30 larda Toshkent viloyat jinoiy ishlar bo’yicha sudi binosi oldiga O’zbekiston Mustaqil inson huquqlarini himoya qilish Tashabbus guruhining raisi Sur’at Ikromov keldi. Kamina nusxa, ya’ni kserokopiya olish uchun Tergov xulosasini berib turishni Sur’at akadan iltimos qildi. U: “Tergov xulosasini siz nima qilasiz?” deb so’radi. Kamina: “Tanishib chiqaman va sudlanuvchi ayollar huquqini himoya qilib maqola yozaman” dedi. S.Ikromov: “Siz inson huquqlari himoyachisi emassizku. Kongressingiz bilan shug’ullanayvermaysizmi” dedi. Kamina: “Men “Demokratlar davrasi” nomli NNT (nodavlat notijorat tashkiloti) raisi sifatida inson huquqlarini himoya qilish bilan ham shug’ullanishimni siz yaxshi bilasizku” dedi. U: “Inson huquqlarini himoya qilish borasida siz nima ish qildingiz?” dedi. Kamina: “Bu borada ko’p maqolalar yozganimni siz yaxshi bilasizku. Axir Andijon fojiasidan so’ng 2005 yil 18 may kuni Freedom Houseda Murojaatnomani muhokama qilganimiz va uni anchagina bahslardan keyin qabul qilganimiz esingizdan chiqdimi?” dedi (bu Murojaatnoma [2]-da chop etilgandi). S.Ikromov: “Boshimni ko’p qotirmang” dedi. Kaminaning esiga negadir O’zbekiston Inson huquqlari jamiyatining raisi Tolib Yoqubovning 4 qismdan iborat [3]-maqolasi va unda Sur’at Ikromov haqida yozgan gaplari esiga keldi.

Ba’zilar faqat o’zini inson huquqlari himoyachisi deb hisoblaydilar. Ayblov xulosasidan nusxa olishga ruxsat bermagan S.Ikromovning bu ishi haqida o’quvchilarimiz o’zlari bir fikrga kelsinlar.

Yaxshiyamki, adolatsiz sud qilinayotgan 8 nafar ayoldan, yuqorida ta’kidlaganimiz, Dilnoza Avazovna Toxtaxodjayevani taniqli advokat Irina Grigoriyevna Mikulina himoya qilayotgan ekan (u haqda kamina [4]-maqolada yozgan edi, unga Maxfirat Saidmurodova tarjimonlik qilmoqda). Muallif nusxa olish uchun Tergov xulosasini berib turishni I.Mikulinadan iltimos qildi. U rus tilida: “Tergov xulosasini bugun olib kelmaganman. Ertaga olib kelganimda beraman” dedi.

2007 yil 5 iyul kuni I.Mikulina Tergov xulosasini olib keldi va kaminaga nusxa olish uchun berdi. Men avtobus bekati oldidagi dukonda nusxa oldim va qaytarib berdim. Imkoniyatdan foydalanib muallif advokat I.Mikulinaga O’zbekistondagi politsiyaviy siyosiy rejim sharoitida nomozxon fuqarolarni, jumladan ayollarni mardlarcha himoya qilayotgani va bunga doir Tergov xulosasidan nusxa olishga imkoniyat berganligi uchun o’z minnatdorchiligini bildiradi!

Endi sud jarayoni haqida. Sudlanuvchilardan 4 nafar ayol – Dilnoza Avazovna Toxtaxodjayeva 2007 yil 7 may, Shaxnoza Azimovna Tursunbayeva 2007 yil 13 aprel, Komila Tojiaxmatovna Xalimova 2007 yil 30 aprel, Shoxista Gazibekovna Umirova 2007 yil 13 apreldan beri O’zR IIV JIEBBga qarashli 1-sonli tergov hibsxonasida saqlanmoqda. Ular sudga maxsus mashinada olib kelinmoqdalar va sud jarayoni davomida panjara ortida o’tirmoqdalar. Qolgan 4 nafar ayol – Anipa Ergashaliyevna Turdixodjayeva, Gulchehra Abduraxmanovna Tog’ayeva, Munira Tuxtamuratovna Xujanova, Aziza Zokirovna Nishonboyevalar o’z uylaridan qatnamoqdalar.

Sudda 2007 yil 4 iyul kuni guvohlar Xosiyat Bakimaxamatovna Shermatova, Dilobar Yo’ldoshevna Yo’ldosheva, Muqaddas Latipovna Valiqulova, Ozoda Azimovna G’iyosova, Saida Mirsagatovna Otaqo’ziyeva va yana bir ayol (u o’z ismi-sharifini juda sekin aytgani uchun kamina yozib ola olmadi), 5 iyul kuni Shahodat Hamidovna Xolxo’jayeva, O’g’iloy Akramovna Mirzayeva, Dilafruz Abduraxmanovna Abduraxmanova, Ra’no Sultonxo’jayevna Axrorxo’jayeva, Muhtaram Abdunabiyevna Axmedova so’zga chiqdilar va guvohlik ko’rsatmalarini qisqacha berdilar hamda savollarga javob berdilar.

6 iyul kungi sud majlisida Toshkent viloyat prokurori yordamchisi Rustam Shoxnazarov so’zga chiqib, 4 nafar ayolga besh yildan, yana 4 nafar ayolga 3 yildan umumiy tartibli koloniyaga qamash haqida taklif qildi. So’ngra sudya advokatlarga so’z berdi. Advokatlar sud jarayonida ayblanuvchilar aybi o’z tasdig’ini topmagani, hisobotlar va badal pullarini yig’ish o’tkazilmagani, bunga doir birorta isbot qiluvchi materiallar yo’qligi, bular 3-4 kishi bo’lib yig’ilishib, qamalgan erlari, yaqin qarindoshlari haqida so’zlashganlari, birgalashib Qur’on o’qiganlari, nomoz o’qishgani, davlatga qarshi suhbatlashmaganlari, birorta faoliyat olib borishmagani haqida gapirishdi. Davlatga qarshi suhbatlar, faoliyat sud jarayonida o’z tasdig’ini topmagani, ular qaysi yoshni yomon yo’lga boshlaganiga doir birorta isbot, guvoh yo’qligini, bular ko’p bolali onalar ekanligi, ular tashkilotga qatnashishadimi, yoki o’z bolalariga qaraydilarmi, deb savol qo’ydi advokatlardan biri, ular “Hizbut-tahrir” partiyasiga a’zo bo’lmaganlari va qasamyod qabul qilmaganlari, shuningdek birorta guvoh “Hizbut-tahrir” partiyasiga da’vat qilganligi haqida ko’rsatma bermagani haqida so’zladilar. Ayrim advokatlar dastlabki tergovdagi ayblar sud jarayonida o’z isbotini topmagani ta’kidlashdi va o’z himoyasida bo’lganlarni oqlashni so’rashdi. Ba’zi bir advokatlar o’z himoyasidagi fuqarolarni ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan jazo bilan chegaralanishni suddan so’radilar.

Sudya advokatlardan keyin so’zlash navbatini, ya’ni oxirgi so’zni gapirish uchun ayblanuvchilarga berdi. Ulardan aksari “yosh bolam bor, qilgan ishimdan pushaymonman, kechirishlaringizni so’rayman, shartli jazo bilan chegaralanishlaringizni iltimos qilaman” degan gaplarni aytdilar.

Sudya dushanba – 9 iyulga qadar tanaffus e’lon qildi. 9 iyul kuni sud hukmi o’qilishi kutilmoqda.
Tergov aybnomasini o’qib, kamina sudlanuvchi ayollarga juda rahmi keldi, rejimga nisbatan nafrati yanada ortdi. Axir sudlanuvchi ayollarning otalari, aka-ukalari, turmush o’rtoqlari ko’p yillarga qamab yuborilgan, bayzilari esa qamoqxonada vafot qilganlar! Rejim ba’zi no0mozxon oilalarni butunlay tugatish yo’lidan borayotganga o’xshaydi. Yaqin qarindoshlarini qamab bo’lgan rejimning kuchishlatar organ xodimlari endi birgalashib Qur’on va nomoz o’qiganlari uchun bu ayollarni O’zR JKning 244-2-moddasi bo’yicha ayblar e’lon qilib, ko’p yillarga qamab yubormoqchilar.

Kamina fikricha aksar sudlanuvchilarga shartli jazo berish bilan cheklanadilar. Bunga ayrim sabablar bor, bu haqda keyingi maqolamizda – hukm o’qilgach yozarmiz, Xudo xohlasa.

P.S. Kamina o’ziga qarshi kuchishlatar organlarning Toshkent shahar tashkiloti xodimlari tazyiq va provokatsiylar uyushtirayotgani haqida dastlab [5]-maqolada yozgandi. Muallif Toshkentda alohida kvartirani ijaraga olib yashamoqda. [5]-maqola chiqqanidan ikki hafta o’tgach uy bekasi kaminaga kvartira uchun bundan buyon 60 ming so’m o’rniga 100 ming so’m to’lashi va 4 (!) oy uchun avvaldan haq to’lashi kerakligi haqida aytdi (avval har oyda 60 ming so’m berib kelgan kishi birdaniga deyarli 7 marta ko’p, ya’ni 400 ming so’mni to’lashi amru maholdir). Kamina 13 maygacha eski narxda – 60 ming so’m to’ladi. 13 maydan keyin vaziyatdan chiqish yo’lini va yangi kvartira izlay boshladi. Kamina qarzga botib bo’lsada, 14 iyun kuni uy egasi yashayotgan Qibray tumanidagi uyiga borib 100 ming so’m berib keldi.

[5]-maqolada yozilgan Shikoyat xati O’zbekiston rahbarlariga 2007 yil 13 aprel kuni jo’natib yuborilganligiga qaramay birorta javob kelmaganligi va militsiya xodimlari tomonidan tazyiqlar davom etganligi, hatto kuchayganligi sababli kamina oxirgi yarim yilda bo’lgan tazyiqlar haqida oltita shikoyat yozib, O’zbekiston rahbarlariga, xalqaro tashkilotlarga, Toshkentdagi elchixonalarga jo’natdi va bu haqda [6]-[7]-maqolalarida yozgan edi. Shu tazyiqlardan oxiri 2007 yil 24 iyun kuni bo’lganligi [6]-[7]-maqolalarda ta’kidlangandi.
Kecha – 6 iyul kuni muallif saytga [8]-maqolani jo’natib, ushbu maqolaning boshlang’ich qismini yozib, uyga soat 21.00 larga yaqin qaytdi. Soat 21.30 larda uy bekasi telefon qilib, uni organ xodimlari Qibraydan Toshkentga chaqirtirishgani, so’roq qilishgani va shu sababli zudlik bilan kvartirani bo’shatib qo’yishni talab qildi, 7 iyul ertalab mahalla qo’mitasi a’zolari bilan kelib kamina narsalarini ko’chaga chiqarib tashlashi haqida aytdi. Kamina – 7 iyul tongda turib, eshikka quyidagi mazmunda xat qoldirdi: “7 iyul kuni boshqa kvartira topib, 8 iyul kuni ko’chib, 9 iyul kuni kechqurun kvartirani va uning kalitlarini topshirmoqchiman”. Muallif bu haqda soat 8.00 larda uy egasining ukasiga telefon qilib ham aytdi. Kamina Toshkentdagi Amir Temur xiyoboni yaqinidagi kvartira bozoriga kelib ijaraga kvartira izlay boshladi.

Uy bekasi 7 iyul soat 9.00 larda kvartira bozoriga kelib kamina bilan uchrashdi va 6 iyul kechqurungi voqealar haqida qisqacha gapirdi. Uni Milliy xavfsizlik xizmati va militsiya xodimlaridan 4 kishi o’rtaga olib, unga qattiq-qattiq gapirishgan. Ular uy bekasidan kamina – Sh. Ahmadjonov 24 iyundan beri bu uyda – Farg’ona yo’li ko’chasi, 101-uy, 65-xonadonda yashamayotgani haqida tilxat yozdirib olishibdi. Uy bekasi kechasi taksi kira qilib, anchagina xarajat qilib, Qibrayga yetib boribdi. Kamina uy bekasiga bunday dedi: “Axir o’sha MXXchilar bevosita menga gapirishsa bo’lmaydimi? Agar men qonunni buzgan bo’lsam olib borib qamab qo’ya qolishsa bo’lmaydimi? Ular men bilan uchrashishdan cho’chiydilar. Gaping bo’lsa kelib men bilan gaplash. Sizday ayolga zug’um o’tkazib, bosim ko’rsatishlari erkakcha ish emas!”

Mening fikrimcha, ular uy bekasidan yozdirib olgan xat kabi xatlarni yana bir necha kishidan yozdirib olib, kamina 24 iyun kuni bu manzilda bo’lmagani va militsiya xodimlari – mayor Odil G’ofurov hamda kapitan Abdurasul Mamatxalikov bilan uchrashmagan, degan gapga olib borish niyatlari bor. Ya’ni meni tuhmat qilganlikda ayblashmoqchi va shu yo’l bilan o’z noqonuniy ishlarini, provokatsiyalarini bosdi-bosdi qilmoqchilar, hatto kaminaga qarshi birorta ish qo’zg’atishlari ham hech gap emas, deb hisoblaydi muallif.
Aytmoqchidek, MXX xodimlari uy bekasini o’rtaga olib bergan savollari ichida kamina vahobbiy – vahobbiy emasligi, ya’ni diniy masalalarda ham savollar berishganini aytdi (hozirgi vaziyatda uy bekasidan bu so’roq haqida batafsil so’rash imkoni bo’lmadi). Bu endi muslimalar ustidan o’tkazilayotgan soxta sud ishi, unda kaminaning qatnashishi va bu haqda maqola yozayotganligi bilan bog’liq faoliyatiga kuchishlatar organlarning dastlabki javobidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y., 1-son va undan keyin 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-songacha bo’lgan 20 tadan ortiq o’zgartirishlar va qo’shimchalar bilan. – Toshkent: “NORMA” MChJ, 2007. – 352 b. (121-b.);
- www.lex.uz/docs/-111453 (www.lex.uz ).

2. ÀÕÌÀÄÆÎÍΠØ. Òðåáóåì ïóáëèêàöèè ñïèñêîâ ïîãèáøèõ â Àíäèæàíå! Îáðàùåíèå óçáåêñêèõ ïðàâîçàùèòíèêîâ (Andijonda halok bo’lganlar ro’yxati e’lon qilinishini talab qilamiz! O’zbek inson huquqlari himoyachilari Murojaatnomasi). – www.centrasia.ru 20 ìàÿ 2005 ãîäà â 10:03 ÷àñà.

3. ßÊÓÁΠÒ. «Ïîñòîÿííûé ñêàíäàëüíûé ôîí» â ñðåäå îïïîçèöèè è ïðàâîçàùèòíîãî äâèæåíèÿ â Óçáåêèñòàíå (O’zbekiston muxolifati va inson huquqlari himoyachilari harakati orasidagi “doimiy janjal foni (muhiti)”). – www.uzbekcongress.org 17 è 18 àïðåëÿ 2007 ãîäà; www.centrasia.ru 18, 20 è 24 àïðåëÿ 2005 ãîäà.

4. ÀÕÌÀÄÆÎÍÎÂ Ø. Çàùèòíîå ñëîâî: âûñòóïëåíèå àäâîêàòà È.Ìèêóëèíîé â ñóäå íàä Ðóõèòäèí Ôàõðóòäèíîâûì (Himoya so’zi: Ruhitdin Faxrutdinov sudida advokat I.Mikulinaning chiqishi (nutqi)). – www.uzbekcongress.org 2006.17.09.

5. ÀÕÌÀÄÆÎÍÎÂ Ø. Îòêðûòîå ïèñüìî (Æàëîáà) (Ochiq xat (shikoyat arizasi)). – www.uzbekcongress.org 2007.30.03.

6. ÀÕÌÀÄÆÎÍΠØ. Íà ïðîòÿæåíèå ïîñëåäíåãî ïîëãîäà ñîòðóäíèêè ìèëèöèè ìåíÿ ïåðèîäè÷åñêè çàäåðæèâàþò, äîïðàøèâàþò, óãðîæàþò âîçáóæäåíèåì óãîëîâíîãî äåëà è äàæå çàòî÷åíèåì â ïñèõèàòðè÷åñêóþ áîëüíèöó (Militsiya xodimlari oxirgi yarim yil davomida meni davriy ravishda tutmoqdalar, so’roq qilmoqdalar, jinoiy ish qo’zg’atish va hatto ruhiy kasalliklar kasalxonasiga tiqish bilan tahdid qilmoqdalar). – www.uzbekcongress.org 2007.29.06.

7. ÀÕÌÀÄÆÎÍÎÂ Ø. Óçáåêñêèå «ïðàâîîõðàíèòåëè» ïðîäîëæàþò íåçàêîííî ïðåñëåäîâàòü ïðàâîçàùèòíèêîâ (O’zbek “huquq himoyachilari” inson huquqlari himoyachilarini qonunsiz tazyiq etishni davom ettirmoqdalar). – www.centrasia.ru 30.06.2007 13:51.

8. AHMADJONOV Sh. O’zbekistonda tuman nomlari qanday o’zgartirilgan edi? – www.uzbekcongress.org 2007.06.07.

Email: havassh54@gmail.com

Shuhratjon AHMADJONOV. Sakkiz ayol ustidan soxta sud va kaminaga bo’layotgan tazyiqlar haqida.
- www.liveinternet.ru/users/4799013/rubric/6956887/ (www.liveinternet.ru "Òóðîí Øóõðàòæîíè" êóíäàëèãè (äíåâíèê)äàãè “2007 MAQOLALAR”, “ÏÐÀÂÎÇÀÙÈÒÀ” ðóêíëàðè, 2022.09.10);
- www.turonzamin.org/2007/07/08/sakkiz-ayol-ustidan-soxta-sud-va-kaminaga-bolayotgan-tazyiqlar-haqida/#more-2146 (www.turonzamin.org 2007.08.07).
Ðóáðèêè:  ÏÐÀÂÎÇÀÙÈÒÀ
2007 MAQOLALAR

 

Äîáàâèòü êîììåíòàðèé:
Òåêñò êîììåíòàðèÿ: ñìàéëèêè

Ïðîâåðêà îðôîãðàôèè: (íàéòè îøèáêè)

Ïðèêðåïèòü êàðòèíêó:

 Ïåðåâîäèòü URL â ññûëêó
 Ïîäïèñàòüñÿ íà êîììåíòàðèè
 Ïîäïèñàòü êàðòèíêó