Shuhratjon AHMADJONOV
(22-maqolam oxiri, 2006 yil 23 may) O’ZBEKISTON MAXSUS XIZMAT ORGANLARI VA INTERNETDAGI SHAXSIY YOZISHMALAR XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH
4.4.4. BIZNING IT-TIZIMLARNI XAVFSIZLANTIRISH UCHUN NIMA QILMOQ KERAK?
“Javob. (IT-tizim inglizcha Information technolojy system – Axborot texnologiya tizimi, A.Sh.) Bu sizning tizimingizga va faoliyatingizga bog’liq, lekin, odatda, har bir kishi quyidagilarga ega bo’lmog’i kerak:
– Brandmauer (tarmoqlararo himoyaning apparat-dasturli vositasi, A.Sh.).
– Diskli kodlash.
– Pochtali kodlash, u PGP (axborotni kodlash dasturi, A.Sh.) kabi raqamli imzo qo’yishga imkoniyat beradi.
– Viruslarni aniqlash dasturi.
– Zahiraviy nusxalashning ishonchli tizimi: Hamma materiallarni xavfsiz saytga jo’nating hamda har hafta CD-RWda zahiraviy nusxani yarating va uni alohida xavfsiz joyda saqlang.
– Eslab qolish mumkinu, lekin topish qiyin bo’lgan parollar.
– Iyerarxik kirish huquqi – tashkilotdagi xodimlarning barchasi hamma fayllarga kirishining zarurati yo’q.
– Ketma-ketlik – agar siz ular bilan doimo ishlamasangiz, asbobiy (instrumental) vositalar ishlamaydi!
Ammo kerakli dasturiy ta’minotning borligi hali barcha muammolarni hal etilishini ta’minlamaydi. Odatda, eng zaif halqa texnologiya emas, odamlardir. Agar odamlar kodlashdan hamisha foydalanishmasa, agar ular tasodifiy tanishlariga o’z parollarini bildirishsa yoki ularni ko’zga ko’rinarli joylarda, masalan, monitordagi yopishtirmada (nakleykada) qoldirishsa, kodlash samara bermaydi. Agar siz zahiradagi nusxani alohida xavfsiz joyda saqlamasangiz, yong’in yoki hujum bo’lgan holda zahiradagi nusxaning borligi sizni qutqara olmaydi. Maxfiy axborotga kirish zarurat prinsipiga asoslanmog’i lozim, ya’ni istisnosiz tarzda tashkilot xodimlarining barchasiga ochiq bo’lishi kerak emas, siz bunga doir eyerarxiyani va qoidalarni ishlab chiqishingiz kerak. Umuman, o’zingizning kundalik ishingizda maxfiylik va xavfsizlik masalalariga juda ongli va puxta munosabatda bo’lishingiz muhimdir. Biz buni “sog’lom paranoya” deb ataymiz (grekcha paranoya aqldan ozganlik, jinnilik – xronik ruhiy kasallik; miyaga o’rnashib qolgan bema’ni g’oyalar, ba’zan esa yo’q narsalarning ko’rinishi, eshitilishi, sezilishi bilan xarakterlanadi (ajralib turadi) [9, 474-475-b.]).” [29, 103-104-b.]
4.4.5. QAYSI KODLASH DASTURI TANLASHNI QANDAY ANIQLASHTIRSA BO’LADI?
“Javob. Odatda, siz bu to’g’rida do’stlaringizdan so’rashingiz, va bizda tasdiqlatib olishingiz mumkin. Siz ma’lum bir odamlar va guruhlar bilan aloqa bog’lashingiz zarur, shuning uchun agar ular maxsus kodlash tizimlaridan foydalanayotgan bo’lsalar, u holda aloqa qulayligi uchun siz ham shunday tizimlardan foydalanishingiz kerak. Biroq, avval biz bilan bog’laning. Ba’zi bir dasturiy ta’minot paketlari unchalik samarali emas, ba’zilari esa “qopqondagi pishloq”ni ifodalaydi. Bu paketlar tekinligi bilan sizni jalb qiladi, bu, bir qaraganda, benuqson dasturiy ta’minotga ega, bularni sizning orqangizdan ayg’oqchilik qilmoqchi bo’lgan odamlar taklif etishayotir. Sizning eng zaif aloqa vositalaringizga kirish uchun sizning kodlash bo’yicha dasturiy ta’minotingizni nazorat qilishdan ham yaxshiroq usul o’ylab topish mumkinmi?! Shunday bo’lsada, lisenziyali dasturiy ta’minot ham, tekin dasturiy vositalar ham bo’lgan ko’pgina ommabop savdo markalari bor. Ammo yodda tuting – ulardan foydalanishdan oldin, ular haqida iloji boricha ko’proq surishtirib bilmoq kerak. (Masalan, PGP (“Pretty Good Privacy” [Juda yaxshi maxfiylik] dasturi – yaxshi ma’lum va xavfsiz tizimdir. Siz uni
www.pgpi.org veb-saytidan yuklashingiz mumkin [29, 105-b.]).” [29, 104-b.]
4.4.6. KODLASHDAN FOYDALANISH MENING KOMPYUTERIMNI BUZISH XAVFINI YANADA OSHIRISHGA OLIB KELMAYDIMI?
“Javob. Agar sizning o’zaro xat yozishmalaringizni oldindan kuzatuv tashkil etilmagan bo’lsa, siz kodlashdan foydalanayotganingizni hech kim bilmaydi. Agar kuzatuv o’rnatilgan bo’lsa, sizning shaxsiy yozishmalaringizni anchadan beri o’qishmoqda. Bu shuni bildiradiki, sizning ortingizdan kuzatayotgan odamlar allaqachon buzishni amalga oshirishgan. Bunda sizning ortingizdan kuzatayotgan odamlar pochtangizni o’qish imkoniyatidan mahrum bo’lgan holda, boshqa variantlarni ishga solishga urinib ko’rish xavfi bor, shuning uchun o’z hamkasblaringizni yaxshi bilmog’ingiz va o’z axborotlaringizni zahiraviy nusxalarini hamda kodlashning xavfsiz usullaridan foydalanmog’imiz kerak.
(Izoh: Shifrlash dasturlaridan foydalanganda inhhimlarda muammolar paydo bo’lganligiga doir holatlar haqida bizda axborotlar yo’q. Axborotni shifrlashga kirishishdan avval ushbu imkoniyatni puxta tahlil eting, ayniqsa agar siz jiddiy harbiy to’qnashuv ro’y bergan mamlakatda bo’lsangiz – harbiy razvedka sizdan harbiy axborotni yetkazib berganlikda shubhalanishi mumkin yoki, agar shifrlashni juda kam inhhimlar foydalanayotgan bo’lsalar, bu siz uchun keraksiz bo’lgan diqqatni jalb qilinishiga olib keladi.)” [29, 104-b.]
4.4.7. NIMA UCHUN POCHTA VA HUJJATLARNI DOIMO KODLASH KERAK?
“Javob. Agar siz kodlashdan faqat alohida maxfiy maqsadlardagina foydalansangiz, u holda sizning yoki sizning mijozlaringiz ortidan kuzatayotganlar, muhim voqealar qachon yuz berishligini fahmlay olishlari mumkin, va shu vaqtda zarba berish ehtimoli oshadi. Ular sizning kodlangan o’zaro xat-xabaringizni o’qiy olmaydilar, lekin u kodlangan yoki kodlanmaganligini aniqlashtira oladilar. Behosdan kodlashning keng qo’llanilishi hujum qilinishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun maxsus loyihaga kiritishdan avval kodlashdan foydalanishni boshlamoq yaxshiroqdir. Amalda, agar axborot uzatish bir me’yorda amalga oshirilsa, bu hammasidan avzaldir. Agar jo’natadigan hech qanday xabaringiz bo’lmasa ham, kodlangan pochtani muntazam intervalda (vaqt oralig’ida) jo’natib turing. Shu holda, agar siz maxfiy axborotni jo’natishingiz kerak bo’lsa, u bilinmayroq o’tadi.” [29, 104-105-b.]
4.4.8. AGAR MENDA BRADMAUER BO’LSA, NIMA UCHUN O’Z POCHTAMNI KODLASHIM KERAK?
“Javob. Bradmauer xakerlar sizning qattiq disk va tarmog’ingizga kirish oldini oladi, ammo siz Internetga xabar jo’natganingizda unga hamma kirishi va o’qib ko’rishi mumkin bo’ladi. Shu sababli jo’natishdan oldin siz uni himoya qilmog’ingiz kerak.” [29, 105-b.]
4.4.9. MENING OFISIMNI HECH KIM BUZAYOTGANI YO’Q, NEGA ENDI MEN MAXFIY DASTURIY TA’MINOTDAN FOYDALANISHIM KERAK?
“Javob. Sizning tizimingizni kimdir buzmoqdami yoki kompyuteringizdan axborotni solishtirib o’qiyotganligini siz bilmaysiz. O’zaro xat-xabarlarni shifrlamasdan, jismoniy xavfsizliksiz yoki maxfiylik qoidalarsiz har kim sizning fayllaringizga kirishi, pochtangizni o’qishi va sizdan ijozat olmay qarashi, sizning hujjatlaringizdan g’arazli maqsadlarda foydalanishi mumkin. Sizning kodlanmagan xatlaringiz shuningdek boshqa odamlarni ham xavf ostiga qo’yishi mumkin, ayniqsa siyosiy vajlar asosidagi hujumlar katta ehtimoli bor joylarda. Siz kirish eshigingizni qulflagan kabi o’z fayllaringizni shifrlashingiz kerak.” [29, 105-b.]
4.4.10. BIZNING INTERNETGA KIRISH IMKONIYATIMIZ YO’Q VA BIZ INTERNET-KAFE XIZMATIDAN FOYDALANISHGA MAJBURMIZ. BEGONA KOMPYUTERDAN JO’NATAYOTGAN POCHTAMIZNI QANDAY HIMOYA QILSAK BO’LADI?
“Javob. Siz, shunga qaramay, pochtangizni va faylingizni shifrlashingiz mumkin. Internet-kafega borishdan oldin, jo’natmoqchi bo’lgan hamma fayllaringizni shifrlang va ularni shu ko’rinishda disketaga yoki kompakt-diskka nusxalang. Internet-kafeda
www.hushmail.com kabi shifrlovchi xizmatiga yoziling, yoki
www.anonymizer.com kabi jo’natuvchining anonimligini (grekcha anonymos ismsiz – o’z ismini yashirgan xat yoki asar muallifi [9, 52-b.], A.Sh.) ta’minlovchi xohlagan xizmatga yoziling, va o’z pochtangizni jo’natishda ulardan foydalaning. Sizning pochtangizni oluvchi odamlar ham shu xizmatlardan foydalanayotganiga ishonch hosil qiling.” [29, 105-b.]
4.4.11. AGAR BIZNING FAYLLAR VA POCHTANI HIMOYA QILISH SHUNDAY MUHIM EKAN, NEGA HAMMA BUNI QILMAYDI?
“Javob. Bu nisbatan yangi texnologiyadir, lekin uni qo’llash kengaymoqda. Banklar, ko’pmillatli korporasiyalar (lot. corporatio birlashma, uyushma [9, 336-b.]), axborot agentliklari va hukumatlar kodlashdan foydalanishadi, bu biznes yuritishda oldini olib bo’lmaydigan chiqimlar, deb hisoblaydilar. Ko’pgina hukumatlar qullab-quvvatlashidan foydalanayotgan kampaniyalarga nisbatan nohukumat tashkilot (NHT)lari katta xavf-xatarga yo’liqishadi. NHTlar nisbatan ko’proq ko’zatuv ob’ekti bo’lib qoladilar va, shuning uchun, bu texnologiyani qo’llashda faolroq bo’lmoqlari zarur. Inhhimlar tazyiq qilinayotgan odamlar va guruhlarni himoyalashdan manfaatdordir. Shu maqsadda ular odamlarni identifikatsiya (lot. identificari aynan o’xshatish – aynan o’xshatish, tenglashtirish, qiyoslash [9, 240-b.], A.Sh.) qilish va turgan joyini aniqlashtirishga imkon beruvchi fayllarni yaratishadi. Agar bu fayllarga ruxsat olmasdan kirilsa, bu odamlarni o’ldirishlari, qiynab jonini olishlari, olib qochishlari yoki NHT bilan boshqa hamkorlik qilmaslikka “ko’ndirishlari” mumkin. Bu fayllardagi axborotlardan NHT ularning kliyentlarini (lot. cliens - gapga kiradigan, itoatkor, homiylik qilinuvchi [9, 303-b.], A.Sh.) siyosiy tazyiq qilish uchun guvohlik ma’lumotlari sifatida ham foydalanishlari mumkin.” [29, 105-b.]
4.4.12. BIZNING PRINSIPLARIMIZDAN BIRI - OCHIQLIKDIR. BIZ HUKUMAT FAOLIYATINING KO’PROQ SHAFFOFLIGI HAQIDA OSHKORA GAPIRAMIZ. BIZ QANDAY QILIB YASHIRIN TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHIMIZ MUMKIN?
“Javob. Axborotni himoya qilish va ochiqlik bir-biriga mosdir. Agar hukumat sizning axborotlaringizni ochiq rasmiy ravishda so’rashni istasa, u buni rasmiy marosim (protsedura)ga muvofiq bajarishi mumkin. Himoya texnologiyasi sizning axborotingizga ruxsat etilmagan kirishga to’sqinlik qiladi.” [29, 105-b.]
4.4.13. BIZ MAXFIYLIK VA YASHIRINLIKNING BARCHA BAYONNOMALARIGA RIOYA QILMOQDAMIZ, LEKIN, SHUNGA QARAMAY, AXBOROTLARNING CHIQIB KETISHI (“UTECHKA INFORMASII”) DAVOM ETMOQDA – NIMA GAP?
“Javob. Ehtimol, sizning tashkilotingizda ayg’oqchi bor, yoki kimdir maxfiy ma’lumotni saqlashni bilmaydi, xolos. Axborot iyerarxiyangizni qaytadan ko’rib chiqing, maxfiy axborotga kiruvchi odamlar ro’yxatini kamaytiring va bu ozgina odamlarni alohida kuzatuv ostiga oling. Katta korporatsiyalar va tashkilotlar odatda oz hajmli soxta axborotni aniq odamlarga beradilar. Agar bu axborot chiqib ketishi ro’y bersa, u holda ushbu soxta axborot berilgan xodimga tomon tekshirish (kuzatish) osondir.” [29, 105-b.]
4.5. SHIFRLASHDAN FOYDALANISH BO’YICHA TAVSIYALAR
“- Sifrlashdan doimo foydalaning. Agar siz faqat maxfiy materiallarni shifrlasangiz, sizning pochtangizni kuzatayotgan kimsa qachon muhim hodisa ro’y berishi kerakligini biladi. To’satdan shifrlangan axborot miqdorining ko’payishi ofisga hujum qilinishiga olib kelishi mumkin.
- Maxfiy axborot haqida xabarning mavzusida yozmang, qaysiki, odatda, kodlanmaydi, hatto xabarning o’zi kodlangan bo’lsada.
– Harflar, raqamlar, tinish belgilari va probellar (ochiq joylar)ni o’z ichiga olgan parollarni qo’llang, ular haqida faqat siz bilishingiz mumkin. Klaviaturada joylashtirish (komponovka qilish)dan yoki ixtiyoriy bema’ni iboralarni belgilar bilan oralatib tuzishdan foydalanish Xavfsiz parol tuzishning ba’zi bir usullaridir. Amalda parol qanchalik uzun bo’lsa, shunchalik ishonchlidir.
– Parol sifatida bitta so’zni, ismlar, mashur iboralar yoki manzil kitobingizda yozilgan manzillarni ishlatmang. Bunday parollar bir necha daqiqada topib o’qiladi (rasshifrovka qilinadi).
– Kodlash kalitining zahira nusxasini (dasturlaringizni kodlash uchun shaxsiy kalitingiz saqlanayotgan faylingizni) xavfsiz joyda, masalan, egiluvchan diskda yoki flesh-kartadagi kichkina chiqarib tashlanadigan “zanjircha”da yarating.
– Sizda tanish ismnigina ko’rsatib shifrlangan xabarni yuborgan odamlarga maxfiy materiallarni jo’natmang. O’z manzilini siz bilgan kishi manziliga o’xshatib yozib, har qanday odam sizga firib berishi mumkin. Bu odamga ishonishdan oldin uning aynan o’sha kishi ekanligini (identifikasiya) tekshiring – shaxsan u bilan bog’laning, telefon orqali tekshiring yoki ikkilangan tekshirish uchun yana bir marta xabar jo’nating.
– Boshqalarni shifrlashdan foydalanishga o’rgating. Qanchalik ko’p odamlar undan foydalanishsa, shunchalik hamma ko’proq bexatar bo’ladilar.
– Xabarni imzolash va shifrlashni unutmang. Xabaringiz jo’natib yuborilayotganda, uni almashtirib qo’yishmaganini sizning xabaringizni qabul qilib oluvchi bilmog’i kerak.
– Alohida ilovalar ko’rinishida yuborilayotgan fayllarni albatta shifrlang. Odatda, shifrlangan xat jo’natish chog’ida ular avtomatik ravishda shifrlanadi.” [29, 106-b.]
4.6. ELEKTRON POCHTA BILAN ISHLASHDA FOYDALI ODATLAR
“Shifrlash deyarli odat bo’lib qolishi kerak. Pochtani qachon shifrlash keraku, qachon kerakmas degan qoidaga amal qilgandan ko’ra, hammasini shifrlash kerakligini eslab qolish osonroqdir. Yodda tuting, agar pochta hamisha shifrlansa, sizning pochtangizni ko’rib chiqayotgan kimsalar, u qachon muhimroq va maxfiyroq bo’ladiyu, qachon bo’lmasligini aniqlay olmaydilar.
Bir nechta muhim maslahat:
– Shifrlangan pochtani doimo shifrlangan ko’rinishda saqlang. Siz keyinroq uni rasshifrovka (topib o’qish) qila olasiz, aks holda, agar biror kimsa sizning kompyuteringizga kira olsa, u har qanday shifrlanmagan axborot kabi zaif bo’lib qoladi.
– Siz shifrlangan axborot almashinayotgan barchalari bilan izchil munosabatda bo’ling: ular pochtani rasshifrovka qilmayotganligiga va boshqa shaxslarga jo’natayotmaganligiga ishonch hosil qiling. Dangasalik – axborot almashinuvidagi eng katta xavfdir.
– Balkim, siz bevosita voqealar ro’y bergan joyda bo’lgan xodimlar uchun, odatda serverlar ishlamayotgan va qamrab olmagan spamda, elektron pochta uchun bir nechta bexatar hisobga olish (uchyot)ga doir yozuvlar tashkil etishni xohlarsiz. Ushbu pochta manzillari doimo tekshirilishi, ammo tegishli xodimlardan boshqa hech kim foydalanmasligi kerak. Shunday qilib o’zingizning aloqa bazangizni hech qanday xavf-xatarga duchor qilmay ko’p sondagi spamlar kelayotgan elektron manzillarni yo’q qilishingiz mumkin.” [29, 108-b.]
4.7. INTERNET-KLUB (KAFE)LARDA VA BOSHQA JOYLARDA KOMPYUTERDAN FOYDALANGANDA EHTIYOTKORLIKKA DOIR UMUMIY MULOHAZALAR
“Oddiy yoki shifrlanmagan matn bilan jo’natilgan pochtaga, agar begona shaxslar xohlashsa, ular kirishlari mumkin bo’ladi. Ulardan biri sizning Internet-xizmat provayderingiz (ISP) yoki pochtangiz o’tib kelayotgan boshqa har qanday ISP bo’lishi mumkin. Jo’natuvchidan oluvchigacha bo’lgan yo’lda pochta ko’p serverlar orqali o’tadi, u geosiyosat (grekcha g¸ yer – geografik siyosat, A.Sh.) chegaralarini rad etadi va agar siz bitta mamlakat chegaralarida yuborsangiz hamki, u boshqa mamlakatlar serverlaridan o’tishi mumkin.
Internetdan foydalanuvchilar odatda noto’g’ri tushunadigan masalalar bo’yicha bir nechta umumiy maslahatlar.
– Faylni himoya qiluvchi parol shunchalik kam samaralidirki, uni maxfiy axboroti bo’lgan hujjatni himoya qilish uchun qo’yishga arzimaydi. U xavfsizlikning yanglish tuyg’usini beradi.
- Faylni arxivlash uning ichida nima borligini bilmoqchi bo’lgan kishidan himoya qila olmaydi.
– Agar siz fayl yoki xat xavfsiz jo’natilganligiga ishonch hosil qilmoqchi bo’lsangiz, shifrlashdan foydalaning (
www.privaterra.com ga qarang).
– Agar siz xat yoki hujjatni xavfsiz jo’natmoqchi bo’lsangiz, oxirgi oluvchigacha juda izchillik bilan shifrlashdan foydalaning. Kodlangan xatni voqea joyidan New York, London yoki boshqa belgilangan joyga yuborish, so’ngra shu xatni shifrlanmagan holda boshqa manzilga yuborish kerak emas.
– Internet – bu o’z tabiatiga ko’ra global (frans. global umumiy, lot. globus – shar – butun Yer sharini qamrab oluvchi [11, 3-j., 39-b.], A.Sh.) tarmoqdir. Manxettendagi bir ofisdan boshqasiga yuborilgan xat bilan Janubiy Afrikadagi Internet-kafedan Londondagi kompyuterga jo’natilgan xat o’rtasida farq yo’qdir.
– Agar jo’natilayotgan pochta yoki ma’lumotlar maxfiy bo’lmasa ham shifrlashdan imkoni boricha ko’proq foydalaning!
– Sizning kompyuteringiz antivirus dasturi bilan ta’minlanganiga ishonch hosil qiling. Ko’pgina viruslar sizning kompyuteringizdan, jumladan qattiq disklar, pochta va manzil kitobdan axborot olish maqsadida yaratilgan.
– Sizning dasturiy ta’minotingiz lisenziya bilan himoyalanganligiga ishonch hosil qiling. Agar siz lisenziyalanmagan dasturlardan foydalansangiz, siz hukumat va ommaviy axborot vositalari ko’z oldida inson huquqlari himoyachisi (inhhim) emas, siz darhol “qaroqchi” bo’lib qolasiz. Yaxshisi ochiq kalitli dasturiy ta’minotdan foydalanish ma’qul – u tekindir!
– Agar siz Internetdan foydalanayotgan bo’lsangiz, 100-foiz xavfsizlik mavjud emas. Yodda tuting, “ijtimoiy xaker” usulini qo’llash, ya’ni telefon orqali yoki elektron pochta orqali, o’zini boshqa odam sifatida ko’rsatish orqali kimdir sizning tizimingizga kirish imkoniga ega bo’lishi mumkin. O’zingizning mulohazangiz va to’g’ri (sog’lom) fikringizdan foydalaning.” [29, 108-110-b.]
5. INTERNETDA VA ELEKTRON POCHTA ORQALI OZISHMALAR PAYTIDA TAZYIQLAR BO’LAYOTGANLIGI SABABLI MUALLIFNING O’Z SAFDOSHLARIGA MUROJAATI
Muallifning Internetdagi yozishmalariga qandaydir kimsalar aralashayotganligiga doir yaqindagina bo’lib o’tgan yana bitta voqeani bayon etaylik. Ma’lumki, 2005 yil 12-13 may kunlari Andijonda O’zbekiston politsiya rejimi qo’shinlari oddiy xalqni o’qqa tutganlari oqibatida yuzlab begunoh fuqarolar halok bo’ldilar. Shu qonli voqealarning bir yilligini xotirlab, jahonning ko’pgina shaharlarida piket, miting va namoyishlar o’tkazildi. Bu tadbirlar
www.freeuzbekistan.com saytida keng yoritildi va muvofiqlashtirildi (koordinatsiya qilindi).
Shu saytda Andijon fojiasining bir yilligi munosabati bilan 2006 yil 3 may kuni O’zbekiston muxolifatining Yevropa Kengashiga, Yevropa Komissiyasiga, Yevropa Parlamentiga, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga, AQSh hukumatiga va Kongressiga, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga Murojaati chop etildi. O’shbu Murojaatga (Petitsiyaga) O’zbekiston muxolifatining juda ko’p tashkilotlari hamda dunyoning turli mamlakatlarida, jumladan O’zbekistonda yashayotgan yuzlab fuqarolar imzo cheka boshlashdi va ularning ismu shariflari o’shbu Murojaatnoma oxirida yozila boshlandi.
2006 yil 4 may kuni muallif safdoshimiz Bobur Isoyevdan quyidagi xatni ham oldi.
Date: Thu, 4 May 2006 16:29:23 +0100 (BST)
From: “Bobur Isoyev” <boburiso@yahoo.com> Add to Address Book Add Mobile Alert
Yahoo! DomainKeys has confirmed that this message was sent by yahoo.com. Learn more
Subject: Imzo Cheking , Sign the petition
UZBEK
Assalomu Alaykum Vatandoshlar
Siz bu Arznomaga Imzo Chekish bilan O’zbekiston kelajagiga hissa qo’shgan bo’lasiz
(Iltimos, hech bo’lmasa taxallus bilan imzo cheking, taxalus e-mail ingizni qoldiring)
Bu erni tiqqillang
http://www.freeuzbekistan.com/apeale.html
Bu Petitsiyaga (lot. petitio – oliy davlat organiga yoki hukumat boshlig’iga ko’pchilik tomonidan birgalikda berilgan rasmiy ariza, iltimosnoma [30, 1-j., 582-b.]) imzo qo’yish uchun
www.freeuzbekistan.com saytida keltirilgan Murojaatnomadan sal yuqoriroqdagi uchta katakka fuqaro o’zi haqidagi quyidagi ma’lumotlarni yozishi kerak edi: 1-katakka ismi, 2-katakka –familiyasi va 3-katakka yashash joyi yoki tashkilot nomi. Kamina 5 may kuni shu uch katakka o’zi haqidagi ma’lumotlarni yozdi va kataklardan pastroqda “Add/sbros (tashlash, yuborish)” degan yozuvning ustiga yo’naltirgich (kursor)ni qo’yib, sichqonchaning chap tugmasini bosdi. Fuqaro haqidagi xabar avtomatik ravishda ketishi va so’ngra uning ismu sharifi Murojaatnoma ostiga imzo qo’yganlar qatorida paydo bo’lishi kerak edi. Kamina buni uch marta takroran jo’natdi, lekin uning ismu familiyasi Petitsiya ostida paydo bo’lmadi. Ya’ni qandaydir kimsalar, kaminaning shaxsiy fikriga ko’ra, O’zbekiston maxsus xizmat organlaridagi ba’zi bir xodimlar aralashganligi sababli bu oddiy masala hal bo’lmadi.
Bu muammoni muallif 2006 yil 7 may kuni boshqacha yo’l bilan hal qildi: u bevosita
www.freeuzbekistan.com saytining muharriri Valeriy Petrenkoga, ya’ni
belgweb@gmail.com elektron pochtasiga quyidagi xat bilan murojaat qildi.
«Óâàæàåìûé Âàëåðèé!
ß ïîëíîñòüþ ïîääåðæèâàþ Îáðàùåíèå “Ê ãîäîâùèíå Àíäèæàíñêèõ ñîáûòèé 2005 ã.”, îïóáëèêîâàííûé íà Âàøåì ñàéòå. ß 5 ìàÿ òðèæäû ïðîáîâàë îòïðàâèòü, íàïèñàâ ñâîè äàííûå, êàê ýòî óêàçàí íàä Îáðàùåíèåì. Íî âèäèìî íå äîøëî, òî÷íåå áëîêèðîâàëè ñïåöñëóæáû Óçáåêèñòàíà. Ïîýòîìó ïðèõîäèòñÿ îáðàòèòüñÿ ê Âàì ÷åðåç ýëåêòðîííóþ ïî÷òó ñ ïðîñüáîé âêëþ÷èòü è ìîé ôàìèëèþ â ñïèñîê, ïîäïèñàâùèõ ýòî Îáðàùåíèå. Ìîè äàííûå: “Øóõðàò Àõìàäæîíîâ, Òàøêåíò, ðóêîâîäèòåëü Òàøêåíòñêîé îòäåëåíèå Êîíãðåññà Äåìîêðàòè÷åñêîãî Óçáåêèñòàíà, ïðåäñåäàòåëü ÍÍÎ “Êðóã äåìîêðàòîâ”, ïðàâîçàùèòíèê”.
Ñ óâàæåíèåì Øóõðàò Àõìàäæîíîâ.
7 ìàÿ 2006 ãîäà. Òàøêåíò, 13.00 ÷àñîâ.»
“Hurmatli Valeriy!
Men Sizning saytingizda chop etilgan “Andijonda 2005 yilda bo’lgan voqealarning bir yilligi”ga bag’ishlab yozilgan Murojaatnomani to’liqsincha qo’llab-quvvatlayman. Men 5 may kuni Murojaatnoma yuqorisida talab qilinganidek o’zim haqimdagi ma’lumotlarni yozib, uch marta jo’natishga harakat qildim. Ammo, aftidan, u yetib bormagan, aniqrog’i O’zbekiston maxsus xizmat organlari to’siq qo’yishgan (blokirovka qilishgan). Shuning uchun o’shbu Murojaatnomaga imzo chekkanlar ro’yxatiga mening familiyamni ham yozib qo’yishingizni iltimos qilib, elektron pochta orqali Sizga murojaat qilmoqdaman. Men haqimdagi ma’lumotlar: “Shuhrat Ahmadjonov, Toshkent, Demokratik O’zbekiston Kongressi Toshkent bo’limining rahbari, “Demokratlar davrasi” NNTning raisi, inson huquqlari himoyachisi”.
Hurmat bilan Shuhrat Ahmadjonov.
2006 yil 7 may. Toshkent, soat 13.00.”
Natijada 2006 yil 7 may kuni Petitsiyaga (Murojaatnomaga) imzo qo’ygan demokratik tashkilotlar qatorida 18-bo’lib, qo’yidagi yozuv rus va ingliz tillarida paydo bo’ldi: “ÍÍÎ «Êðóã äåìîêðàòîâ», Øóõðàò Àõìàäæîíîâ, Òàøêåíò, Óçáåêèñòàí» (“Demokratlar davrasi” NNT, Shuhrat Ahmadjonov, Toshkent, O’zbekiston”).
O’zbekistondagi politsiya siyosiy rejimi sharoitida Petitsiyaga imzo chekkanlar ro’yxatiga qo’shilishdek oddiy bir yozuvga ham fuqarolar elektron pochtalariga to’siq qo’yilmoqda. Bunday to’siqlarni aylanib o’tish uchun esa yangi yechimlar topishga to’g’ri kelmoqda …
O’shbu maqolamizda yozilgan, O’zbekiston maxsus xizmat organlari Internetda, kompyuterda va elektron pochtada demokratlarimiz xat-xabarlariga, shaxsiy yozishmalariga noqonuniy ravishda aralashayotgani va o’zaro munosabatlarni buzishga harakat qilayotganligi munosabati bilan kaminaning o’z safdoshlariga bir nechta iltimosi, murojaati bor.
1. Muallif Demokratik O’zbekiston Kongressi va umuman demokratik harakatga doir ko’pgina muammolar yuzasidan safdoshlariga xat-xabar yozishni istaydi. Lekin bu xat-xabarlar safdoshimizga o’zgarmay yetib borishiga kafolat yo’q. Shu sababli “Shuhrat aka nega xat yozmayapti, o’zaro fikr almashmaydi?” deb xafa bo’lmasligingizni, Vatanimizdagi real sharoitlardan kelib chiqib fikr-mulohaza qilishingizni iltimos qiladi.
2. Maqolamizda yozilgan vaziyatlardan kelib chiqib, muallif ko’pgina muammolarga doir fikrlarini o’zining maqolalari orqali bayon etishga harakat qilmoqda. Chunki maqola saytda chop etilgach, matnni tekshirib ko’rish imkoniyati bor. Safdoshimiz nomiga yozilgan xat-xabar qanday ko’rinishda yetib borayotganligini va undan kelayotgan javob xati qanchalar o’zgarmayotganligini tekshirish imkoniyati yo’q.
3. Muallif maqolalarini o’qiyotgan safdoshlarimizning, o’quvchilarimizning ko’pgina xatlari kaminaga yetib kelmayotgan, ya’ni maxsus xizmat organlari muallif elektron pochtasini ochib, chiqarib tashlayotgan bo’lishlari mumkin. Agar kimdir muallifga xat yozgan bo’lsa-yu, javobini olmagan bo’lsa, yoki juda yomon so’zlar bilan yozilgan, qo’pol mazmundagi xatni olsa, demak, kamina bunday xatdan bexabardir. Bu O’zbekiston maxsus xizmat organlaridagi kimsalarning navbatdagi “oyini” ekanligini, biz – demokratlarni kalaka qilmoqchi ekanligini o’ylab ko’rishni kamina maslahat beradi.
4. O’zaro xat-xabarlarga, yozishmalarga turli kimsalarning aralashayotganligiga qarshi, maqolamizda yozganimizdek, xatlarni shifrlash, kodlash kabi usullardan foydalanmog’imiz kerak.
5. Iltimos, kamina nomidan borgan xatlarni va kamina nomiga jo’natgan xatlaringiz matnini o’z elektron pochtalaringizda saqlab qo’ysangiz. Shu holda vaqti-soati kelib uchrashganimizda, yoki kamina xorijga chiqqanida, xorijdagi kompyuter orqali yozishmalar yordamida ba’zi bir xatlarda nima to’g’ri-yu, muallifniki-yu, qaysi gaplarni, so’zlarni maxsus xizmat organlari qo’shganligini aniqlashtiramiz. Hatto ular o’zlarining jirkanch maqsadlaridan kelib chiqib, kamina nomidan xatlar yozgan bo’lishlari ham mumkin. O’shanda bu holni ham fosh etish imkoniyati bo’ladi.
6. Qisqasi, muallif O’zbekistondagi politsiya rejimi sharoitida faoliyat olib borayotganlarning shart-sharoitlariga qarab fikr-mulohaza qilishingizni va xulosa chiqarishingizni so’raydi.
O’shbu tahliliy maqolani quyidagi so’zlar bilan tugatishim o’rinlidir. Kamina [2]-maqolada yozganidek, O’zbekistondagi politsiya rejimining taqdiri informatsion kurash maydonida hal bo’ladi. Bu kurashda demokratlar tezroq g’alaba qozonishlari uchun har bir demokrat o’zining ham, safdoshining ham Internetdagi, kompyuterdagi va elektron pochtadagi informatsiyasini maxsus xizmat organlaridan va ular gumashtalaridan ehtiyot qila bilishlari, shifrlash, kodlash kabi eng zamonaviy uslublarni o’rganishlari va amalda qo’llay olishlari kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. ÄÓØÅÍÊÎ Ê. Â. Äåøåâûõ ïîëèòèêîâ íå áûâàåò: Àôîðèçìû (Arzon siyosatchilar bo’lmaydi: Aforizmlar). – Ì.: ÇÀÎ Èçä-âî ÝÊÑÌÎ-Ïðåññ, 1999. – 496 ñ.
Les, Stanislav Yeje (1909-1966) – Polyak yozuvchisi, satirigi va yumorchisi.
2. AHMADJONOV Sh. Informatsion kurash – demokratlarning asosiy kurash yo’lidir. –
www.uzbekcongress.org 2006.15.05.
3. «ÒÀÊÑÀÍΠÀ.»: Æðåöû Ôåìèäû, èëè Ïîñîáèå äëÿ ïîëó÷åíèè âûåçäíîé âèçû èç Óçáåêèñòàíà (Odil sud fidoyilari, yoki O’zbekistondan chiqish vizasini olish uchun qo’llanma). –
www.centrasia.ru 00:48 04.04.2006.
4. ÒÀÊÑÀÍÎÂ À. ß íå ïèñàë ñòàòüþ «Æðåöû Ôåìèäû». Ýòî îáðàçåö ïðîâîêàöèè ÑÍÁ. –
www.centrasia.ru 09:10 04.04.2006.
5. ABDULLA QODIRIY. O’tkan kunlar; Mehrobdan chayon: Ro’monlar. – T.: G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1994. – 656 b.
6. «Ðåïîðòåðû áåç ãðàíèö» îïóáëèêîâàëè îò÷åò î ñâîáîäå ñëîâà â èíòåðíåòå (“Chegara bilmas muxbirlar” Internetdagi so’z erkinligiga doir hisobot chop etdilar). –
www.freeuzbekistan.com 03.05.2006.
7. ËßÃÀÍΠÂ. Ðåïîðòàæ ñ ïåòëåé íà øåå, èëè Èíòåðíåò â Óçáåêèñòàíå ñòàíåò ÑÌÈ (Bo’yindagi sirtmoq bilan reportaj, yoki O’zbekistonda Internet OAV bo’ladi). –
www.centrasia.ru 00:44 23.03.2006.
8. “SharqTELEKOM” kompaniyasi faoliyati. –
www.st.uz (o’zbek tilidagi sahifasida).
9. Áîëüøîé ñëîâàðü èíîñòðàííûõ ñëîâ (Xorij so’zlarining katta lug’ati). – Ì.: ÞÍÂÅÑ, 1998. – 784 ñ.
10. Òîòàëüíûé êîíòðîëü çà Èíòåðíåò â Óçáåêèñòàíå (Äîêóìåíòàëüíîå ñâèäåòåëüñòâî). (O’zbekistonda Internetni yalpi nazorat qilish (Hujjatli dalil)). –
www.freeuzbekistan.com 13.02.2006.
11. O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 12 jildli. – T.: “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2000-2006.
12. ÀÒÀÅÂÀ Í. Òàìàðà ×èêóíîâà: «… ñåãîäíÿ 5 ëåò, êàê íåò ìîåãî ìàëü÷èêà …» (Tamara Chikunova: “… mening o’g’lim yo’q qilinganligiga bugun 5 yil bo’ldi …). –
www.freeuzbekistan.com 2005.10.07.
13. Ãëàâà àññîöèàöèè «Ìàòåðè ïðîòèâ ñìåðòíîé êàçíè» íàãðàæäåíà ìåäàëüþ ïðàâ ÷åëîâåêà Ôðàíöèè (“Onalar o’lim jazosiga qarshi” assotsiatsiya rahbari Fransiyaning inson huquqlari medali bilan mukofotlandi). –
www.tribun.uz 30.03.2006;
www.freeuzbekistan.com 30.03.2006.
14.  Óçáåêèñòàíå áëîêèðóþò äîñòóï ê äåìîêðàòè÷åñêèì ñàéòàì (O’zbekistonda demokratik saytlarga kirishga to’siq qo’yishmoqda) –
www.freeuzbekistan.com 28.04.2006.
15. RAXIMJON ZAFAR. Diktator Internetga urush e’lon qildi. –
www.uzbekcongress.org 2006.28.04.
16. Muhammad payg’ambar qissasi. Hadislar. – T., Kamalak, 1991. – 304 b.
17. RAHMON Sh. Saylanma. – T.: Sharq, 1997. – 384 b.
18. AHMADJONOV Sh. Yasha Turon, yasha Turon! –
www.uzbekcongress.org 2005.03.09.
19. ÀÕÌÀÄÆÎÍÎÂ Ø. Òðåáóåì ïóáëèêàöèè ñïèñêîâ ïîãèáøèõ â Àíäèæàíå! Îáðàùåíèå óçáåêñêèõ ïðàâîçàùèòíèêîâ (Andijonda halok bo’lganlar ro’yxati chop etilishini talab qilamiz! O’zbek inson huquqlari himoyachilarining Murojaati). –
www.centrasia.ru 10:03 20.05.2005.
20. ÀÕÌÀÄÆÎÍÎÂ Ø. Âëàñòè Óçáåêèñòàíà õîòÿò âíîâü ïðèìåíèòü êàðàòåëüíóþ ïñèõèàòðèþ (O’zbekiston hokimiyatidagilar jazolovchi psixiatriyani yana qo’llamoqchilar). -
www.centrasia.ru 00:58 12.06.2005.
21. ÀÕÌÀÄÆÎÍÎÂ Ø. Óçáåêñêèå ïðàâîçàùèòíèêè áëàãîäàðÿò ïðàâèòåëüñòâó è íàðîä Êèðãèçèè, ÎÎÍ, ÎÁÑÅ è äð. çà ñïàñåíèå àíäèæàíñêèõ áåæåíöåâ (Andijon qochqinlari uchun o’zbek inson huquqlari himoyachilari Qirg’iziston hukumati va xalqiga, BMT, YeXXT va boshqalarga minnatdorchilik bildirmoqdalar).. –
www.centrasia.ru 31 èþëÿ 2005 ãîäà â 18:08 ÷àñîâ.
22. ÀÕÌÀÄÆÎÍÎÂ Ø. Êòî ïîìðåò ðàíüøå – èøàê èëè ïàäèøàõ? Óçáåêñêèå ïðàâîçàùèòíèêè êîììåíòèðóþò ïîñëåäíèå óêàçû (Kim oldin o’ladi: eshakmi yoki podshohmi? O’zbek inson huquqlari himoyachilari oxirgi farmonlarga izoh bermoqdalar). –
www.centrasia.ru 20 àâãóñòà 2005 ãîäà â 01:23 ÷àñîâ.
23. ÀÕÌÀÄÆÎÍΠØ.  Òàøêåíòå èñòðåáëÿþò … áîëüøèå äåðåâüÿ. Êîìó è çà÷åì íóæíà ãîëàÿ ìåñòíîñòü? (Toshkentda katta daraxtlarni kesishmoqda … Yalang’och joy kimga va nima uchun kerak?) –
www.centrasia.ru 7 ñåíòÿáðÿ 2005 ãîäà â 09:32 ÷àñîâ.
24. ÀÕÌÀÄÆÎÍÎÂ Ø. Ñóäüáà Å.Óðëàåâîé, èëè êàðàòåëüíàÿ ïñèõèàòðèÿ Óçáåêèñòàíà â äåéñòâèè (Ye.Urlayevaning taqdiri, yoki O’zbekistonda jazolovchi psixiatriya amalda). –
www.centrasia.ru 11 îêòÿáðÿ 2005 ãîäà â 00:57 ÷àñîâ.
25. AHMADJONOV Sh. Jazolovchi psixiatriya. O’zbekiston: jazolovchi psixiatriya amalda – inson huquqlari himoyachisi Yelena Urlayevaning 2001, 2002 va 2005 yillarda klinik ruhiy kasalliklar kasalxonasiga qamalishi va majburan davolanishi tafsilotlari. –
www.uzbekcongress.org 2005.06.11;
www.jahongir.org Turonzamin jurnali, 2005 yil dekabr, 12-soni.
26. AHMADJONOV Sh. Yaqin tariximizga nazar. O’zbekiston Ozod Dehqonlar partiyasining asoschisi, professor Olimjon Karimov – 80 yoshda. (Birinchi qism: 1988-1993 yillarda O’zbekistonda ro’y bergan ba’zi bir tarixiy voqealarning prof. O.Karimov taqdiri misolida tahlili). –
www.uzbekcongress.org 2006.01.01;
www.jahongir.org Turonzamin jurnali, 2006 yil yanvar, 1(13)-soni.
27. ÀÕÌÀÄÆÎÍΠØ. Ïîëèòè÷åñêèå ïàðòèè Óçáåêèñòàíà: øåñòü çàðåãèñòðèðîâàííûõ è îäíà «ñêðûòàÿ» (O’zbekiston siyosiy partiyalari: oltitasi ro’yxatga olingan va bittasi “yashirin”). ×àñòè 1-3.
www.centrasia.ru 23-25.02.2005;
www.uzbekcongress.org (ñòðàíèöà íà ðóññêîì ÿçûêå). ×àñòè 1-4. Ìàðò 2005 ã.
28. AHMADJONOV Sh. Hofiz va shoir Dadfaxon Hasan O’zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati idorasida so’roq qilinmoqda. –
www.uzbekcongress.org 2006.14.04;
www.freeuzbekistan.com 2006.15.04.;
www.jahongir.org Turonzamin jurnali, 2006 yil may soni.
29. ÝÃÓÐÅÍ Ý. Ïîñîáèå ïî áåçîïàñíîñòè äëÿ ïðàâîçàùèòíèêîâ (Inson huquqlari himoyachilarining xavfsizligi bo’yicha qo’llanma). Èçäàíî «Ôðàíò-Ëàéí» - Ìåæäóíàðîäíûì ôîíäîì çàùèòû áîöîâ çà ïðàâà ÷åëîâåêà, 2005. – 127 ñ.
30. O’zbek tilining izohli lug’ati: 2 jildlik. Z.M.Ma’rufov tahriri ostida. – M.: “Rus tili” nashriyoti, 1981.
Ahmadjonov Shuhrat.
2006 yil 21 may. Toshkent, soat 14.30.
E-mail:
shuhrat1954@yahoo.com
www.uzbekcongress.org
Posted on Friday, June 12th, 2009 at
22. ÀҲÌÀÄÆÎÍΠØ. ¡çáåêèñòîí ìàõñóñ õèçìàò îðãàíëàðè âà Èíòåðíåòäàãè øàõñèé ¸çèøìàëàð õàâôñèçëèãèíè òàúìèíëàø.
-
www.turonzamin.org/congress5/shuhrat_internet.html (
www.turonzamin.org ARXIV 2006.23.05);
-
www.turonzamin.org/congress5/shuhrat_internet.html (
www.turonzamin.org Òàҳëèë: Èíòåðíåò. “Turonzamin” æóðíàëè, 2006 éèë èþí, 6(18)-ñîí);
-
www.turonzamin.org/2009/06/12/ozgarmagan-mavzular/ (
www.turonzamin.org June 12th, 2009).