-

   _

 - e-mail

 

 -

 LiveInternet.ru:
: 06.02.2012
: 483
: 9
: 524

:


(22-maqolam davomi, 2006 yil 23 may) OZBEKISTON MAXSUS XIZMAT ORGANLARI VA INTERNETDAGI SHAXSIY YOZISHMALAR XAVFSIZLIGINI TAMINLASH

, 17 2022 . 01:59 +
Shuhratjon AHMADJONOV

(22-maqolam davomi, 2006 yil 23 may) OZBEKISTON MAXSUS XIZMAT ORGANLARI VA INTERNETDAGI SHAXSIY YOZISHMALAR XAVFSIZLIGINI TAMINLASH

3.4. JURNALIST RAHIMJON ZAFARNING INTERNETDAGI TAZYIQLARGA DOIR FIKRLARI

Turonzamin jurnalining maxsus muxbiri Rahimjon Zafar ozining [15] maqolasida, jumladan quyidagilarni yozgan.

Yaqinda shunday voqea boldi. Men elektron pochtamni sira ocha olmadim. Yarim soatlik urinishdan song, kimdir mening pochtamga kirib, undagi xatlarni ochib oqiganini guvohi boldim.
Qizigi shundaki, Kirish xatlari papkasida kimdandir kelgan xatning sarlavhasi turar, uni ochmoqchi bolsam, bu xat serverda yoqligi haqida sodda kompyuter menga tushuntirmoqchi bolardi.
Uch kundan song esa ana shu pochtamdagi barcha xatlar qayoqqadir gumdon boldi.
Surishtirsam, birgina menda emas, uch-tortta tanishlarimizda ham shu holat kuzatilibdi.
Elektron pochtamdagi bir xat koz oldimda goyib boldi, deydi ulardan biri.
Parolni almashtirish, boshqa nom qoyish kabi ehtiyot choralari hozircha unchalik yordam bergani yoq. Bazi jabrdiydalarning fikricha, hukumat bu yolda respublikadagi eng zor xakkerlardan foydalanmoqda. [15]

R.Zafar [15] maqolani qiziqarli yozgan. Shu bilan birga u hozir keltirilgan va bunga oxshash Internetdagi noqonuniy tazyiqlarni asosan OzR prezidenti Islom Karimov nomi bilan boglashga harakat qilgan, jumladan maqolaning sarlavhasiga etibor bering. Aslida 68 yoshdan oshgan, boboy bolib qolgan I.Karimov Vatanimiz ziyolilari, jumladan demokratlari har birining elektron pochtasi va ozaro yozishmalari bilan shugullanishiga deyarli imkoni yoq. Bu bilan asosan Ozbekistondagi politsiya rejimining yuragi bolgan Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari va uning gumashtalari shugullanishmoqda.

Kopgina faktlarga asoslanib, OzR Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) tarkibida internet-saytlarni nazorat qilish va turli oinlar olib borish bilan bogliq alohida kattagina bolim borligini kamina takidlaydi, yani MXX tarkibida shunday bolim bor, deb taxmin qiladi.

Agar biz demokratlar Ozbekiston maxsus xizmat organlari noqonuniy ravishda fuqarolarning shaxsiy yozishmalariga, xatlaridagi sirlariga, shaxsiy yoki oilaviy hayotiga yozishmalar orqali ozboshimchalik bilan aralashayotganliklari haqida aniq-tiniq qilib aytmasak va yozmasak, xalqimizga, ayniqsa yoshlarimizga ularning haqiqiy basharalarini ochib bermasak, bu qonunbuzarliklar hali kop yillar davom etayveradi.

3.5. OZBEKISTON MAXSUS XIZMAT ORGANLARI VA ULARNING GUMASHTALARI INTERNET VA ELEKTRON POCHTA SOHASIDA MUALLIFGA NISBATAN QILAYOTGAN AYRIM QARSHILIKLARI

3.5.1. MUALLIFGA 2004 YIL 26 YANVAR KUNI ELEKTRON POCHTA ORQALI ODAM INSONOV YUBORGAN TAHDID XATI TAFSILOTLARI

Malumki, 2004 yil dekabrida OzR Oliy Majlisiga saylovlar belgilangan edi. Shu sababli siyosiy rejim 2003 yilda muxolifatga bazi bir yengilliklar berib, siyosiy partiyalar faoliyatiga ozroq ruxsat etgandi. Bu Ozbekistondagi politsiya rejimining navbatdagi oyini ekanligini amalda isbotlash uchun kamina Ozbekiston Respublikachilar partiyasi (OzRP)ni qaytadan tashkil etish boyicha bazi bir tadbirlarni olib bordi.

Kamina vatandoshlarni OzRPga azo bolishga davat etuvchi Murojaatnomani tayyorladi va uni bitta varaqda tortta nusxasini joylashtirdi. Ushbu Murojaatnoma boshida Muhammad paygambarning (570-662) quyidagi hadisi yozilgandi: 635-hadis. Ozlaring qanaqa bolsalaring, shunaqa odamlar sizlarga boshliq qilinadi [16, 100-b.]. Shu muborak hadisdan song atoqli oshlik shoir Shavkat Rahmonning (1950-1996) Turkiylar sheridan [17, 338-b.] olti satri keltirilgandi. Songra Murojaatnomaning asosiy qismi bandma-band yozilgan edi. Bu haqda va kaminaga qarshi 2004 yil 22 fevral kungi tazyiqlar haqida [18] maqolada yozilgan.

Muallif 1997 yil oktyabridan 2005 yil oxiriga qadar asosan suratkashlik (fotograflik) qilib, oz tirikchiligini otkazdi. Shu yol bilan muallif ozining inson huquqlarini himoya qilish, Ozbekistonda demokratiya uchun kurashini davom ettirdi.

2004 yil yanvar oyining ikkinchi yarmida Toshkentdagi Chilonzor buyum (Ippodrom) bozorida ishlayotgan 35 yoshlardagi tijoratchi, nomozxon kishi oz uyiga kelib, oilaviy fotosuratga tushirib ishlab berishni iltimos qildi. Belgilangan dushanba kuni kamina Hamza metro bekati yaqinidagi uyga osha tijoratchining xonadoniga bordi. Uning turmush ortogi ham nomozxon ekanligi, ularning 3 va 5 yoshlardagi farzandlari islom nuqtai nazaridan odobli qilib tarbiya qilinayotganlari, shu bolakaylar ozlarini odobli tutishlaridan ham korinib turardi. Turmush ortogi ogli va qizini yangi kiyimlarini kiyintirgunicha kamina uy egasi bilan hozirgi ahvol haqida qisqacha suhbatlashdi. Uy egasi bu xonadonni ijaraga olishganini ham aytdi. Songra ularni suratga olib bolgach, ketish oldidan muallif suhbat davomi sifatida demokratik jamiyat qurish masalasidagi Murojaatnomaning bitta nusxasini uy egasiga berdi. Shuningdek kamina Toshkentda maxsus xizmat organlar hisobida turgan maxsus xonadonlar borligi, bu xonadonlarda bir necha xil eshituvchi qurilmalar ornatilganligini va nomozxonlarni doimiy nazorat qilishlarini aytdi va sal ehtiyotkorroq bolishni, iloji bolsa xonada televizorni qoyib, suhbatlashishni maslahat berdi.

Muallif xayrlashib chiqib, Hamza metro bekatiga kirdi va poyezdga chiqdi. Shunda orqadan kirgan va bir qadamcha narida kaminaga nafrat bilan qarab turgan 25-27 yoshlardagi, qirgiy burunli, boyi 175 santimetrlar keladigan, baquvvat yigitni kordi. Kamina ikki marta u tomonga nazar tashladi. U hamon nafrat bilan muallifga tikilar, nimadandir jahli chiqib, yuqoridagi tutqichni ushlab turgan qolini bir ochib, yana tutqichdan tutib asabiylashardi. Muallif Toshkent metrosi foydalanishga topshirilgan paytlardan, yani 1977 yil noyabridan beri minglab marta metroda yolovchi bolib yurgan. Lekin oziga bunday gazab va nafrat bilan qarab turgan kishini faqat bir marta oshanda kordi. Kamina: Achchiging kelsa burningni tishla! deganday oz yolida davom etdi va bir necha daqiqa otgach kerakli metro bekatiga kelgach, vagondan chiqdi.

Ushbu nohush voqeaning davomi bolmaganida, muallif uni tezdan esdan chiqarib yuborgan bolardi. Bir-ikki kun otgach kamina osha tijoratchining oilaviy suratlarini ishlab, Chilonzor buyum bozoriga olib borib berdi. Kamina ehtiyotkor bolish masalasida osha tijoratchi yigitga yana aytdi. U osha ijaradagi uyida ikkita eshituvchi qurilmani topib olib, chiqarib tashlaganini aytdi. Kamina bunaqa eshituvchi qurilmalar tegishli xonadonlarda bir nechta va har xili ornatilishini, ularning hammasini uy egasi apparat bilan ham topishi qiyin ekanligini takidladi. Shu bilan xayrlashdik.

Osha kunlari, aniqrogi 2004 yil 26 yanvar kuni muallifning elektron pochtasiga Odam Insonov deb atalgan kimsadan quyidagi xat keldi. Uni ozgarishsiz keltirmoqdamiz, unda yozilgan sokish sozlari uchun oquvchimizdan uzr soraymiz. Xat Courier New alifbosida yozilgan. Maqolani saytda chop etilganda va oquvchimiz kompyuterida ochilganida muammolar bolmasligi uchun uni Times New Roman, yani maqolamiz alifbosida keltirilmoqda. (U paytlar kaminaning elektron pochtasi turon_shuhrati@yahoo.com edi.)

From: Odam Insonov <akahon@rambler.ru> Add to Address Book Add Mobile Alert

Subject:
To: turon_shuhrati@yahoo.com

Date: Mon, 26 Jan 2004 15:12:00 +0300


Ov, san bratishka kop ozingdan ketvossan. Kochada slishkom kop
odamlarni joniga tegvossan. Kotunu qisib yur bomasa ishkallaring
kopayadi.Yana bir kochada prapaganda qivotganini korsam (orqangdan
odam qoygamman) amini chiqaraman jallap.
AJALING.

Osha vaqtda 2004 yilda Freedom House (Ozodlik Uyi)da haftaning payshanba kuni inson huquqlari himoyachilari bilan uchrashuv otkazilar edi. Unda bolayotgan voqealarni muhokama qilar edik. Navbatdagi yigilishda kamina yuqorida keltirilgan tahdid xat nusxasini Fredom House Toshkent Lekin amalda hech qanday chora-tadbir korilmadi va muallif keyingi yigilishlardan birida M.Severdan bu haqda soraganida, undan mantiqli javob ololmadi. Keyinchalik M.Severning amaliy faoliyati va OzR prezidenti I.Karimov bilan 2004 yil dekabrida uchrashib, uni qollab-quvvatlaganligi tufayli uning kimligi malum boldi. Shu sababli muallifga kelgan tahdid xat masalasi ham javobsiz qolgan edi vakolotxonasining osha paytdagi direktori Myusha Sever xonimga berdi.

Muallifning demokratiya yolidagi faoliyatini elektron pochta orqali yuborilgan tahdid xat bilan toxtatib bolmasligini tegishli kimsalar tushunishdi, shekilli. Tahdid xatdan 27 kun otgach 2004 yil 22 fevral (yakshanba) kuni Toshkent shahar, Hamza tuman IIBsining Terrorizmga qarshi kurash bolimi xodimlari kaminani Toshkentdagi Yangiobod bozorida tutib olib ketishdi. Ular muallifni 12 soat davomida baqirib-chaqirib soroq qilishgani haqida [18] maqolada yozilgan.

3.5.2. MUALLIF FOYDALANGAN TORTTA INTERNET-KLUBNING YOPILISHI VA IKKITASIDA KOMPYUTER XIZMATIDAN FOYDALANISH TAQIQLANISHI TAFSILOTLARI

Muallif bugunga qadar 30 dan ortiq maqolalar, onga yaqin xabar va monitoring hisobotlarini kompyuterda terib, Internet saytlariga yuborgan va ularning aksar qismi saytlarda chop etilgan. Kaminaning hozircha shaxsiy kompyuteri yoq. U Toshkentdagi internet-klubarda Microsoft Office Word dasturi boyicha matn terish uchun soatiga 400-500 som, Internetda ishlash uchun soatiga 600 somdan 900 somgacha tolab, kompyuter va Internet xizmatidan foydalanmoqda. Lekin Ozbekistondagi politsiya rejimi kaminaga internet-klublarda kompyuter xizmatidan foydalanayotganida turli qarshiliklar va tazyiqlar qilmoqda.

2005 yil 12-13 may kunlari Andijonda qirgin bolgach, Freedom House (Ozodlik uyi) Toshkentdagi vakolatxonasining Resurs markazi vaqtincha (texnik sabablarga kora) yopildi. Shu sababli 2005 yil may-iyun oylarida Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy kochasi, 16-uyda (shu uyda Ozbekiston Milliy matbuot markazi ham joylashgan) faoliyat olib borayotgan internet-klubda kamina ozining [19] hamda [20] maqolalarini kompyuterda terdi. Ular 2005 yil 20 may va 12 iyun kunlari www.centrasia.ru saytida chop etildi. Kamina keyingi borganida 2005 yil iyun oxirida bu internet-klubning yopiq, xona ichi esa bom-bosh ekanligini kordi Bugungi kunda u xonada magazin joylashtirilgan.

Muallif 2005 yil iyul-dekabr oylarida ozining [21]-[26] maqolalarini Freedom Housening Resurs markazidagi kompyuterda, hamda Toshkent shahridagi 3-4 ta internet-klublardagi kompyuterlarda terdi va saytlarda chop ettirdi. Kamina ulardan bazilarida 2-3 marta foydalangach, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor kochasi, 7-uydagi va Yunusobod tumani, Yunusobod-11 mavzesi, Amir Temur kochasi, -uydagi internet-klublar yopildi, yani ularning xonasi bom-bosh, eshigi esa qulflangan holda edi. (U paytlar muallif ushbu yopilgan internet-klublar haqida maqola yozish fikri bolmaganligi sababli ularning yopilgan kuni va oyini bloknotga yozib qoymagan edi.) Kamina 2006 yil 8 may kuni Chilonzor kochasi, 7-uydagi internet-klubga soat 15.00-larda bordi. Ichkarida 3-4 nafar kishi bor ekan. Ular kompyuterlarni ishga tushirish bilan band ekanliklarini aytishdi.

Malumki, Freedom House Resurs markazi 2005 yil dekabr oyida oz kun ishladi, 2006 yil yanvar boshidan esa oz faoliyatini toxtatdi. Shu sababli kamina ozining [26] maqolasini shahardagi bir nechta internet-klublarda, oxirgi qismini jumladan Toshkent shahri, Hamza tumani, Sholoxov kochasi, 115-uyda va Lisunov-1A mavzesi, 41A-uyda (bu Aviasozlar sobiq Kadishev bozori yaqinida) joylashgan internet-klublarda kompyuterda terdi. [26] va [27] maqolalar www.uzbekcongress.com saytida 2006 yil 1 yanvar kuni chop etildi. Kamina keyingi maqolalarini, jumladan [26] maqolaning davomi bolmish va Ozbekistonda 2001-2006 yillarda roy bergan kopgina muhim siyosiy voqealarni qamrab oladigan tahliliy maqolani terishda davom etdi. 2006 yil fevral oyi boshlarida Sholoxov kochasi, 115-uydagi internet-klub yopib tashlandi. (Bu internet-klub 1-1,5 oylar otgach qayta ochildi va shu kunlarda oz faoliyatini davom ettirmoqda. Kamina 2006 yil 7 may kuni u yerda ikki soat internetdan foydalandi.)

Muallif 2006 yil 11 fevral kuni Lisunov-1A mavzesi, 41A-uydagi internet-klubga kirdi. Lekin yosh xodim bundan buyon kaminaga bu yerda kompyuterda ishlashga ruxsat berilmasligini aytdi. Ushbu internet-klubning rahbari qoshni xonada soat ustasi bolib ishlar ekan. Kamina unga murojaat qildi va taqiqlash sababini soradi. U yaqinda qoshni internet-klublardan biri (u Sholoxov kochasi, 115-uydagi klubni nazarda tutgan bolsa kerak) amaldorlar tomonidan yopib tashlanganligi aytib, Bizning klubni ham yopib qoyishlarini xohlamayman dedi. Kamina uning familiyasini uch marta soradi, u esa oz familiyasini aytmasligini takidladi. (Keyinroq 2006 yil aprel oylarida bu internet-klubni ham yopib tashlashdi. Kamina 2006 yil 7 may kuni u yerga borgandi, xona ichida birorta kompyuter yoq, soat ustasining joyi ham bom-bosh edi. Muallifdan boshqalar ham, ayniqsa yoshlar politsiya rejimi taqiqlagan bazi bir saytlarni oqishgan bolsalar kerak )

Muallif u yerdan chiqib, Sholoxov kochasi, 116-uydagi Tornado nomli internet-klubga bordi. Kompyuterda boshqa saytlar qatori www.freeuzbekistan.com saytini ochib oqiy boshlagan edi, monitordagi matn birdaniga yoq boldi. Kamina yana bir marta terib, shu saytni ochdi. Shunda internet-klubning 20-yoshlardagi xodimi kelib: Siz taqiqlangan saytni ochib oqiyapsiz. Bu bizda mumkin emas dedi (u va yana bir-ikki kimsa qoshni xonada kamina foydalanayotgan kompyuterni nazorat qilayotganligi bilindi). Kamina undan bu gaplarni asoslab berishni yoki shu sayt taqiqlanganligi haqida hujjatni korsatishni soradi. U oz rahbariga murojaat qilishim mumkinligini aytdi. 30-35 yoshlardagi rahbari ham bunday saytlarni korish mumkin emasligini aytdi, lekin bunga birorta dalil yoki hujjat korsata olmadi. Kamina uning familiyasini soradi. U: Gafurov deb javob berdi va Yaqinda qoshni internet-klubni shu bahonada yopib qoyishdi. Bizning internet-klubni ham yopib qoyishlarini istamayman. Xohlagan idoraga borib shikoyat qilishingiz mumkin deb qoshib qoydi (barcha savol-javoblar rus tilida boldi, chunki ular rus tilida sozlashuvchi kishilar edi).

Muallif yaqin joyda Lisunov-2 mavzesi, 45-uyda joylashgan internet-klubga ham kirdi. Lekin u yer juda tiqilinch bolib, devorga quyidagi elon ilib qoyilgan ekan: Skachivaniye iz Interneta zapreshayetsya (Internetdan kochirib olish taqiqlanadi). Kamina noiloj boshqa tumandagi internet-klubga jonab ketdi. (Muallif 2006 yil 7 may kuni shu internet-klubga kirib, osha taqiqlovchi elon hali ham devorda ilingan ekanligini kordi. U bu taqiqlashning sababini soradi. Klub xodimi: Qanday axborotlarni Internetdan olmoqchisiz? deb savolimga savol bilan javob berdi. Kamina: Qiziq ekansiz. Internetdan ozimga kerakli axborotni olamanda. Sizga har birini tushuntirib otiramanmi?! Siz savolimga javob bersangiz dedi. Klub xodimi: Internetdan katta hajmdagi axborotlar olishni taqiqlaganmiz, dedi. Kamina: Shu gapni aniq, tushunarli qilib yozib qoysangiz bolmaydimi? deb soradi. U esa: Skachivaniye sozini kerakli odamlar ozlari tushunib oladilar dedi. Ushbu taqiqlovchi elonga asosan, kliyent Internetdan olgan birorta axborotini ular chop etmasliklari ham mumkin.

Shu bandda 2,5 milliondan ortiq kishi yashaydigan Toshkentdek ulkan shahardagi internet-klublarga va ular xizmatidan foydalanayotgan kaminaga oxshagan fuqarolarga nisbatan bolayotgan tazyiqlar haqidagi bazi bir voqealarni yozdik.. Endi Ozbekistondagi viloyat markazlaridagi, ayniqsa tumanlar markazlaridagi internet-klublar va ular xizmatidan foydalanib, taqiqlangan internet-saytlarni ochmoqchi bolgan fuqarolarga nisbatan munosabatni koz oldingizga keltirishingiz mumkin.

3.5.3. MUXOLIFAT VAKILLARINING KOMPYUTERIGA VA DISKETLARIGA KIMLARDIR VIRUSLAR KIRITAYOTGANLIGIGA DOIR BAZI BIR FAKTLAR

Muallif 2006 yil 22 fevral kuni sobiq diplomat, siyosatshunos Toshpolat Yoldoshev bilan uchrashib, bir soatdan ziyodroq suhbatlashdi. Suhbat oxirrogida undan elektron pochta manzilini berishni soradi va unga kamina oz maqolalarini jonatmoqchi ekanligini aytdi. Toshpolat aka chuqur xorsinib, Mening kompyuterimga, pochtamga kop marta viruslar yuborishib, juda jonimga tegishdi. Shu sababli hozir elektron pochta manzilimni hech kimga bermayapman dedi. Fuqaroning elektron pochtasiga viruslar yuborish mumkinligi haqida maqolamizning 4-bandida yozilgan.

Muallifning hozircha shaxsiy kompyuteri yoq va u internet-klublarga borib, pul tolab kompyuter xizmatidan foydalanmoqda. Toshkentdagi kopgina internet-klublarda kliyent foydalanayotgan kompyuterda disketni oqish mexanizmi yoq (ataylab qoyishmagan). Kliyent bevosita internet-klub xodimiga murojaat qilishga majbur va u ozining boshqaruv kompyuterida disketingizni ochib, siz aytgan faylni siz foydalanayotgan kompyuterga otkazib beradi. Xuddi shunday kliyent biror faylni (matnni) tayyorlab bolgach, oz disketiga yozib olishi uchun yana internet-klub xodimiga murojaat qilishi kerak va u oz kompyuteri orqali disketga yozdirib beradi.

Kamina 2004 yildan 2005 yil oxirigacha internet-klublarda foydalanganda, oz disketlariga yozdirib yurar edi va biror marta virus muammosi bolmagan edi.. Ammo 2005 yil oxiridan boshlab internet-klublarda muallif disketlariga faylni yozish chogida virusni qoshib yozib bera boshlashdi. Afsuski, virus kiritilganligini osha zahotiyoq aniqlash qiyin. Chunki kamina disketga ishning oxirida yozib oladi va disketni faqat internet-klub xodimi kompyuteridagina ochib tekshirishingiz mumkin. U faylni disketga yozilganligini, yani nomi borligini korsatadi va yopadi. Chunki uning boshqa ishlari va kliyentlari bor. Shu sababni rokach qilib, sizning ishingiz bilan koproq shugullana olmaydi, shugullanmaydi ham.

Natijada disketda virus borligini internet-klubga boshqa kuni borganingizda malum boladi. Bugungi kunda muallif oz sumkasida tortta disket olib yuribdi. Ularning tortalasiga ham virus kiritilgan. Har bir disketda esa ortacha 10-12 ta fayl (matn) bor. Endi ularni kompyuterda ochib oqish imkoniyati yoq.

Albatta, muallif bu vaziyatdan chiqish yolini izlamoqda. Shunday yollardan biri shaxsiy kompyuter sotib olish va ham qimmatli bolgan, ham nonkorlarcha qilinayotgan internet-klub xizmatidan voz kechishdir.

3.5.4. MUALLIFNING ELEKTRON POCHTASI ORQALI BOLAYOTGAN YOZISHMALARIGA KIMLARDIR ARALASHAYOTGANLIGIGA DOIR BAZI BIR FAKTLAR

Muallif 2006 yil 13 yanvar kuni soat 12:58 da ozi uchun notanish bolgan Irina Ternovadan (Irina Ternova irina_ternova@hotmail.com) ingliz tilida yozilgan quyidagi xatni oldi (ozbek tiliga kamina ogirgan).

Dear Shuhrat,
I found you article on Internet. I am interested in the real political situation inm Uzbekistan.
Could you please provide me with more information, also Im interested in /
Thank you in advance!
Best regards, Irina

Qadrli Shuhrat.
Men sizning maqolangizni Internetda topdim.
Meni Ozbekistondagi aniq (real) siyosiy vaziyat qiziqtirmoqda.
Bu haqda menga axborot bera olasizmi, meni shuningdek Ozbekiston XDP (Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi, A.Sh.) qiziqtiradi.
Oldindan sizga minnatdorchilik bildiraman!
Samimiy salom bilan Irina

Muallif 2005 yil fevral oyida Ozbekistonda rasman royxatga olingan oltita siyosiy partiya va bitta yashirin partiya haqida kattagina tahliliy maqola [27]ni yozgan edi. Kamina dastlab shu maqolani Irinaga jonatib yuborishga qaror qildi (agar ushbu maqoladagi malumotlar yetarli bolmasa, yana xat yozar, degan fikr bor edi). Kamina oz electron pochtasi orqali maqolani ilova xat bilan jonatdi. Qanchadir vaqt otgach xat va maqola Irinaga yetib bormaganligi haqida muallif pochtasiga malumot keldi.

Ikki kun otgach 2006 yil 15 yanvarda Irinadan yana xat keldi.

Dear Shuhrat, please help me, I im writing a repport on Uzbekistan political situation, and I cant find additional information on National Resistance Committee of Uzbekistan
I would be very thankfull if u could reply, thank you again for your attention.
Kind regards, Irina

Qadrli Shuhrat, marhamat qilib menga yordam bersangiz, men Ozbekistondagi siyosiy vaziyatga doir hisobot yozayapman va men Ozbekistondagi Milliy Qarshilik Qomitasi haqida qoshimcha axborot topa olmayapman
Agar siz javob bersangiz, men juda minnatdor bolardim.
Etiboringiz uchun sizga yana bir marta rahmat.
Samimiy salom bilan Irina

Kamina yana yangitdan xatni 14 va 15 yanvar kunlari rus tilida yozdi va [27] maqolani ilova qilib, Irinaning elektron pochtasiga ikki marta jonatdi. Muallifning 15 yanvardagi xatini keltirib otish orinlidir (unin ozbek tilidagi matni ham keltirilmoqda).

Date:
Tue, 17 Jan 2006 04:03:27 -0800 (PST)
From:
shuhrat axmadjonov <shuhrat_ax1@yahoo.com> Add to Address Book Add Mobile Alert
Yahoo! DomainKeys has confirmed that this message was sent by yahoo.com. Learn more

Subject: O politicheskix partiyax Uzbekistana
To: Irina Ternova <irina_ternova@hotmail.com>, shuhrat_ax1@yahoo.com, shuhrat1954@yahoo.com


Uvajayemaya Irina!
Ya poluchil oba Vashi pisma. Mnoyu v fevrale 2005 goda bil napisan statya o pro pravitelstvennix partiyax Uzbekistana. Etu statyu Vam otpravlyayu. Tri iz 4 chastey statyi bil napechatan 23, 24 i 25 fevralya 2005 goda na sayte www.centrasia.ru. Pochemuto 4-yu chast ne napechatali. Poetomu ya otpravlyayu Vam vsyu statyu.
Da, eta statya takje bila opublikovana na sayte www.uzbekcongress.org na stranise russkogo yazika v vewrale 2005 goda. Ya etu statyu vchera otpravil Vam, no pochemuto do Vas ne doshla (vidimo, eto zasluga nashix spesslujb). Segodnya otpravlyayu povtorno.
Esli mojno napishite o sebe bolee podrobno.
S uvajeniyem Shuhrat.
17 yanvarya 2006 goda. Tashkent, 17.00 chasov.

Hurmatli Irina!
Men sizning ikkala xatingizni ham oldim. Men 2005 yil fevralida Ozbekistondagi hukumat partiyalari haqida maqola yozgan edim. Shu maqolani Sizga jonatayapman. Maqola 4 qismdan iborat bolib, undan 3 qismi www.centrasia.ru saytida 2005 yil 23, 24 va 25 fevral kunlari chop etildi. Negadir 4-qismini chop etishmadi. Shu sababli men Sizga maqolani toliqsincha jonatmoqdaman.

Ha, ushbu maqola www.uzbekcongress.org saytining rus tilidagi sahifasida 2005 yil fevralida chop etilgan edi. Men kecha bu maqolani Sizga yubordim, lekin negadir u Sizgacha yetib bormabdi (aftidan, bu bizning maxsus xizmat organlarining ishidir). Bugun uni qaytadan jonatmoqdaman.
Iloji bolsa ozingiz haqingizda batafsilroq yozib yuborsangiz.
Hurmat bilan Shuhrat.
2006 yil 17 yanvar. Toshkent, soat 17.00.

Ikki kun otgach muallif pochtasiga quyidagi xabar keldi (uni ozgarishsiz keltirmoqdamiz, faqat muhim joylarini ozbek tiliga tarjimasini ham yozmoqdamiz). Etibor bering: javob ikki kun (!) otgach kelmoqda.

From: postmaster@hotmail.com Add to Address Book Add Mobile Alert

To: shuhrat_ax1@yahoo.com

Date: Tue, 17 Jan 2006 04:03:33 -0800
Subject: Delivery Status Notification (Failure) (Ish ahvoliga doir bildirgini yetkazmoqdamiz (Muvaffaqiyatsizlik))
This is an automatically generated Delivery Status Notification (Bu avtomatik ravishda kelib chiqqan ish ahvoliga doir bildirgini yetkazmoqdamiz).

Delivery to the following recipients failed (Quyidagi oluvchi uchun yetkazib berish muvaffaqiyatsiz boldi).
irina_ternova@hotmail.com
Message/delivery-status
Reporting-MTA: dns;bay0-mc9-f9.bay0.hotmail.com
Received-From-MTA: dns;web35906.mail.mud.yahoo.com
Arrival-Date: Tue, 17 Jan 2006 04:03:28 -0800

Final-Recipient: rfc822; irina_ternova@hotmail.com
Action: failed
Status: 5.2.2
Diagnostic-Code: smtp;552 5.2.2 This message is larger than the current system limit or the recipient's mailbox is full. Create a shorter message body or remove attachments and try sending it again. (Bu xabar kattadir, bundan tashqari tizim oqimi chegaralangan, yoki oluvchining pochtasi tolgan. Kishiga xabar yuboring yoki mahkamlangan (faylni) olib tashlang va qaytadan yuborishga harakat qiling).

Bir qaraganda, bunday vaziyatga Irinaning tolgan pochtasi aybdorday korinadi. Atayin xat yozgan va javobini kutayotgan kishi Irinaning pochtasi tolishi mumkinmi? U har kuni koplab tanish-bilishlaridan va dostlaridan xatlar oladi-ku. Bu yerda boshqa sabablar bor, deyish mumkin.

Irina Ternova yoki boshqa fuqaro pochtasiga navbatdagi elektron xatning sigmaydigan qilish yollari kop. Shunday yollardan bittasini bayon etaylik. Siz yozgan xatga maxsus xizmat organlaridagi kimsa katta hajmdagi faylni, axborotni qoshadi (masalan, bir necha katta rangli manzarali surat). Qarabsizki, xat bilan qoshib yuborilgan keraksiz katta fayl tufayli tegishli manzildagi fuqaro (masalan, Irina) elektron pochtasiga xatingiz sigmaydi va sizga yuqorida keltirilgan mazmundagi moderatorning javob xati keladi. Bu holni soddaroq qilib tushuntirish ham mumkin: agar siz birorta sichqonni tutib, uning dumiga galvir boglasangiz, bechora sichqon oz iniga sigmay qoladi!

Demak, maxsus xizmat organlari va ularning gumashtalari (xakerlari) fuqarolarning Internetdagi ozaro xat-xabarlar yozishmalariga aralashishlari, chirkin va pastkashlik bilan olib borayotgan oyinlariga qarshi biz demokratlar bazi bir ehtiyot choralar kormogimiz kerak. Endi shu masalalarni yoritishga otsak.

4. DEMOKRATLAR FOYDALANAYOTGAN ALOQA VOSITALARINING XAVFSIZLIGI MUAMMOLARI VA BU BORADA MUTAXASSISLARNING TAVSIYALARI

2005 yil kuzida Qirgiziston poytaxti Beshkek shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlarida inson huquqlarini himoya qiluvchilar xavfsizligini taminlash masalalariga bagishlangan trening (inglizcha training tayyorgarlik, (amaliy) oqitish, talim berish, mashq qilish) bolib otdi. Tashkilotchilar trening qatnashchilarining har biriga E.Egurrenning rus tilidagi Inson huquqlari himoyachilari uchun xavfsizlik boyicha qollanma kitobi berildi ([29] ga qarang). Kitobning 12-bolimi Xavfsiz aloqa va informatsion texnologiyalar deb atalgan va kompyuter hamda Internetga bagishlangan. Bu bolimda mutaxassislar kompyuter va Internetdagi shaxsiy yozishmalar, axborotlar hamda dasturlardan foydalanish muammolarini yaxshi tahlil etishgan va muhim tavsiyalar berishgan. Kamina kitobning 12-bolimidagi eng kerakli qismlarini ozbek tiliga ogirdi va quyida izohlarsiz keltirmoqda.

Demokratlarimiz bunda yozilgan malumotlarni bilsalar va ular tavsiyalariga amal qilsalar, ozlarining ham, safdoshlarining ham xavfsizligini tayminlaydilar. Shuningdek Ozbekistondagi politsiya rejimi bilan borayotgan informatsion kurashda demokratiya, yani demokratlar yengib chiqishiga, galaba qozonishiga asos soladilar.

4.1. INTERNETDAN FOYDALANISH BILAN BOGLIQ XAVFSIZLIK MUAMMOLARI

Sizning xat-xabarlaringiz kompyuteringizdan oluvchining kompyuteriga bevosita jonatilmaydi. U bir necha ozaro bogliq aloqa tugunlari orqali otadi va otish paytida ozi haqida malumot qoldiradi. Bu axborotlarni (mamlakatdan/mamlakatga chiqish/kirish paytidagina emas), barcha yoli davomida uni olish (unga kirish) mumkin.

Siz matnni tera boshlaganingizda kimdir sizning yelkangiz osha qarashi mumkin. Bu ayniqsa Internet-kafeda muhimdir. Agar sizda Internet bilan aloqa bolsa, idorangizdagi har qanday kishi sizning pochtangizga kirishi (foydalanishi) imkoniyatiga egadir. Sizning tizim (sistema) boshqaruvchingiz hamma pochtalarga kirishda alohida imtiyozlarga ega bolishi mumkin.

Sizning Internet provaydiringiz (ISP Internet Service Provider, inglizcha provider taminlovchi, A.Sh.) pochtangizga kirish imkoniyatiga egadir va unga tasir otkaza oladigan har qanday kishi sizning barcha elektron yozishmlaringizdan nusxalarni unga yuborishga yoki sizning jonatmalaringizning bir qismini tosishga (blokirovka qilishga) majbur etish uchun provayderingizga tazyiq otkazishi mumkin.

Sizning xat-xabarlaringiz Internet orqali otayotganida yuzlab tahlikali yot odamlar (subektlar) orqali otadi. Xat-xabarlar otish paytida xakerlar sizning aloqa yollaringizga (kommunikasiyalaringizga) kira olishi mumkin. Sizning xat-xabarlaringizni qabul qilib oluvchining Internet-aloqa provayderi, tarmogi va ofisi ham ozining zaif joylariga ega bolishi mumkin [29, 100-b.]

4.2. INTERNET XAVFSIZLIGINING ASOSIY QOIDALARI

Troya otlari, yoki troyaliklar kabi viruslar (lotincha virus zahar, A.Sh.) va boshqa aldam-qaldam dasturlar har tomondan paydo bolishi mumkin; hatto dostlaringiz oz kompyuterlaridan ongsiz (gayriixtiyoriy) ravishda sizga viruslar yuborishlari mumkin. Ishonchli antivirusli dasturlardan foydalaning va ularni avtomatik tartibda (rejimda) yangilab turing. Yangi viruslar doimo yaratilmoqda va aniqlanmoqda, shuning uchun www.vil.nai.com veb-saytidagi Viruslar haqidagi axborot kutubxonasi (Virus Information Library)ga muntazam kirib turing va yangi viruslardan himoyalanish uchun yangi dasturlarni yuklang.

Odatda viruslar elektron pochta orqali yuqtiriladi, shuning uchun xavfsiz aloqa qoidalariga rioya qiling (quyiga qarang). Viruslar bu mustaqil kopayish uchun moljallangan bir martalik dasturlardir, ular zararli va zararsiz bolishlari mumkin. Troyaliklar bu uchinchi tomon (yoki yana kimlardir) sizning kopyuteringizga kira olishga moljallangan dasturlardir.

Yaxshi brandmauerlar (tarmoqlararo himoyaning apparat-dasturli vositasi) sizni xakerlar uchun korinmaydigan bolishingizga yordam berishlari mumkin va sizning tizimingizga begona shaxslar aralashishining oldini oladi. Bu sizning kompyuteringizdan faqat maxsus ruxsat berilgan xodimlargina Internetga chiqishlarini kafolatlaydi va troyaliklar kabi dasturlar axborot yuborishlariga yoki sizning kompyuteringizga xakerlar kirishi mumkin bolgan panadagi (qora) yolni ochishiga imkon bermaydi.

Klaviaturani qayd etish (nemischa klaviatur < lotincha clavis kalit klavishli va turli xil mexanizmlardagi (yozuv mashinkalarida, harf terish mashinalarida va hokazo) klavishlarning jami [9, 300-b.], A.Sh.) tizimi sizning klaviaturadagi har qanday harakatlaringizdan xabardor qilib turadi. Bu dasturlar siz (uyda, ishxonada, A.Sh.) bolmaganingizda birorta kimsa tomonidan kiritiladi, yoki sizning tizimingizga Internet orqali virus yoki troyalik yordamida tushadi. Klaviaturani qayd etish tizimi sizning klaviaturadagi har qanday harakatingizdan xabardor boladi va sizning ishingiz haqida, odatda, Internet orqali xabar beradi. Himoya parollarini (fransuzcha parol soz, nutq harbiy xizmatda yoki yashirin tashkilotlarda oz kishilarini tanish uchun uchrashganda aytiladigan va oldindan belgilab qoyiladigan shartli maxfiy soz [9, 477-b.; 30, 574-b.]) ornatish, xabarlarni xavfsiz jonatish tajribasi qoidalariga rioya qilish, antivirus dasturlarini qollash va parolni kiritishning sichqoncha orqali boshqaruvidan foydalanish yordamida bu dasturlar bilan kurashish mumkin. Klaviaturani qayd etish tizimining tasirini kesish uchun sizni Internetdan jismonan uzish bilan, odatda, siz kompyuterda ishlamayotgan paytingizda telefon aloqangizni oddiy ochirish bilan ham erishish mumkin.

Pochta manzili soxta (qalbaki) bolishi mumkin, yani haqiqiy egasidan boshqa yana kimdir undan foydalanishi mumkin. Buni provayder tarmogini buzib ochish va ozganing kompyuteriga va paroliga kira olish yoli bilan, yoki aniq birorta kishining manziliga oxshash manzildan foydalanish yoli bilan amalga oshirish mumkin. Masalan, siz l harfining quyi registrini (lotincha registrum kiritilgan, yozilgan [9, 547-b.], A.Sh.) 1 raqami bilan almashtirish orqali oxshash manzil hosil qilishingiz mumkin, va kopchilik odamlar farqini payqamaydilar. Kalaka bolishdan saqlanish uchun, mano hosil qiladigan sozlar yigindisidan foydalaning va manzilning faqat haqiqiy egasigina javob berishi mumkin bolgan savollarni takror-takror ravishda bering. Axborotni har qanday shubhali talab qilayotganida boshqa aloqa vositalari orqali tekshirish yoli bilan tasdiqlashini iltimos qiling.

WWW-serverga sizning murojaatingiz tez qarab chiqish boyicha oz sahifalaringizga birortasining qarab qoyishiga imkon bermang va har safar Internetga ulanganingizdan song sizning kesh-xotirangizni ochirib tashlang. Internet Explorerda (explorer tekshiruvchi, tadqiq etuvchi, A.Sh.) Tools (Servic) menyusini, songra Options (Sozlash)ni tanlang. Netscape Navigator da Edit(Tuzatish), songra Preprences (Parametrlar)ga oting. Siz usbu menyulardan har qandayeda bolsangizda, sizning barcha otmish ishlaringizni Internetdan chiqishning hamma yollarini ochirib tashlang va kesh-xotirangizni tozalang. Yodda tuting, sizning barcha xatchop (zakladka)laringizni ham ochirmoq kerak. Tez qarab chiqadigan sahifangizda siz kesh-fayllar orqali kirgan saytlar haqidagi yozuvlar saqlanadi, shuning uchun sizning tizimingizdagi qaysi fayllar yoqotilishi kerakligini aniqlashtiring.

128-bitli kodlashni (fransuzcha code qonunlar majmui, A.Sh.) qollab-quvvatlash uchun tez qaraladigan hamma veb-tizimlarni yangilang. Bu siz veb-tarmoq orqali yuborishni xohlagan har qanday axborotni, jumladan parol va maxsus shakllar korinishidagi boshqa maxfiy axborotlarni, xavfsizligiga yordam beradi. Hamma dasturlar taminoti uchun, ayniqsa Microsoft Office, Microsoft Internet Explorer va Netscape kabi paketlar uchun, eng yangi xavfsizlik pachilarini (tayyorlovchining oz dastur mahsulotlarida topgan xatolarni tuzatuvchi dasturlar Tarjimon izohi) ornating.

Uncha ahamiyati bolmagan (ikkinchi darajali) veb-sahifalarni tez qarash uchun maxfiy axborotlar saqlanadigan kompyuterdan foydalanmang. [29, 100-101-b.]

4.3. ELEKTRON POCHTA BILAN XAVFSIZ ISHLASHNING ASOSIY QOIDALARI

Siz, sizning dostlaringiz va kasbdoshlaringiz amal qilishi kerak bolgan pochta bilan xavfsiz ishlashning asosiy qoidalari quyida keltirilgan. Agar ular elektron pochtadan xavfsiz foydalanish amaliyotiga rioya qilmasalar, ular xabarlarini oqimasligingiz haqida bildiring.

1. HECH QACHON ozingiz bilmagan kishilardan kelgan pochtani ochmang.

2. HECH QACHON ozingiz bilmagan odamlardan yoki uning muallifi bolgan kishini siz tanimasangiz, pochtasini yubormang. Yaxshilik haqida oylang belgisi bilan tarqatiladigan hamma xatlarning virusi bolishi mumkin. Ularni oz dostlaringiz va hamkasblaringizga yuborish bilan siz ularning kompyuteriga viruslarni kiritishingiz mumkin. Agar ularning juda rahmdilligi sizga yoqsa, xabarni yangidan tering va uni ozingiz jonating. Agar xabarni terish siz sarflaydigan vaqtga arzimasa, ehtimol, bu unchalik muhim xabar emas.

3. Agar ilovalar tarkibini bilmasangiz va ularning xavfsiz ekanligiga ishonchingiz bolmasa, ularni HECH QACHON yuklamang va ochmang. Kompyuter dasturingizdagi avtomatik yuklash opsiyasini uzib qoying. Kopgina viruslar va troyaliklar qurtlar korinishida oz-ozidan tarqaladilar, va hozirgi zamon qurtlarini kopincha siz bilmagan odamlar yuborishadi. Aqlli qurtlar sizning manzil kitobingizni skaner qiladi, ayniqsa siz Microsoft Outlook yoki Outlook Express va oddiy jonatuvchidan olingan odatdagi ilovalar bilan niqoblangandir. Siz oz hamkasblaringizga jonatadigan ilovalarni viruslardan ozod etish (tozalash) bilan bogliq muammolarni PGP-pochtani ilovalar va ilovalarsiz imzolanishi PGP muammoni bartaraf eta oladi (PGP-axborotni kodlash dasturi, quyidagi Kodlash bolimi 4.4-bandga qarang).

4. Oz pochtangizni jonatayotganingizda HTML, MIME yoki RTF formatlardan FOYDALANMANG, faqat oddiy matndan foydalaning. Kengaytirilgan xatlar ichiga ornatilgan dasturlarga ega bolib, ular sizning kompyuter fayllaringizga ziyon yetkazishi mumkin.

5. Outlook yoki Outlook Express dasturlaridan foydalanganingizda ekranda dastlabki qarab chiqish opsiyalarini ochirib qoying.

6. Har safar imkoniyat bolganidan oz pochtangizni shifrlang. Shifrlanmagan pochta ochiq xatga (otkritkaga) oxshaydi, uni korgan yoki undan foydalanish imkoni bolgan har bir kishi oqib chiqishi mumkin. Shifrlangan pochta bu konvertga ishonchli ravishda berkitilgan xatdir.

7. Mavzu nomida birorta ahamiyatli narsadan foydalaning, toki oquvchi xabarda nima haqda soz borishini bilsin. Dostlaringizga va hamkasblaringizga ayting, xabar haqiqatdan ulardan kelganligini siz bilishingiz uchun mavzu sarlavhasida ular oz shaxsiga doir biror narsa yozishsin. Aks holda, kimdir ular nomidan xabar yoki troyalikni jonatishi mumkin, ehtimol, sizni ham qoshib, u kasal yuqtirilgan dasturni ularning manzil kitobidagi barcha manzillarga, jumladan sizga ham tarqatgan. Shunday bolsada, shifrlangan pochta xabarida maxfiy malumotlarni oshkor qiladigan sarlavhalardan foydalanmang. Yodda tuting, xabar mavzusi shifrlanmaydi va shifrlangan xat xususiyatini oshkor etilishiga, bu esa oz navbatida, tajovuzkorlik (agressiya) harakati otkazilishiga olib kelishi mumkin. Hisobot, maxfiy, shaxsiy kabi xabarlarni, kimlargadir malum darajada ahamiyat kasb etishini korsatuvchi boshqa belgilar bilan qiziqarli mavzulardagi pochta xabarlarini kopgina xakerlik dasturlari hozirgi vaqtda avtomatik skaner qiladi va nusxa oladi.

8. HECH QACHON To yoki CC satrida korsatilgan manzil egalaridan katta guruhiga pochta yubormang. Yaxshisi xabarni ozingizga jonating va boshqa hammasini bcc satriga kiriting. Bu yaxshi muomala belgisidir, shuningdek maxfiylikni saqlashning yaxshi usuli hamdir.
Aks holda, siz MENING pochta manzilimni MEN bilmaydigan odamlarga yuborayapsiz; bu notogri, yomon va haqoratomuz amaliyotdir, qaysiki yomon oqibatlarga olib keladigan va xavf-xatar tugdiradigan vaziyatga imkon beradi.

9. HECH QACHON spamga (yelpigichga oxshatib tarqatiladigan reklama axboroti), hatto yuboriladiganlar royxatidan ozingizni chiqarib tashlashni iltimos qilib javob yozmang. Spam serverlari (inglizcha spume kopik; server tennisda va boshqa oyinlarda topni oyinga kiritadigan oyinchi [9, 582-b.]) juda kop manzillarga xabarlar tarqatishadi, va bulardan qaysi birlari faol ekanligini ular hech qachon bilmaydilar (sizning elektron manzilingizdan faol foydalanayotgan kimsa nazarda tutilmoqda). Xabarlaringizni olgach, server sizni faol foydalanuvchi sifatida qabul qiladi va, natijada, siz avvalgidan ham yanada koproq spam olishingiz mumkin.

10. Agar iloji bolsa, boshqa kompyuterlarga ulanmagan, odatdagi pochta xabarlarini oladigan va malumotli fayllar saqlanadigan alohida kompyuterga ega boling. [29, 101-102-b.]

4.4. KODLASH: SAVOLLAR VA JAVOBLAR

Kopgina kitoblarda va maqolalarda, jumladan [29] maqolada pravozashitnik sozi kop marta qollanilgan. Uning ozbek tilidagi toliq tarjimasi inson huquqlari himoyachisi deb yoziladi. Bu iborani qisqacha qilib InHHim desak, yani inhhim deb yozsak yaxshi bolardi. Yani rus tilidagi pravozashitnik sozi orniga inhhim sozidan foydalanishni muallif taklif etmoqda va maqolada shu iborani ishlatmoqda.

Quyida eng kop beriladigan savollar va ularga javoblar royxati keltirilgan. Barcha savollar bilan shuningdek www.privaterra.org veb-sayti orqali Privaterra nodavlat tashkilotiga murojaat qilishingizni soraymiz. [29, 103-b.]

4.4.1. KODLASHNING OZI NIMA?

Javob. Kodlash bu malumotlarni maxfiy kodga almashtirish bolib, uni bu axborot moljallangan shaxsdan boshqa hech kim topib oqiy (rasshifrovka qila) olmaydi. Yetarli miqdorda vaqt va hisoblab chiqish qobiliyatlari (mutaxassislar, A.Sh.) bolganida barcha kodlangan xabarlarni oqish mumkin, lekin bu kop vaqt va vositalar, zahiralar (resurslar) talab etishi mumkin. Oddiyroq qilib aytganda, kodlash bu usuldir, uning yordamida oz fayllaringizni va pochtangizni ozga kozlardan himoya qilishingiz mumkin. Sizning fayllaringiz kodga aylanadi, u bir qaraganda ixtiyoriy harflar va raqamlar birikmasini ifodalab, uni korib turganlarga tushunarsiz boladi. Siz faylni kodlash uchun uni parol korinishidagi kalit bilan yopasiz. Xabarni kodlash uchun oz parolingizni ishlatib, uni ikkita kalit yordamida yopasiz. Xabar moljallangan faqat osha shaxs oz paroli yordamida uni ochishi mumkin. [29, 103-b.]

4.4.2. INSON HUQUQLARI HIMOYACHILARI (INHHIMLAR), DEMOKRATLAR NIMA UCHUN KODLASHDAN FOYDALANMOQLARI KERAK?

Javob. Hamma (kishilar, A.Sh.) kodlashdan foydalanmoqlari kerak, chunki raqamli aloqa vositalari avval boshdan maxfiylikni taminlamaydi. Bundan tashqari, inhimlar boshqa odamlardan kora koproq xavf-xatarga yoliqishadi va ularning fayllari hamda aloqa vositalari zaifroqdir. Ozlarini himoya qilish uchun ham, ular yordam qilmoqchi bolgan odamlarni himoya qilish uchun ham inhhimlar kodlashdan foydalanishlari naqadar muhimdir.

Raqamli texnologiya bu inhhimlar foydalanayotgan boyliklardan biridir. U tez aloqani, yanada samaraliroq mehnatni taminlaydi va ular imkoniyatlarini kengaytiradi. Ammo ozining barcha afzalliklariga qaramay, bu texnologiya shuningdek malum bir xavf tugdiradi. Siz xavfsizlik qayishini kiyishingiz fakti, siz rulda bolganingizda har gal avariya kutayotganingizni hali bildirmaydi. Avtopoygalar kabi yanada xavfli vaziyatlarda avtomobilni boshqarganda, yanada koproq xavfsiz bolishingiz uchun qayishni taqishingizga sizni yanada koproq undaydi.

Inhhimlar kopincha taqib qilish (kuzatish) obektiga aylanadilar. Modomiki, amalda har bir kishi kodlanmagan xabarlarga kirish va ularni oqish imkoniyatiga ega bolganligidan, deyarli muqarrar ravishda sizning kodlanmagan xabarlaringiz jonatishning qaysidir bosqichida oqib chiqiladi. Sizning xabarlaringizni muxoliflaringiz allaqachon nazorat qilayotganlari ehtimoldan holi emas, va siz bu haqda hech qachon bilmaysiz. Siz yordam bermoqchi bolgan odamlarning muxoliflari bu sizning ham muxoliflaringizdir. [29, 103-b.]

4.4.3. KODLASHDAN FOYDALANISH NOLEGALMI (YASHIRINMI)?

Javob. Bazan. Jahonning kop mamlakatlarida kodlash butunlay legaldir (inglizcha legal qonuniy, qonunlashtirilgan, A.Sh.). Masalan, Xitoyda tashkilotlar kodlashdan foydalanishga maxsus ruxsat olishi kerak, va siz bu mamlakatga kirayotganingizda ixcham kompyuteringizda foydalanayotgan kodlash texnologiyasini deklarasiyalashingiz (inglizcha declare elon qilish, bildirish, A.Sh.) zarur. Singapur va Malayziya shunday qonunlarga egaki, kodlashdan foydalanmoqchi bolgan har bir kishi ozining shaxsiy parollari haqida xabar berishi talab etiladi. Xuddi shunday qonunlar Hindistonda ham amal qilmoqda. Shuningdek boshqa istisnolar ham bor.
Elektron maxfiylash axborot markazi (EPIC Electron police information centre, A.Sh.) Enternational Survey of Encreption Police [Kodlash sohasida xalqaro siyosatni korib chiqish (obzor qilish)]ni taklif etadi, http://www2.epic.org/reports/crypto2000/ saytda jahonning kopchilik mamlakatlarida amal qilayotgan qonunlar muhokamasi olib boriladi. Bu royxat oxirgi marta 2000 yilda yangilangan. Agar sizni bu sohada hozirgi kunlardagi malumotlar qiziqtirsa, birorta aniq mamlakatda kodlashni qollashdan avval Privaterrada maslahatlashing. [29, 103-b.]


2006 YILGI MAQOLALAR

: [1] []
 

:
: 

: ( )

:

  URL