-

   _

 - e-mail

 

 -

 LiveInternet.ru:
: 06.02.2012
: 483
: 9
: 524

:


(5-maqolam, 2006 yil 1 yanvar, OXIRI) OZBEKISTON OZOD DEHQONLAR PARTIYASINING ASOSCHISI, PROFESSOR OLIMJON KARIMOV - 80 YOSHDA

, 23 2022 . 23:08 +
Shuhratjon AHMADJONOV

(5-maqolam, 2006 yil 1 yanvar, OXIRI) OZBEKISTON OZOD DEHQONLAR PARTIYASINING ASOSCHISI, PROFESSOR OLIMJON KARIMOV - 80 YOSHDA (1988-1993 yillarda Ozbekistonda roy bergan ayrim tarixiy voqealarning prof. Olimjon Karimov taqdiri misolida tahlili)

7. MILLIY MAJLIS TASHABBUS GURUHI TAYYORLAGAN UCHTA HUJJAT LOYIHALARI MATNI

Maqolamizni oqiyotgan fuqarolar Milliy Majlis va uning hujjatlar loyihalari haqida ozlari birorta xulosaga kelishlari uchun ushbu bandda uchala hujjat matnlarini keltiramiz. Bu 1992 yil 22 iyunda kompyuterda tayyorlangan va OzR prezidenti I.Karimov nomiga yuborilgan MM hujjat loyihalaridir. Uni A.Arifov osha vaqtlar kompyuterda chiqarilgan nusxadan qolyozma korinishida kochirib olgan edi va muallifga 2005 yil 18 dekabr kuni berdi. Muallif unga oz minnatdorchiligini bildiradi.

7.1. OZBEKISTON DEMOKRATIK KUCHLARINING MILLIY MAJLIS TUZISH TOGRISIDAGI
B I T I M I
Ozbekistonda vujudga kelgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy inqiroz va murakkab tanglikni hisobga olib, biz demokratik yonalishdagi siyosiy partiya, harakat, birlashma, uyushma va tashkilotlar quyidagi bitimga kelishdik:
1. Ozbekistonni iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy tanglikdan olib chiqish davrida uning hududida mustaqil faoliyat korsatuvchi va qonun-loyiha ishlab chiqarish vakolatlariga ega bolgan Miliy Majlis tasis etish.
2. Milliy Majlis qabul qilgan qonun-loyihalarning kuchga kiritilishi bilan bogliq bolgan qarorlar ijrosini taminlash.
3. Milliy Maylis tasischilar royxatini ochiq qoldirish va ixtiyoriylik asosida tasischilar qatoriga kiritishni davom ettirish.
Ilova: 1) Ozbekiston Respublikasi Milliy Majlisi muvaqqat tuzugi.
2) Ozbekiston Respublikasi siyosiy partiya, harakat, birlashma, uyushma va tashkilotlar vakillari tashabbus guruhining bayonoti.
Xalq diplomatiyasi uyushmasi
Ozbekiston Birlik xalq harakati
Erk demokratik partiyasi
Ozbekiston Ozod Dehqonlar partiyasi
Turkiston xalq harakati

7.2. OZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY MAJLISINING MUVAQQAT
T U Z U G I
Tasischilar bitimiga 1-ilova
Milliy Majlis Ozbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi organi bolib, mustaqil harakat qiladi va oz faoliyatida quyidagi beshta asosiy tamoilga amal qiladi:
1. Davlat mustaqilligining xalqaro huquq qoidalari.
2. Islom talimoti asoslari.
3. Demokratiya va xalqchillikning xalqaro huquq qoidalari.
4. Xususiy, akcioner mulkchilik va erkin tadbirkorlik.
5. Inson huquqlarining tabiiylik va ajralmaslik qoidalari.

ASOSIY MAQSAD VA VAZIFALAR
1. Ijtimoiy-siyosiy bohrondan tinch yol bilan chiqish.
2. Ozbekiston Respublikasining yangi Konstituciyasini ishlab chiqish va uni muqobillik asosida umumxalq muhokamasiga va ovoziga qoyish yoli bilan qabul qilish.
3. Yerga nisbatan xususiy va akcionerlik mulkchilikni joriy etish, yerni sotish va sotib olish huquqining barqarorligini taminlash.
4. Islomni Ozbekiston respublikasining rasmiy dini sifatida qonunlashtirish.
5. Bozor munosabatlariga otishning zaruriy huquqiy asoslarini yaratish.
6. Davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatlariga ajratilishi va hokimiyatlar vakolatlarini ozaro cheklanish principlariga amal qilish.
7. Ozbekiston Respublikasi oz armiyasiga, milliy valyutasiga, ikki tomonlama foydali tashqi aloqalar faoliyatiga, daxlsizligi taminlangan davlat chegarasiga ega bolishiga erishish.
8. Ozbekiston Respublikasi fuqarolariga inson huquqlari haqidagi Jeneva Deklaraciyasi va Xelsinki yakunlovchi hujjatlarida kozda tutilgan barcha huquqlarni kafolatlash.


TASHKILIY TUZILISH
1. Milliy Majlis ikkita palatadan iborat: Devon va Vakillar palatasi.
2. Devonning tarkibiga viloyatlardan, Qoraqalpogiston Respublikasidan va Toshkent shahridan ikki kishidan azo bolib kiradi.
3. Vakillar palatasi tarkibiga siyosiy partiyalar, harakatlar, uyushmalar, birlashmalar va tashkilotlardan uchtadan azo kiradi.
4. Devon va Vakillar palatasi oz majlislarini alohida-alohida otkazadi.
5. Devon va Vakillar palatasi har bittasining ozi alohida qabul qilgan qonun loyihasi ikkinchi palata roziligisiz kuchga kirmaydi, bundan ushbu tuzukda korsatiladigan hollar mustasno.
6. Devon va Vakillar palatasi ozlarining rahbarlari va boshqa lavozimlariga oz azolari orasidan saylab qoyadilar.
7. Devon rahbari lavozimiga saylangan kishi Milliy Majlis raisidir va u Milliy Majlis ishlab chiqqan barcha hujjatlarga imzo chekish huquqiga ega.
8. Qonun yaratuvchilikda faoliyat korsatuvchi mahalliy organlar Milliy Majlis ishlab chiqqan qonun-qoidalar asosida tuziladi.

SHAKLLANTIRISH QOIDALARI
1. Siyosiy partiyalar, harakatlar, uyushmalar, birlashmalar va tashkilotlarning Respublika miqyosidagi vakolatli markaziy organlari oz majlislarida Vakillar palatasiga uchtadan azo saylaydilar va bu bilan Milliy Majlis tasischisi bolishlarini tasdiqlaydilar.
2. Tasischilarning viloyat, Qoraqalpogiston Respublikasi yoki Toshkent shahri boyicha saylanib qoyilgan rahbar organlarining umumiy majlisida ikkitadan Devon azosi saylanadi. Saylov tartibini har qaysi majlis ozi belgilaydi.
3. Devon va Vakillar palatasi azoligiga saylanish muddati Milliy Majlis ishlab chiqqan qonun bilan belgilanadi.

FAOLIYAT QOIDALARI
1. Milliy Majlis tasischilari, Devon va Vakillar palatasi azolari qonun chiqarishda tashabbuskorlik qilishlari va oz qonun-loyihalarini Milliy Majlis muhokamasiga qoyishlari mumkin.
2. Tashabbuskor oz loyihasini Devon yoki Vakillar palatasi rahbariga topshiradi, tegishli palata muhokamasidan otib, kopchilik ovoz bilan qabul qilinsa ikkinchi palata muhokamasiga topshiriladi. Ikkinchi palata ham kopchilik ovoz bilan qabul qilsa, qonun loyiha Milliy Majlis raisiga imzo chekish uchun topshiriladi.
3. Milliy Majlis Raisi imzo chekkan qonunloyiha Ozbekiston Respublikasi Prezidentiga Farmon yoki Qonunga aylantirish uchun taqdim etiladi va mahalliy hokimiyat organlariga ijro uchun yuboriladi.
4. Ozbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etilgan qonun-loyiha bir oy muddatda kuchga kiritilmasa, Milliy Majlis osha qonunloyihani kuchga kiritish yollari togrisida qaror qabul qiladi va uni ijro uchun tasischilarga yuboradi.

MILLIY MAJLIS XAZINASI
1. Milliy Majlis xazinasi alohida shaxslar mulki hisoblanadigan ishlab chiqarish va kommersiya tuzilmalaridan, shuningdek, siyosiy partiyalar, harakatlar, jamoat tashkilotlarining badallaridan, davlat byudjetidan va shaxsiy inom-ehsonlardan shakllanadi.
2. Milliy Majlis faoliyati uchun ajratilgan mablaglar uning oz hisob raqami ochilguncha Milliy Majlis tasischilari shaxsiy hisoblarida saqlanadi.
3. Doimiy harakatdagi palatalar va komissiyalar azolariga ish haqlari Milliy Majlis turli darajalarining qarorlari bilan belgilangan miqdorda Milliy Maylis jamgarmasidan ajratiladi.
Milliy Majlis tuzugi tasischilar bitimiga ilovadir va u bitim
imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.

7.3. OZBEKISTON RESPUBLIKASI DEMOKRATIK YONALISHDAGI SIYOSIY PARTIYALAR, HARAKATLAR, UYUSHMALAR, BIRLASHMALAR VA TASHKILOTLAR VAKILLARI TASHABBUS
GURUHINING B A Y O N O T I

Ozbekiston Respublikasi siyosiy va davlat hayotida ota murakkab tanglik holati vujudga keldi. Davlat hokimiyatining qonun chiqarish vakolatlari xalq ixtiyoridan butunlay olib qoyildi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bolmish Oliy Kengash oz vakolatlarini amalga oshirolmayapti. Ular tobora ijroiya hokimiyat ixtiyoriga otayotganligi aniq. Chiqarilayotgan qonunlar esa oz mohiyati bilan xalq manfaatidan yiroqlashib bormoqda. Asosiy qonunlar majmuasi hanuzgacha yoq. Qonun chiqaruvchi hokimiyat rasmangina mavjud bolib, uning qonunyaratuvchilik saviyasi juda ham past.
Davlat hokimiyati ijroiya vakolatlarining asosiy qismi harakatsiz holatda. Qonunlar ijrosi taminlanmayapti. Ularning jamiyat hayotidagi orni tobora pasayib bormoqda. Ijroiya hokimiyat faoliyatida qonunsizlik ildiz otayotir. U ozining asosiy vazifalarini bajarmayapti. Uning faoliyati xalqning tub manfaatlariga qaratilmasdan, zorlik va zoravonlikka tayanmoqda. Kelgusi avlod zarariga xizmat qiladigan har xil kaltabin tadbirlar kopaymoqda. Ijroiya hokimiyat davlat hokimiyati vakolatlarining barchasini oz qolida toplamoqda.
Davlat hokimiyatining adolat ornatish vakolatlari ota samarasiz holatda. Yuridik hokimiyati ozining asosiy vazifalarini bajarmayapti. Sudlarning qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyatlaridan qaramsizligi taminlanmagan. Adolatparvarlikning asosiy qoidalari ishlamayapti. Qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatlarining faoliyati nazoratsiz qolmoqda. Aksilkonstituciyaviy farmon va qonunlar amal qilmoqda.
Ommaviy axborot vositalarining barchasi butunlay davlat hokimiyatiga qaram holatida. Ular davlat hokimiyatida vujudga kelgan etiqodsizlik va maslaksizlikka xizmat qilmoqdalar. Xalq ommasining juda katta qismi oz dardu alamlarini hokimiyatga yetkazaolmayotir.
Yuqorida aytilgan mezonlar hokimiyat tangligidan tola dalolat beradi. Respublika xojaligi idora qilinmayapti. Idora qilinmagan xojalikda iqtisodiy bohron ildiz otishi muqarrar. Mana shunday vaziyatda yagona togri yol bu qonun chiqarish vakolatlari barchasini uning haqiqiy egasi xalq ixtiyoriga berishdir. Xalq oz vakolatlariga egalik qilishini vaziyat talab qilmoqda. Lekin zoravonlikning barcha vositalari bilan qurollangan hokimiyat xalqning vakolatlarini osonlikcha qaytarib bermoqchi emas. U xalq noroziligini bostirish uchun uning qonini ham tokishga tayyor ekanligini bir necha bor namoyish qildi. Davlat hokimiyatining barcha tuzilmalari yakka partiya (XDP) hukmronligi ostida qolmoqda. Bu partiyaning amaldorlik lavozimida otirgan vakillari xalq xojaligini barcha sohalaridagi boshqaruv tuzimlarini ham oz qollarida mahkam ushlab turibdi. Korxonalarda har qanday partiya faoliyatini cheklash haqidagi Prezident Farmoniga qaramasdan XDP vakillari barcha korxonalarda oz faoliyatini rasman va oshkora davom ettirmoqdalar. Korxona rahbarlariga XDP tuman kengashlari hisob raqamiga har oy malum summada soliq tolash majburiyatlari yuklanmoqda. Bozor iqtisodiga otish va uning tarmoqlarini shakllantirish ishlarida nomenklatura va partokratiya tomonidan ochiqdan-ochiq tosqinlik qilinmoqda. Shu bilan birga oz manfaatlarini qondirish uchun bu partiya vakillari ozlari egallab turgan mansablardan foydalangan holatda davlat korxonalarini yashirin ravishda xususiylashtirib, xalq mulkini talon-taroj qilib, ozlashtirib olmoqdalar. Bunday qonunbuzarliklar va bularga nisbatan davlat tuzilmalarining jinoyatkorona loqaydligi va beparvoligi, ayrim hollarda esa ularning jinoyatga bosh qoshishligi oqibatida jamiyatda juda ham ogir vaziyat yuzaga keldi. Bu xavfli qarama-qarshilikning bir tarafida qashshoq, och, barcha insoniy huquqlaridan mahrum qilingan millionlab gazabga mingan xalq turibdi. Ikkinchi tarafda esa yetti pushtigacha toq, usti but, oddiy xalq hisobiga noqonuniy yol bilan boyib va shishib ketayotgan, xalqdan ajralib qolgan bir hovuch toralar turishibdi. Agar jarayonlar rivojlanishiga jiddiy etibor berilmasa, ertaga oddiy xalq gazabi dengizday toshib ketadi va oz qarida mavjud tuzum toralarini garq qiladi. Bu Ozbekiston tarixida ilk marotoba fojiali fuqarolar urushiga olib keladi. Shu qaltis vaziyatni hisobga olib va voqealar jarayonini qisman bolsada boshqaruv imkoniyatiga ega bolish uchun Ozbekiston davlati va xalqi taqdiri, uning kelajagiga befarq bolmagan, demokratik va oliy insoniy qadriyatlarni ezozlaydigan, jumhuriyatda faoliyat korsatayotgan demokratik kuchlar vakillari Ozbekiston Milliy Majlisi tasis etishga qaror qildilar.
Milliy Majlis tarkibiga barcha ijtimoiy-siyosiy harakat, partiya, uyushma, jamiyat va jamoat xohlagan paytlarida kirishlari oz fikr-rejalari bilan Ozbekiston davlati va xalqining ravnaqi yolida faoliyat korsatishlari barcha uchun tadbiri joizdir.
----------------------------------------------
Bayonot Milliy Majlis tasischilari bitimi imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.

Eslatib otamiz: bu uchala hujjat loyihalari tasischilar muhokamasidan otmagan va birortasining ostida tasischilar imzolari yoq edi!

8. OZBEKISTONDAGI AVTORITAR REJIMNING MILLIY MAJLIS ISHI NOMLI UYDIRMA SUD ISHINI UYUSHTIRISHI VA PROFESSOR O.KARIMOVNING TOSHKENTDAGI QAMOQXONADA 33
KUN QAMAB QOYILISHI TAFSILOTLARI

Keyingi hatti-harakatlar. 1992 yil iyun boshida (aniqrogi iyunning ikkinchi yarmida, A.Sh.) barcha tayyorgarlik ishlari tugallandi. Demokratik kuchlarning yangi tashabbusi bilan davlat boshligini tanishtirish maqsadida Ustav, Dastur (Tuzuk, A.Sh.) loyihalari ilova xati bilan shaxsan Ozbekiston Prezidentiga va har xil ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarninig hamma rahbarlariga jonatib yuborildi.
Ammo Ozbekiston Prezidenti 1999 yil 1 iyulda parlamentda nutq sozlab quyidagi sozlarni aytdi: Bizdagi malumotlarga kora bizning jamiyatimizda ozini Milliy Majlis deb atayotgan qora kuchlar paydo bolibdi, ular parallel hokimiyat tuzilmalarini tuzishni xohlashmoqda, xalq saylagan siz deputatlarni ornilaringizdan tushirishmoqchi (deputatlik maqomidan mahrum qilmoqchilar), noqonuniy yol bilan hokimiyatni oz qollariga kiritmoqchilar, mamlakatda ota tartibsizliklar va vahima, sarosima tugdirishmoqchilar, qandaydir ikki palatali parlament haqida soz yurutmoqdalar. Bu Konstituciyaga, bizning Mustaqilligimizga, jamiyatdagi barqarorlikka tajovuz qilishdir! Xalq orasida galayonlar bolish xavfi bor, qurbonlar ham bolishi mumkin. Shu sababli jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashni kozlab, millionlarning hayotini saqlash yolida men yuzlab fitnachilar (buzgunchilar)ning es-hushini kirgizib qoyishga tayyorman
Ishlarning bunday tus olishiga, muxolifatdagi deputatlarga zulm otkazilishiga, ularga soz berilishi rad qilinganligiga, ozgacha fikrlaydiganlarga qarshi ochiqdan-ochiq terror boshlanganligiga norozilik tarzida Erk partiyasining raisi Muhammad Solih (1992 yil 2 iyulda, A.Sh.) Parlament Prezidiumi stoli ustiga oz deputatlik mandatini namoyishkorona tashladi va zalni tark etdi [23]
Ozbekiston mamurlarining harakatlari.
Konstitucion tuzumni agdarishga uringanligi uchun (Sovet Jinoyat Kodeksining 62-moddasiga asosan (Davlatga qarshi ota xavfli jinoyat qilishga yonaltirilgan uyushgan faoliyat , A.Sh.)) quyidagilar hibsga olindilar va jazoga hukm qilindilar.
Bobir Shokirov, 1992 yil 14 dekabrida (15 avgustda, A.Sh.) qamoqqa olingan. 1993 yil 6 avgustda 11 oyga (11 oy 22 kunga, A.Sh.) qamashga hukm qilingan. Muddatning tugashi bois sud zalidan ozod qilingan.
Hazratqul Xudoyberdi, 1992 yil 9 dekabrda qamoqqa olingan, 1993 yil 6 avgustda 5 yilga qattiq tartibli koloniyada jazoni otashi bilan uch yillik shartli hukm belgilanib sud zalidan ozod qilingan. Osha yil sentyabrida Irrigaciya instituiti hududida Milliy xavfsizlik xizmati xodimlarining igvogorona hujumidan song u Toshkentni tark etdi va Samarqand viloyatidagi qishloqqa jonab ketdi. 1994 yil 2 mart kuni Kattaqorgon tuman miliciya boshligining orinbosari uni uy qamogida bolishini elon qildi. U osha kechasiyoq Moskvaga, bir yil otib esa Shveciyaga jonab ketdi.
Atanazar Arifov, 1992 yil 19 dekabrda (22 dekabrda, A.Sh.) qamoqqa olingan, 1993 yil martda (23 fevralda, A.Sh.) ozod qilingan, 1993 yil 6 avgustda 5 yilga qattiq tartibli koloniyada jazoni otashi bilan, shartli. Oliy Sud buyrugini (korsatmalarini) buzganmish, deb 1994 yil 3 martda takroran qamoqqa olingan va qattiq tartibli zonaga etap qilingan (koloniyaga soqchilar kozatuvida jonatilgan).
Olim Karimov, 1993 yil yanvarda (21 yanvarda, A.Sh.) qamoqqa olingan, IIV yertolasida sogligi juda yomonlashganligi sababli 1993 yil 23 fevralda (22 fevralda, A.Sh.) ozod qilingan, 1993 yil 6 avgustda umumiy tartibli koloniyaga shartli qamoq muddati belgilangan.
Salavat Umurzoqov, 1993 yil martda (14 mayda, A.Sh.) qamoqqa olingan, 3 yilga shartli qamoq muddati umumiy tartibdagi koloniyaga belgilangan va sud zalidan ozod qilingan. Oliy Sud buyrugini buzganmish, deb 1994 yil 3 martda (23 martda, A.Sh.) qamoqqa olingan va umumiy tartibdagi koloniyaga jonatilgan. 1995 yilda (1994 yil 2 noyabrda, A.Sh.) ozod qilingan.
Abdulaziz Maxmudov, 1993 yil 6 avgustda 3 yilga umumiy tartibdagi koloniyaga shartli qamoq muddati belgilangan.
Abdulla Otayev, 1992 yil 19 avgustda qamoqqa olingan. Bedarak yuqolgan va shu vaqtgacha uning taqdiri nomalumdir. [23]

Endi hozir tilga olib otilgan Milliy Majlis ishtirokchilarining har biri haqida qoshimcha malumotlar keltiraylik.
Bobir Asilxanovich Shokirov Xitoy Xalq Respublikasidagi Gulja shahrida (Sharqiy Turkistonda) 1946 yil 7 noyabr kuni tugilgan, millati - ozbek, malumoti toliqsiz oliy, partiyasiz. U 1992-1993 yillarda Toshkent shahri, Beshyogoch mavzesi, 6-uy, 100-xonadonda yashardi. Quyida keltirilayotgan malumotlar B.Shokirov 1993 yil 1 iyulda OzR Oliy sudida aytgan gaplari asosida yozildi.
Bobir Shokirov mashhur din va jamoat arbobi, ulamo Alixontora Shokirxoja ogli (taxallusi Soguniy; 1885.21.3, Toqmoq 1976.28.2 Toshkent)ning nevarasi. Bobirning ota-onasi oz oilasi bilan Xitoydan Toshkentga 1960 yilda kochib kelishgan. U 1967 yilda Toshkentda orta maktabni tugatdi. U 1968 yilda Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) shahriga jonab ketdi. U yerda akademik Andrey Dmitriyevich Saxarov rahbarlik qilayotgan dissidentlar va inson huquqlarini himoya qiluvchilar harakatiga qoshildi. U Ozbekiston haqida bir nechta tanqidiy maqolalar yozdi, ularni xorijda chop etishga va Sovet Ittifoqida tarqatishga harakat qildi. U 1970 yilda millati rumin bolgan bir kishi bilan tanishdi. Bobir ozi yozgan barcha maqolalarini kichik chamadonga solib Moldaviyaga uning uyiga bordi. U yerda uning uyida Davlat Xavfsizlik Xizmati xodimlari qamoqqa olishdi. Uni Kishinev shahrida Moldaviya Oliy sudida sud qilishdi. Sud bor-yogi ikki kun davom etdi. Sudga hatto uning tugishgan akasini kiritishmadi va unga qattiq tartibli koloniyada 12 yillik qamoq muddati haqida hukm oqildi. Uni mashhur siyosiy mahbuslar Andrey Sinyavskiy va Vladimir Bukovskiy otirgan Mordoviya qamoqxonasiga qamashdi [27]. U Sovet Ittifoqi dissidentlari orasida yagona ozbek edi.
Ikki yil otgach, yani 1972 yilda qamoqxonaga uning oldiga bir guruh ozbeklar keldi va afv haqidagi xatni yozishga kondirish uchun harakat qilishdi. U rad javobini berdi. Shu sababli uni yer ostida yetti qavatli (!) binodan iborat Rossiyaning mashhur qamoqxonasi Vladimir Centraliga (asosiy) jonatishdi. U u yerda uch yil otirdi. Ota-onasining yozma murojaatlaridan song 1979 yilda uni Toshkent qamoqxonasiga olib kelishdi. 20 kundan song uni OzR Davlat Xavfsizlik Xizmati raisining orinbosari, general-mayyor Levon Nikolayevich Melkumov ((17.01.1924 - ) [4, 7-j., 134b.]) kabinetiga olib borishdi. Har qanday siyosiy faoliyatni toxtatish sharti bilan uni 1979 yilda qamoqxonadan ozod qilishdi. U Toshkent davlat universitetida tarjimon bolib ishlay boshladi. Osha vaqtda u OzR Fanlar Akademiyasining Prezidenti Obid Sodiqovich Sodiqov (15.11.1913 - ) [4, 10-j., 213-b.] bilan uchrashdi va uning roziligi bilan Tarjimalar markazini tashkil etdi. Bu Markaz atigi yetti oy faoliyat olib bordi. 1979-1989 yillarda kuchishlatar organlar va hokimiyat tizilmalari uning har bir ishiga turli qarshiliklar qilishdi. Shu sababli u 1989 yilda AQShga jonab ketdi. Bobir u yerda ikki yil davomida farmacevtika (dorishunoslik) firmasida ishladi. AQShning paxtachilik va tekstil sanoatini organdi. Sovet Ittifoqi rahbari, Tinchlik sohasidagi Nobel mukofotining sovrindori M.S.Gorbachev 1989 yil oxirida nohaq sudlangan 186 siyosiy mahbusni afv etish va sudlanganlikni olib tashlash haqidagi Farmonga imzo chekdi. Bu royxatda Bobir Shokirov ham bor edi!
1991 yil 1 sentyabrda Ozbekiston Mustaqilligi elon qilingach, B.Shokirov 1992 yil yanvarida oz Vataniga Ozbekistonga qaytishga qaror qildi. U davrimizning mashhur yozuvchisi, adabiyot sohasidagi Nobel mukofoti sovrindori Aleksandr Soljenicinga telefon qildi va Ozbekistonga qaytayotgaligi haqida aytdi. A.Soljenicin: Ne rano li vozvrashaeshsya? (Qaytishga barvaqt emasmi?) degan. Bobir AQShdan Ozbekistonga duxoba toqiydigan 50 ta dastgoh (stanok) olib keldi va duxoba ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirdi. B.Shokirov oilali, 1981 va 1983 yillarda tugilgan farzandlari bor.
Hazratqul Xudoyberdiyev 1953 yil 16 sentyabrda OzR Samarqand viloyati, Pastdargom tumani, Payshanba qishlogida tugilgan, millati ozbek, malumoti oliy, muhandis-mexanik, oilali, 1982, 1986 va 1989 yillarda tugilgan farzandlari bor. U 1978 yildan 1992 yilgacha Orta Osiyo Irrigaciya (lotincha irrigatio sugorish) ilmiy tekshirish instituti (OOIITI SANIIRI)da muhandis, katta ilmiy xodim bolib ishladi. U 22 ta ixtiro muallifidir. U Milliy Majlis ishi deb atalmish uydurma sud ishi boyicha 1992 yil 9 dekabrdan 1993 yil 6 avgustgacha Toshkent qamoqxonasiga qamalgandi. Ozbekiston kuchishlatar, jumladan maxsus xizmat organlarining tazyiqidan song 1994 yil 2 martda Vatanni tark etishga majbur boldi. U xorijda siyosiy boshpana oldi va 1995 yildan shu kungacha 2005 yil oxiriga qadar Shweciyaning Luleo shahrida oz oilasi bilan yashamoqda. U quyidagi kitoblar muallifidir:
1. XUDOYBERDI H. Milliy Majlis: gunohsiz ayblanganlar /Nashrga Namoz Normomin tayyorlagan/, Istanbul, 1996.
2. , 1993 (, ) (Siyosiy mahbus esdaliklari, 1993 (qamoqxonada yashirincha yozilgan kundalik)).
H.Xudoyberdining quyidagi asarlari uning www.stopdktatorkarimov.com veb-sahifasida bor: 1) Kundalik 1; 2) Soniya; 3) Cena mgnoveniya (Lahza qadri); 4) (Muz togi); 5) (Diktatura); 6) (Virus); 7) (Shavqatsizlik); 8) (Parij kundaligi); 9) Kundalik 5; 10) Kundalik 5.1; 11) Kundalik 5.2; 12) Kundalik 5.3; 13) Kundalik 6 (1997 yil); 14) Moziyga nazar. (Kamina bu malumotlarni H.Xudoyberdiyevdan 2004 yil 31 mayda elektron pochta orqali olgan edi.)
Atanazar Arifov 1938 yil 16 mart kuni Turkmaniston Respublikasi, Toshhovuz shahrida tugilgan, millati ozbek. 1960 yilda Toshkent davlat universitetining fizika fakultetini tugatgan. U 1966-1969 yillarda Ozbekiston Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika institutining ilmiy xodimi. U 1966 yilda fizika-matematika fanlari nomzodlik, 1980 yilda esa doktorlik dissertaciyasini yoqladi. 1966 yildan 1992 yil dekabrga qadar Toshkent Politexnika institutida (hozir Toshkent Texnika universiteti) oqituvchi (domulla) bolib ishladi. U 60 dan ortiq ilmiy ishlar muallifidir. 1990 yil boshida Kompartiya safidan chiqdi va Erk demokratik partiyasini 1990 yilda tuzishda faol ishtirok etdi. U EDPning 1-4-qurultoylarida EDP Markaziy Kengashi kotibi, 2004 yil oktyabrida bolib otgan 5-qurultoyida esa EDP MKning Bosh kotibi etib saylandi. U OzR Mustaqillik Deklaraciyasi ikkinchi loyihasinig tashabbuskori va muallifidir (3-bandga qarang). U shuningdek Ozbekiston Konstituciyasining muqobil loyihasi muallifidir, ushbu loyiha EDP nomidan OzR Oliy Kengashiga 1992 yil 19 iyunda topshirilgan edi. 1992 yil 22 dekabrda qamoqqa olinishidan oldin Toshkent davlat Texnika universitetida docent bolib ishlardi. Oilali, ogli Muxtor (1964 yilda tug.), ogli Abdulaziz (1965 yilda tug.), qizi Mardona (1969 yilda tug.), ogli Durbekzod (1973 yilda tug.) va ogli Sardor (1986 yilda tug). U 1997-2001 yillarda M.Ardzinov rahbarligidagi Ozbekiston inson huquqlari mustaqil jamiyati (OIHMJ) pravleniyesi azosi edi. U 2001 yilda tuzilgan Mazlum nomli inson huquqlarini himoya qilish tashkilotining asoschisi va tasis etuvchisidir (2003 yildan boshlab Mazlumning ijrochi direktori lavozimida EDP MK azosi Azam Turgunov ishlamoqda).
Professor Olimjon Karimov haqida quyidagi faktlarni qoshimcha qilish mumkin. U 1993 yil 21 yanvardan 22 fevralgacha 33 kun davomida Toshkent qamoqxonasiga qamalganligi togrisida yuqorida yozgan edik. U osha yerda 20 kun davomida Davlat va din nomli kitob (risola) yozgan. Shuningdek u qamoqxona kamerasida oltita ixtiroga talabnoma rasmiylashtirgan. Ushbu barcha materiallarni OzR prezidenti I.Karimov nomiga jonatib yuborgan. Prof. O.Karimov bu haqda Oliy sudda 1993 yil 6 iyulda aytgan edi. Bu kitob va ixtiroga talabnomalarning keyingi taqdiri nomalum bolib qolmoqda.
Prof. O.Karimov 1991 yil 6 iyulda Oliy sudda yana bunday degandi: Men osha kunlari akademik M.Muxammadjonov oldiga keldim va Milliy Majlis haqida sozlab berdim. U Ozod Dehqonlar partiyasi davlat royxatidan otgan emas va shu sababli partiya nomidan gapirishga sizga ruxsat bermayman degan. Shu sababli prof. O.Karimov Milliy Majlis yigilishlarida osha yillari ozi rahbarlik qilgan Ozbekiston tadbirkor dehqonlar associaciyasi nomidan ishtirok etgan.
Salavat Hayrullayevich Umurzoqov 1952 yil 27 dekabrda Rossiya, Chelyabinsk viloyati, Magnitagorsk shahrida tugilgan, millati ozbek. Uning otasi Hayrulla Umurzoqov (1925-2002) 1942 yilda Samarqand viloyati, Ishtixon tumanidan Magnitagorsk shahriga ishga yuborilgan edi. Salavat 1969-1971 yillarda Magnitagorsk shahar 39-kasb-hunar bilim yurtini elektrmontajchi ixtisosligi boyicha tugatdi. U 1971 yilda Magnitagorskda kechki maktabni ham tugatdi. U 1971-1973 yillarda strategik maqsadli raketa qoshinlarida xizmat qildi. 1973 yil 14 dekabrda Toshkentga kochib keldi. U 1974 1 sentyabrda Toshkent Qishloq xojaligini irrigaciya va mexanizaciyalashtirish injenerlar instituti (TQXIMII)ning qishloq xojaligini elektrlashtirish fakultetiga oqishga kirdi va uni 1979 yilda tugatdi. 1974-1976 yillarda jurnalistika boyicha ikki yillik kursni, 1977-1979 yillarda patentlashtirish sohasida ikki yillik kursni oqib bitirdi. 1979 yil dekabrdan 1981 yil mart oyiga qadar Sredazenergiya tashkilotida muhandis, 1981 yil martidan 1982 yil apreligacha NAIRI-3.2 elektron-hisoblash mashinasini ishlatish boyicha muhandis bolib ishladi. 1982 yil aprelidan 1990 yil sentyabriga qadar TQXIMIIda avval Elektrotexnikaning nazariy asoslari kafedrasida, keyin Qishloq xojaligida elektr quvvatini ishlab chiqarish va taqsimlash kafedrasida assistent (lot. assistens qatnashuvchi, yordamlashuvchi) lavozimida ishladi. U 1990 yil sentyabridan 1991 yil dekabriga qadar Munosabat gazetasi muharririyatining axborot bolimida muharrir, 1991 yil dekabridan 1992 yil iyul oyigacha Tadbirkor Predprinimatel gazetasida ishlab chiqarishni tashkillashtiruvchi lavozimida ishladi.
Milliy Majlis ishi boyicha tergov jarayoni 1992 yil iyulida boshlangach, muharririyat kompyuteri vaqtinchalik musodara qilindi, gazeta yopildi va barcha xodimlar, jumladan S.Umurzoqov ham oz xohishi bilan ishdan boshatildilar. U 1993 yil 14 maydan 6 avgustga qadar OzR Ichki ishlar vazirligi yertolasida hibsda saqlandi. U 1994 yil 23 martdan 2 noyabrgacha Qashqadaryo viloyati, Shayxali qorgonidagi qattiq tartibli koloniyada jazo muddatini otadi. OzR prezidenti chiqargan besh nafar fuqaroga nisbatan afv etish togrisidagi Farmoniga kora S.Umurzoqov 1994 yil 2 noyabr kuni muddatidan oldin qamoqdan ozod etildi. Unga 1997 yil fevralidagina U.Samir nomli qurilish-tamirlash xususiy korxonasini ochishga imkoniyat berishdi va ushbu firmada direktor bolib ishladi. 2001 yil yanvarida firma tugatilishi sababli yopildi. U 2001 yil yanvaridan bugungi kungacha 2005 yil oxirigacha yollanma mehnat bilan tirikchilik qilmoqda. S.Umurzoqov 1988 yil noyabr oxiridan Ozbekiston Birlik XHning azosi, 1989-1991 yillarda uning Toshkent shahar, Hamza tuman tashkilotining raisi bolgan. U 1990 yil sentyabridan shu bugungacha 2005 yil oxiriga qadar Erk dempartiyasi Toshkent shahar, Hamza tuman tashkilotining kotibidir. (Lekin u 1994-2005 yillar davomida Hamza tumanida EDP uchun birorta kozga korinarli ish qilgan emas, hatto 2004 yil oktyabrida Toshkent shahrida bolib otgan EDPning muhim 5-qurultoyida qatnashmadi!) U 1992-1997 yillarda Ozbekiston inson huquqlari jamiyatining azosi, 1997-2003 yillarda M.Ardzinov rahbarligidagi Ozbekiston inson huquqlari mustaqil jamiyati pravleniyesi azosi bolgan. U oilali, ogillari Samir (1981 yilda tug.), Sardor (1984 yilda tug.) va Sanjar (1992 yilda tug.) bor.
Abdulaziz Maxmudov 1950 yil 28 dekabrda Qirgiziston respublikasi, Osh viloyati, Maylisoy shahrida tugilgan, millati tojik. U 1978 yilda Turkmaniston davlat universitetining rus tili va adabiyoti fakultetini tugatgan. U 1979-1980 yillarda Baykal-Amur Magistrali (BAM)dagi maktabda BAM quruvchilarining farzandlariga dars bergan. 1984-1987 yillarda Moskvada SSSR Kinematografiya davlat qomitasi qoshidagi Ssenariychilar va rejisserlar oliy kursining kunduzgi bolimida oqidi, kinorejisser. Ozbekfilm kinostudiyasida ishlagan va 40 taga yaqin hujjatli filmlarni suratga olgan. U 1989 yilda Fargonadagi fojiali voqealarni suratga olgach, uni mafkuraviy mulohazalar bilan vazifasidan boshatishdi. U 1989 yil 1 avgustdan boshlab mustaqil jurnalist sifatida faoliyat olib bordi. 1989 yil 28 mayda Birlik xalq harakatining tasis qurultoyida hayat azosi etib saylangan. Oilali, ogli 1976 yilda, qizlari 1987 va 1991 yillarda tugilgan. U Abdulaziz xususiy firmasining prezidenti. Hozir 2005 yil dekabrida Toshkent shahri, Mirobod tumani, Norxojayev kochasi, 166-uyda joylashgan xususiy Internet-klub rahbari bolib ishlamoqda.
Abdulla Otayev haqida [25, 47-b.]da 1995 yilda yozilgan malumotlargina muallifga malum. Shu malumotlarni quyida keltiramiz.
Abdulla Otayev, Ozbekiston Islom uygonish partiyasi (IUP)ning amiri (raisi). U 1948 yilda OzR Surxondaryo viloyati, Shurchi tumanidagi Ishtimat qishlogida tugilgan, millati ozbek. Orta malumotli, madrasani tugatgan. Kop yillar davomida Toshkent viloyati, Lenin yoli kolxozida dehqonchilik bilan shugullangan. Toshkent shahrida yashardi. 1990 yilda Islom uygonish partiyasini tuzdi (royxatdan otmagan). Uylangan, 12 nafar farzandi bor, ulardan besh nafari voyaga yetmagan, turmush ortogi ishlamaydi, kasal. Otasi Boymorodov Ota Ulug Vatan urushi qatnashchisi, 78 yoshda, Ulug Vatan urushida 4 yil qatnashib 12 ta orden-medallar olgan. IUPni tashkil etarkan, u va uning maslakdoshlari IUPning siyosiy partiya emasligini, yani diniy partiya ekanligini takidlashgan, bu osha 1990-yillardagi qonunlarga kora taqiqlanmagan edi
1992 yil 15 dekabrda A.Otayev oz avtomashinasida soat 18 larda ishdan uyiga qaytayotgan edi. Tosatdan, oz uyidan sal nariroqda - 3-Tor kochada fuqaro kiyimidagi avtomatlar bilan qurollangan 4 kishi yolni tosishdi, uni avtomashinadan sudrab tushirishdi, hujjatlarini olishdi, ozlarining Chimkent raqamlari yozilgan havo rangli Moskvich avtomashinasiga itarib kirgizishdi va tezdan jonab ketishdi. Operaciya bor-yogi 1-2 minutda amalga oshirildi. Lekin bu operaciya guvohlarining aytishlaricha, ular pistirmada A.Otayevni kutib turishgan. Qamoqqa olinguniga qadar , uzoq vaqt davomida mamurlar unga IUPni tuzishdan voz kechgin, deb tazjiq korsatishgan va tahdid qilishgan. Ogirlab ketilganidan buyon uning haqida hech qanday malumot yoq. Uning qarib qolgan otasi respublikadagi kopgina hokimiyat pogonalariga (instansiyalarga), IIVga, bosh prokuror B.Mustafoyevga, prezident I.Karimovga doimo yozma murijaat qilmoqda. Ammo behuda, bazan IIVdan ularga hech narsa malum emasligi haqida quruq javob olmoqda. [25, 47-b.]

Endi muallifning Milliy Majlis tashkilotiga nisbatan munosabatini yozish orinlidir. Birinchidan, 1992 yil 28 martda otkazilgan Ozbekiston Demokratik kuchlar Forumiga oxshash katta va muhim majlislarni tashkil eta turib, amaldorlarning etiborsizligi yo shaxsan yoqtirmasligi yoki yana bazi bir sabablarga kora qandaydir kamchiliklarga, masalan, esdan chiqishi yoki ataylab ayrim shaxslarni taklif etmasliklari mumkin (albatta, bunday xatolarga yol qoyilmasa maqulroq bolardi). Shu sababli Ozod Dehqonlar partiyasi rahbarlari ODKF rahbariyatiga murojaat etib, ularni ham ushbu tashkilot tarkibiga kiritishlarini aytishlari va bu bilan demokratik kuchlarning birlashuviga xizmat qilmoqlari kerak edi!
Ikkinchidan, muallif mavjud hokimiyatga oxshash, parallel tizilmalar tuzishga yoki avtoritar siyosiy rejim uchun parallel tizim deb bahona topib berishga va ini rokach qilib Vatanimiz demokratik harakatining erksevar rahbarlari va faollarini repressiya qilinishiga qarshidir. Kamina 1992 yil noyabr dekabrida Milliy Majlis ishtirokchilaridan biriga murojaat qilib, tanishish uchun MM hujjat loyihassini olgan edi. 1992 yil oxirida Erk dempartiyasi Toshkent shahar rahbariyati yigilishida Milliy Maqjlis ishi boyicha bazi bir demokratlarning qamoqqa olinganligi va MM Tashabbus guruhi ishlab chiqqan hujjat loyihalarining muhokamasi boldi. Oshanda yigilishni MM qatnashchilaridan biri EDP Toshkent shahar tashkilotining 1-kotibi rahmatli prof. Shodi Karimov olib borgandi. Shunga qaramay muallif Milliy Majlis hujjat loyihalaridagi qopol xatolarni ham, MM ishtirokchilarining tutgan yolini ham, bu borada egallagan poziciyasini ham qattiq tanqid qilgan edi.
Uchinchidan, Milliy Majlis hujjatlari loyiha darajasida edi. Ulardan birortasi oxirigacha jiddiy ishlab bolinmagan, atroflicha muhokama etilmagan va umumiy yigilish tomonidan tasdiqlanmagan edi. Shuning uchun oxirigacha ishlanmagan va chala loyihalarni pochta orqali davlat rahbarlariga jonatilishi bu MM faollarining, avvalambor H.Xudoyberdiyevning juda qopol xatosidir, deb hisoblaydi muallif. Aftidan, MM hujjat loyihalarini OzR prezidenti I.Karimov nomiga pochta orqali ayni H.Xudoyberdiyev jonatib yuborgan bolsa kerak. Prof. O.Karimov 1993 yil 7 iyulda Oliy sudda bunday degan edi: Prokuror oqib bermagunicha, men bu Bayonotdan bexabar bolganman, oqimaganman. O.Karimov sudlanuvchi A.Arifov savoliga javob berib: Men Milliy Majlis hujjatlar loyihalari partiyalarda muhokama etilgachgina jonatilish tarafdori edim. MM hujjatlari prezidentga yuborilganligidan bexabarman degan edi. Haqiqatan ham A.Arifov tomonidan MM Bayonoti loyihasi tahrir etilgach hamda MM Bitim loyihasi yozilgach va 1992 yil 22 iyunda B.Shokirov tomonidan uchala hujjat loyihalari kopaytirilib, 29 iyunda tor doirada oqib berilgach, A.Arifovga qayta ishlash uchun topshirilgandi. MM qatnashchilari bu hujjatlar loyihalarini muhokama etishlariga imkoniyat berilmadi va muhokamasiz, yigilish qarori qabul qilinmay OzR prezidenti I.Karimov nomiga jonatib yuborilgan!
Shu yerda quyidagi faktni keltiraylik: 1993 yil 7 iyulda prof. O.Karimov Oliy suddagi nutqi tugagach, unga sud ishtirokchilari tomonidan savollar berila boshlandi. Savol berish navbati H.Xudoyberdiyevga kelganida, u O.Karimovga murojaat qilib shunday dedi: Men yozgan bazi bir loyihalarda kirib qolgan kamchiliklar uchun, biz tufayli chekkan aziyat uchun uzr sorayman.
Tortinchidan, kaminaning shaxsiy fikri boyicha, Milliy Majlis ishi boyicha tergovga chaqirilgan demokratik harakat rahbarlari va faollaridan bazilari tergov jarayonida maxsus xizmat organlari tomonidan sindirildilar va ulardan bazilari osha vaqtlardan boshlab hozirgi kunlargacha Ozbekiston kuchishlatar organlariga yashirincha xizmat qilib kelmoqdalar (bu haqda aniq malumotlarni avlodlar Ozbekiston maxsus xizmat organlar arxivini ochganda, oqib korib bilishadi)
Beshinchidan, MM hujjatlari loyiha darajasida edi va barcha ishlarni ochiqchasiga olib borishgandi. Hatto yigilishlarga hukumat tarafdorlari bolgan, davlat royxatidan otgan Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi va Vatan Taraqqiyoti partiyasini taklif etishgandi (lekin ular Milliy Majlis ishida qatnashmadilar). Bu fakt haqida Oliy sudda 1993 yil 2 avgustda prof. O.Karimovning advokati gapirgan edi. Yani MM tashabbuskorlarini birorta davlat organiga prokuraturaga, Oliy Kengashga yoki hatto prezident devoniga taklif etish va ogzaki yoki yozma ravishda bunday ishlar mumkin emasligi haqida ogohlantirish yetarli edi. Lekin Ozbekistondagi avtoritar siyosiy rejim osha 1992-1993 yillarda mamlakatimiz demokratik harakatining bazi bir rahbarlariga, jumladan prof. O.Karimovga qarshi tergov ishlarini olib bordi, qamadi va sud qildi.
Ha, demokratlarga qarshi bunday shavqatsiz taqiblar keyingi yillarda boshqa bahonalar bilan davom ettirildi. Bunday taqib-tazyiqlar hozir 2006 yil arafasida ham davom etmoqda!
Ozbekistonda bugungi kunda demokratiya qay ahvolda ekanligiga ham baho berib otaylik. Jahonda inson huquqlarini himoya qilish bilan shugullanuvchi taniqli Xalqaro Freedom House (Ozodlik uyi) tashkiloti dunyo mamlakatlarida demokratiyaning ahvoliga doir yillik hisobotini har yili dekabrda elon qiladi. Bu hisobotda 25 ta omilga qarab baho beriladi va mamlakatlar uch guruhga ajratiladi:
1) fuqarolik erkinliklari taminlangan mamlakatlar (ular soni 2006 yil arafasida 89 ta);
2) fuqarolik erkinliklari qisman taminlangan mamlakatlar (ular soni 58 ta);
3) fuqarolik erkinliklari butunlay taminlanmagan mamlakatlar (ular soni 45 ta).
1-guruhga 2005 yilda Ukraina ham qoshildi. Ozbekiston ham azo bolgan 12 Mustaqil Hamdostlik Mamlakatlaridan 1-guruhga kirgan yagona mamlakat Ukrainadir! Qirgiziston 2005 yilda 3-guruhdan 2-guruhga otdi. Gruziya 2-guruhda edi, shu guruhda qoldi.
Ozbekiston esa kop yillardan beri 3-guruhdan mustahkam orin olgan.
2004 yilda jahonda eng demokratik erkinliklar bogilgan, nodemokratik mamlakatlar oltita edi: Shimoliy Koreya, Myeyanma, Birma, Sudan, Suriya va Kuba. Freedom House tashkiloti 2005 yil oxirida bular safuga Ozbekiston va Turkmanistonni ham qoshdi. Yani Ozbekiston Yer yuzidagi eng nodemokratik sakkizta mamlakatning biridir! [28] Bunday tarixiy sharmandali natijalarga dastlabki qadamlar 1992 yil 16-17 yanvarda Toshkentda Talabalar shaharchasida qurolsiz talabalarni otish, demokratlarga qarshi qattiq tazyiqlar boshlanishi va Milliy Majlis qatnashchilari, jumladan professor Olimjon Karimov ustidan nohaq sud otkazilishi bilan boshlangan edi!
Shunday qilib, Milliy Majlis ishi deb atalgan 1992-1993 yillardagi uydurma sud ishidan, muallifning shaxsiy fikriga kora, Ozbekiston avtoritar siyosiy rejimi kuchishlatar organlari tomonidan qollanilgan qattiq tazyiqlar va qamoqlardagi qiynoqlarga qaramay oz qadr-qimmatini yoqotmasdan chiqqan, yani maxsus xizmat organlari bilan hamkorlikka bormagan demokratlar professor Olimjon Karimov, fizika-matematika fanlari doktori Atanazar Arifov va sobiq katta ilmiy xodim Hazratqul Xudoyberdiyevdir! Milliy Majlisning boshqa qatnashchilari togrisida, ular 1993 yildan 2006 yil boshiga qadar otgan deyarli 13 yil davomida qilgan amaliy ishlariga qarab oquvchilarimiz ozlari baho bersinlar va xulosa chiqarsinlar
Maqolamizning 1-qismi oxirida yana ikkita tarixiy fotosuratni keltirib otish orinlidir. Milliy Majlis qatnashchilari Oliy sud tomonidan 1993 yil 6 avgust (payshanba) kuni turli muddatlarga shartli hukm belgilanib, sud zalidan ozod etilganligi haqida yuqorida yozgan edik. Muallif osha kuni aybsiz jazoga hukm etilgan beshala demokratni suratga olgandi. Ulardan uch nafari B.Shokirov, H.Xudoyberdiyev va S.Umurzoqov rejim panjaralari ortidan hozirgina ozodlikka chiqqan edilar. Shuningdek 1993 yil 6 avgustda OzR Oliy sudiga kelgan va Milliy Majlis ishtirokchilarini qollab-quvvatlagan bir guruh demokratlarni va mahbuslar qarindoshlarini MM ishtirokchilari bilan birga tushgan fotosuratni ham keltirmoqdamiz. Prof. O.Karimov 1993 yil 6 avgust kuni kasal edi va Oliy sudga kelolmadi. (1993 yil 2 avgust kuni sudlanuvchilarning oxirgi sozlari tinglangan edi, shu kuni ham O.Karimov kasalxonada bolishiga qaramay, uni Oliy sudga Tez yordam mashinasida olib kelishgan va Olimjon aka suddagi oxirgi sozini qisqacha aytib, yana kasalxonaga olib ketilgan edi.) Shu sababli prof. O.Karimov bu fotosuratlarda yoq. Ikkala fotosuratni muallif olgan va ular ilk bor chop etilmoqda.
MILLIYmajlisFOT1 (500x700, 113Kb)
Foto 3. Aybsiz jazo berilgan Milliy Majlisning besh ishtirokchisi. Chapdan ongga: fizika-matematika fanlari doktori Atanazar Arifov, kinorejisser Abdulaziz Maxmudov, katta ilmiy xodim Hazratqul Xudoyberdiyev, biznesmen Bobir Shokirov va muhandis Salavat Umurzoqov. Toshkent shahri, Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi binosi yaqinida. 1993 yil 6 avgust.

1993DEMOKsud1 (700x424, 99Kb)
Foto 4. Milliy Majlis qatnashchilari 1993 yil 6 avgust kuni OzR Oliy sudiga kelgan bir guruh demokratlar va qarindoshlari davrasida.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. . ( ) (Aforizmlar enciklopediyasi (Sozdagi fikr)) /. ... - .: ACT, 1999. 720 .
Bryula, Pol (1866-1940) francuz yozuvchisi.
2. Ozbekiston Milliy Enciklopedoyasi. 12 jildli. - T.: OzME Bosh ilmiy muharririyati, 2000-2005.
3. (Paxtachilik enciklopediyasi). . . : .. (. .) . .: , 1985.
4. Ozbek Sovet Enciklopediyasi. 14 jildli. - T.: OzSE Bosh muharririyati, 1971-1980.
5. IBODINOV A. Quvasoyda nima bolgandi? Sovet Ozbekistoni, 1989 yil 13 iyun.
6. Ozbekistonning yangi tarixi. 3 jildlik /Tahrir hayati: A.Azizxojayev va boshq./ - T.: Sharq, 2000.
7. BOBOBEKOV H. Fargona fojialari kundaligi. - Fan va turmush, 1990, 4-son, 26-29-b.; 5-son 16-18-b.
8. HALIL OCHIQKOZ. Abdurahim Polat ozodlikda. Istanbul, 1995. 174 b.
9. LEVITIN L., KARLAYL D.C. Islom Karimov yangi Ozbekiston Prezidenti. T., Ozbekiston, 1996. 160 b.
10. Ozbekiston Sovet Socialistik Jumhuriyatining Mustaqilligi (suvereniteti) haqidagi Deklaraciya. Birlik, 1989 yil oktyabr, 7-son.
11. 12-chaqiriq Ozbekiston Oliy Kengashining 2-majlisiga Erk demokratik partiyasining taklif-loyihasi. Mustaqillik Deklaraciyasi Erk, 1990 yil javzo (22 may-21 iyun, A.Sh.), 7-son.
12. MAMATOV J. IAK. Hujjatli roman. - 1992-2005, Toshkent Baku Istanbul Vashington. (165 b.). - www.jahongir.org
13. SHUHRAT YUSUF AHMADJON ogli (Ahmadjonov Shuhrat). Birlikchilar va ozbekistonlik askarlarning tobutlari. T.: 1998-2004. 80 b.
14. . : (Ozbekiston siyosiy partiyalari: oltitasi royxatdan otgan va bittasi yashirin). . 1-. - http://www.centrasia.org/newsA 12:13 23.02.2005.
15. MOMINQULOV B. Husniddin dostim edi - Tumaris, 1990, avgust, 13-son.
16. Ozbekiston Ozod Dehqonlar demokratik partiyasi tasis qurultoyi haqida Axborot. Ozod dehqon, 1990, oktyabr, 1-son.
17. Ozbekiston Ozod Dehqonlar partiyasi. Dastur, Nizom loyihasi. T., 1991. 22 b.
18. MADAMINOV A. Dehqonlar firqasi. Yosh leninchi, 1991 yil 7 dekabr.
19. . (Prezident va uning chuntak partiyalari). - (e, ), 27 (257), 7 1992 .
20. Ozbek tilining izohli lugati. 2 jildli (Z.M.Marufov tahriri ostida). M.: Rus tili, 1981.
21. OzR Vazirlar Kengashining Raisi Abduhoshim Mutalovning muxbirlar savollariga javoblari. Mustaqil haftalik, 1992 yil, 3-son.
22. Ozbekiston Demokratik kuchlari Forumi Tasis majlisi. Erk, 1992 yil 1-7 aprel. 12-son; El ovozi (Erk DP Qoraqalpogiston Jumhuriyati tashkilotining gazetasi), 1992 yil 28 mart 4 aprel. 7-son.
23. X. 1. (1-hol. Qoshimcha malumotlar). - http://www'.uzbek-people.narod.ni/delo l.html 2004 .
24. UMURZAKOV S. Bobir Shokirov: Yagona yol insoniy qadriyatlarning tiklanishidir. Erk, 1992 yil 22-28 aprel, 15-son.
25. 2 (1994 . - 1995 .) (Ozbekiston inson huquqlari jamiyati. Axborot byulliteni, 2-son). - .: 1995. - 163 .
26. MUHAMAD SOLIH. Yolnoma /Muharrir: A.Abdurazzoq/. Erk nashriyoti, 2000. 360 b.
27. UMURZOQOV S. Bobir Shokirov: Yagona yol insoniy qadriyatlarning tiklanishidir. Erk, 1992 yil 22-28 aprel, 15-son.
28. Ozodlik radiosi Ozbek shubasining 2005 yil 18 dekabr soat 21.00 dagi eshittirishida aytilgan fakt.

Maqola yuzasidan fikr-mulohazalar uchun manzil: havassh54@gmail.com , jiz54@mail.ru
2005 yil 15 iyun - 31 dekabr. Toshkent.

Shuhratjon AHMADJONOV. (5-maqolam, 2006 yil 1 yanvar) Ozbekiston Ozod Dehqonlar partiyasining asoschisi, professor Olimjon Karimov 80 yoshda. (Birinchi qism: 1988-1993 yillarda Ozbekistonda roy bergan ayrim tarixiy voqealarning prof. Olimjon Karimov taqdiri misolida tahlili).
- www.liveinternet.ru/users/4799013/rubric/6963249/ (www.liveinternet.ru " " () 2006 YILGI MAQOLALAR, , 2022.23.06);
- http://www.turonzamin.org/jurnal2006/shuhrta_olimk_10106.html (www.turonzamin.org ARXIV 2006.01.01);
- http://www.turonzamin.org/jurnal2006/shuhrta_olimk_10106.html (www.turonzamin.org Turonzamin , 2005 , 12-).

2006 YILGI MAQOLALAR

: [1] []
 

:
: 

: ( )

:

  URL