-Рубрики

 -Поиск по дневнику

Поиск сообщений в Турон_Шухратжони

 -Подписка по e-mail

 

 -Постоянные читатели

 -Статистика

Статистика LiveInternet.ru: показано количество хитов и посетителей
Создан: 06.02.2012
Записей: 483
Комментариев: 9
Написано: 524


SHERALI JO’RAYEV – PAYG’AMBAR YOSHIDA

Среда, 24 Марта 2021 г. 14:02 + в цитатник
Shuhratjon AHMADJONOV

SHERALI JO’RAYEV – PAYG’AMBAR YOSHIDA
SHERoila1 (700x454, 99Kb)

O’zbek xalqining mashhur hofizi va shoiri Sherali Jo’rayev 2010 yil 12 aprel kuni 63 yoshga, ya’ni Payg’ambar yoshiga to’ladi.

Sherali aka 1965 yilda maktab bitiruvchilarining xayrlashuv kechasida birinchi marta sinfdoshlari va muallimlari oldiga chqib qo’shiq aytganini eslasak ]1, 21-b.], uning samarali ijodi 45 yildan beri davom etayotganini tushunamiz. Shu ijodning dastlabki 26 yili Sovet Ittifoqi deb atalmish totalitar siyosiy rejim sharoitida o’tdi. Bu davrdagi ijodi, unga nisbatan qarshiliklar, u kechirgan qiyinchiliklar haqidagi muhim ma’lumotlar, shuningdek o’sha davrda aytgan ayrim qo’shiqlar matni [2]-kitobda yozilgan.

O’zbekiston 1991 yil 1sentyabrida Mustaqillikka erishgach, Prezident Islom Karimov rahbarligidagi Milliy xavfsizlik xizmati (MXX)ga tayangan politsiyaviy siyosiy rejim mamlakatimizda shakllantirildi va bugungi kunda hukmronlik qilmoqda. Shunday qiyin sharoitda ham Sherali aka imkoniyat doirasida yangi, yaxshi qo’shiqlar ijod qilmoqda va kuylamoqda, har yili tug’ilgan kunida o’z uyida qo’shiq festivalini o’tkazish bilan o’zbek qo’shiqchiligini boyitmoqda.

Ma’lumki, Sherali aka ajoyib qo’shiqlar kuylash, she’rlar yozish bilan birga mingdan ortiq shogirdlar tayyorladi va o’ziga xos yangi qo’shiqchilik maktabiga asos soldi. Lekin uning eng talantli va sevimli shogirdlari O’zbekiston maxsus xizmat organlari va ular bilan bevosita bog’liq kimsalar tomonidan o’ldirildilar (maxsus xizmat organlari puxta uyushtirgan jinoyatlar odatda ochilmaydi, yopiq qozon yopiqligicha qoladi). Masalan, xofiz, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlardan Oxunjon Madaliyev 2000 yil 29 iyun kuni to’yda zaharlab o’ldirildi, Muhriddin Holiqov avtomashina halokatida halok bo’ldi [2, 31- va 33-paragraflarga qarang], ajoyib kulgu ustasi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Hojiboy Tojiboyev 2008 yil 24 iyul kuni “to’satdan” vafot etdi [2, “So’nggi so’z o’rnida” paragrafiga qarang].

(Hojiboy aka 1981-85 yillarda Andijon filarmoniyasida Sherali aka bilan birga ishlagandi. Bir marta zahar berib o’ldirish usuli Oxunjonga qarshi qo’llanilgandi. Maxsus xizmat organlarining yuzlab jirkanch ish uslublari orasida o’zlariga ma’qul kelmagan shaxsga kamroq doza (miqdor)dagi zaharni tanaffuslar bilan bir necha marta berish va uning ichki organlaridan birini jiddiy kasallantirish, masalan jigarni tserroz darajasiga olib boorish uslubi bor. Bu reja amalga oshirilgach, kunlardan birida o’limga olib boruvchi dozadagi zahar beriladi va shaxs “to’satdan” vafot etadi. Vrachlar shu usulda o’ldirilgan fuqaro tanasini yorib tekshirganlarida, uning ichki organi (jigari) oldindan kasallangani, titilganini ko’radilar va “jigar tserrozidan o’lgan” deya tibbiy xulosa yozib beradilar. Bu haqda batafsilroq [2]-kitobning to’rtinchi nashrida, Hojiboy akaga bag’ishlab yozilgan alohida paragrafda bayon etarman, Alloh xohlasa. Eslatib o’taman: Hojiboy Tojiboyev biror marta vrachga jigari masalasida murojaat qilmagandi.)

Ustoz qobiliyatli yosh yigitni topish va uning talantini ochish uchun yillab mehnat qiladi. Shu sababli sevimli shogirdlar ustoz uchun farzanddek bo’ladi, ba’zan esa o’z farzandidan ham ortiq bo’ladi (masalan, ulug’ astranom va davlat arbobi Mirzo Ulug’bek, uning o’g’li Abdulatif va shogirdi Ali Qo’shchini eslaylik). Sevimli shogirdlarining bevaqt o’limi Sherali aka uchun ham og’ir yo’qotish bo’lgan.

Ulug’ hofiz va shoir Sherali Jo’rayevga qarshi maxsus xizmat organlari Sovet Ittifoqi davrida ham, Mustaqil O’zbekiston sharoitida turli mish-mishlar tarqatishni uyushtirish, uni obro’sizlantirish, badnom etishga harakat qilganlar va hamon qilmoqdalar [bu haqda [2]-kitobning 22-paragrafida yozilgan]. Oxirgilaridan biri – uning boshqa o’g’li borligi haqidagi asossiz mish-mishdir. Bu borada Sherali aka 2007 yil 13 fevral kuni Andijon viloyatida yashayotgan Shavkatbek Ahmadbek o’g’lining nikoh to’yida aytgan gaplarini keltirib o’tsam (bu matn o’sha to’y diskidan 2010 yil 2 yanvar kuni bloknotimga ko’chirib yozib olgandim, so’zma-so’z keltiraman).

“Bir-ikkita biz o’zimiz non berib katta qilgan odamlar bor edi. Hozir ular endi polkovnik darajasiga kotarildiyu, ishdan endi bo’shagan hozir. Shuni aytib qo’yishim kerak sizlarga.

Shu odam mening uyimga bir o’n yil, yo’q, boring, yetti yil bo’ldi, bormaydi. Mendan xabar ham olmaydi.

Shuni ham aytib qo’yay. Yana bir haromi bolani yetaklab yurarkan. “Sheralining o’g’li” deb pul qilarkan.

Man qirqqa kirganimda o’g’il ko’rganman – Shohjahon (qarsaklar). Qirqqa kirganimda man o’g’il ko’rganman. Birinchi ko’rgan farzandim shu. Undan avval man farzand ko’rmaganman, hov birodarlar.

U aytadigan bolasi o’ziga teng, haligi jo’raning o’ziga teng.

Xullas, u aytadigan bolaning juda otasi ko’p, hov birodarlar (qarsaklar). Bir beshta, o’nta odamning oldiga olib borib, “Sening o’g’ling” deb, pul olgan onalari.

Shuning uchun men sizlarga ochiq-oydin, Allohning oldida aytayapman bu gapni.

Bunaqa tirikchilik qiladiganlarni shunday ushlanglar. “Sherali Jo’rayevning o’g’li tanbur choladi, dutor choladi, soz choladi, tor choladi. Uni bilish uchun sahnaga chiqarib qo’yib, qo’liga tor bering, tanbur bering, dutor bering. Chololsa, mening o’g’lim bo’ladi (qarsaklar).

Har bitta menga o’xshagan mening o’g’lim bo’lavermaydi-da. “Sen beriroq kel, beriroq kel, o’g’lim, tepaga chiq” (18 yoshlardagi yigit sahnaga chiqdi, A.Sh.). Mana shuni ham mening o’g’lim, desa, ishonaveradi odamlar. Sababi – menga o’xshaydida. Bu Andijonning 90 foizi bir-biriga o’xshaydi. Shuni aytib qo’yay.

Hali Nuriddinni mening o’g’lim, deb aytishgan, Ahrorni mening o’g’lim, deb aytishgan. Ular mendan bir yeti yoshga kichik, xolos (davrada kulgu, A.Sh.).

Shuning uchun, birodarlar, mana kamera ham olayapti. Shuni chiqarib qo’yaveringlar, shu gaplarimni. Xalq bilsin (qarsaklar).

Menda ikkita o’g’il bor. Shohjahon – 18 ga endi kirdi. Keyingisi esa Zohirshoh, deb ot qo’yganmiz. Unisi endi 16 ga kirdi. Mana yangi yilda (2007 yil boshida, A.Sh.) aka-uka qo’shilishib “Zamon-zamon”ni aytishdi. Shundan boshqa menda o’g’il yo’q, aytib qo’yay.

To’yga olib borarkan. “Sherali Jo’rayevning o’g’lini olib keldim” deb pul olarkan haligi to’y egasidan. Odamlarga “Hozir Sheralining o’g’li chiqadi” deb e’lon qiladi o’rtada e’lonchi. Mening o’rtoqlarim, sizlarga o’xshagan shinavandalar “Sherali Jo’rayevning o’g’li kelib qolibdi” deb 3-4 so’m qistirishadi. Shunga ishqiboz u haromilar.

Men shuni aytishim kerak edi. Shuni aytmasam bo’lmasdi. Men bu yerlarga endi qachon qaytib kelaman.

Men shuni aytishim kerak edi. Sizlar bilishlaring kerakligi uchun aytayapman. Juda zaril emas. Lekin aytishim kerak edi”

Sherali Jo’rayevga qarshi ish olib borayotgan O’zbekiston maxsus xizmat organlaridan tashqari asossiz tanqid qilayotgan ayrim shaxslar ham bor. Masalan, O’zbekiston “Birlik” xalq harakatining raisi Abduraxim Po’latovning shunday katta maqolasiga men [2]-kitobimning 17-paragrafida yaxshilab javob yozgandim.

Ming afsuski, shundaylar safida hofiz va shoir Dadaxon Hasan ham bor. U 2000 yillar boshida kompyuterda terib chop etgan va, eslashimcha 292 betlik qilib muqovalangan qo’lbola kitob tayyorlagandi. Dadaxon aka shu kitobdan bitta nusxasini o’qib chiqish uchun menga 2002 yilda bergandi va fikr-mulohaza bildirishimni so’ragandi. Kitobda Dadaxon aka o’zi yozgan she’rlar, qo’shiqlar matnlari, esdaliklar, shuningdek u haqda boshqa shaxslarning fikrlari yozilgan. Shu bilan birga kitobda ulug’ hofiz va shoir Sherali Jo’rayev haqida, uning yoshlik yillariga doir asossiz tanqidiy matn ham bor edi.

Men kitobni o’qib chiqib, 5,5 betdan iborat qo’lyozma ko’rinishda o’z fikrimni Dadaxon akaga berdim. Kitobda Dadaxon aka ijodiga doir “Ikki tog’” nomli she’r ham bor edi. Men Sherali aka va Dadaxon aka hozirgi o’zbek qo’shiqchiligida o’z yo’nalishiga ega bo’lgan ikki tog’dek hofiz ekanliklarini, Sherali Jo’rayevga nisbatan yozilgan gaplar asossiz va zararli ekanligini yozib bergandim.

Afsuski, Dadaxon aka 2008 yilda o’z kitobida yozgan Sherali Jo’rayev haqidagi matnni Internet-saytlardan birida maqola ko’rinishida chop ettirdi….

Maqola oxirida o’zbek xalqining ulug’ hofizi, zamondoshimiz Sherali Jo’rayevni, uning qo’shiqlarining 40 yillik muxlisi sifatida, Payg’ambar yoshi bo’lmish 63ga kirgani bilan samimiy tabriklayman.. Bunday paytlarda ko’pincha “Yuz yil umr ko’ring” deb tilak bildirishadi. Bir fuqaro xuddi shunday tilakni Rim papasi Lev-13ga aytganida u bunday javob bergan ekan: “O’g’lim, Xudo mehribonligiga chegara qo’ymaylik!” [3, 220-b.].

Keling, biz ham Alloh mehribonligiga chegara qo’ymaylik. Sherali Jo’rayevga 100 yildan ham ortiq umr berishini, eng muhimi Vatanimizda demokratik, hur zamonlar tezroq klishini va shunda Sherali aka televizor ekranlari orqali ham, katta maydonlarda ham kuylash va xalqimiz zavq-shavq bilan tinglash imkoniyatini berishni Allohdan tilaylik. Allohu akbar!

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. JORAYEV SH. Bola dunyoni tebratar. (Mas’ul muharrir N.Qobul). – T.: “Yulduzcha”, 1988. – 64 b.

2. АҲМАДЖОНОВ Ш. Шерали Жўраевдек ҳофиз ва шоир юз йилларда бир марта туғилади (Такой хофиз (искусный певец) и поэт как Шерали Жураев рождается раз в столетия). – http://www.uzbekcongress.org/ddkitob/sherkril.htm (Kitobning tuzatilgan va to’ldirilgan 3-nashri kiril va lotin alifbosida www.uzbekcongress.org sayti www.turonzamin.org sahifasining “DO’K kitoblari” ruknida 2009 yil 1 mart kuni chop etilgan (Исправленный и дополненный третий издание книги напечатана на сайте www.uzbekcongress.org на странице www.turonzamin.org в рубрике «ДУК китоблари» («Книги КДУ») 1 марта 2009 года);
http://yangidunyo.com/wp-content/uploads/2009/03/sherali-joraev.pdf (www.yangidunyo.com «Янги Дунё» кутубхонаси» бўлими, 2009 йил 16 март) (Библиотека «Янги Дунё» («Новый Мир»)) 16 марта 2009 года);
http://www.himoyachi.ucoz.ru/news/2009-03-17-892 (www.himoyachi.ucoz.ru 2009 йил 17 март).

3. ДУШЕНКО К.В. Большая книга афоризмов (Aforizmlarning katta kitobi). – Изд. 9-е, исправленное. – М.: ЭКСМО, 2008. – 1056 с.

E-mail: shjizzax54@gmail.com

AQSh, Boysi shahri.

2010 yil 11 aprel.
Рубрики:  ШЕРАЛИ ЖЎРАЕВ
СТАТЬИ 2010 ГОДА
ПРАВОЗАЩИТА

 

Добавить комментарий:
Текст комментария: смайлики

Проверка орфографии: (найти ошибки)

Прикрепить картинку:

 Переводить URL в ссылку
 Подписаться на комментарии
 Подписать картинку