-Ðóáðèêè

 -Ïîèñê ïî äíåâíèêó

Ïîèñê ñîîáùåíèé â Òóðîí_Øóõðàòæîíè

 -Ïîäïèñêà ïî e-mail

 

 -Ïîñòîÿííûå ÷èòàòåëè

 -Ñòàòèñòèêà

Ñòàòèñòèêà LiveInternet.ru: ïîêàçàíî êîëè÷åñòâî õèòîâ è ïîñåòèòåëåé
Ñîçäàí: 06.02.2012
Çàïèñåé: 483
Êîììåíòàðèåâ: 9
Íàïèñàíî: 524


4. PREZIDENTLIKKA O’Z NOMZODINI QO’YISHGA HARAKAT QILAYOTGAN SHAXSNI QAY DARAJADA MUHOKAMA QILISH MUMKIN VA AYRIM SHAXSLARNI PREZIDENTLIKKA NOMZOD ETI

Âòîðíèê, 23 Ìàðòà 2021 ã. 00:13 + â öèòàòíèê
Shuhratjon AHMADJONOV

4. PREZIDENTLIKKA O’Z NOMZODINI QO’YISHGA HARAKAT QILAYOTGAN SHAXSNI QAY DARAJADA MUHOKAMA QILISH MUMKIN VA AYRIM SHAXSLARNI PREZIDENTLIKKA NOMZOD ETIB KO’RSATISHDAN MAQSAD NIMA?

Muallifning J.Shosalimov haqidagi ikkita tanqidiy maqolasi www.uzbekcongress.org saytida 2007 yil 12 va 21 fevral kunlari chop etilgach ([1], [2]-ga qarang), safdoshimiz, Demokratik O’zbekiston Kongressi Boshqaruv hayatining a’zosi Bobur Isoyev [3]-maqolani yozdi. Avvalambor, Boburjonga tanqidiy fikrlari uchun rahmat. Chunki bunday qarashlarga ko’pgina demokratlar, ayniqsa yoshlar egalar. U o’z maqolasida jumladan shunday yozgan.

“ …Shosalimovni bo’yi nech sm bo’lishi, boshida sochi bor yo’qligi, uni stolini bir oyog’i bor yo’ligi haqida yozish uncha shart emas edi-mi deyman. Bu gaplar biroz kishini shaxsiyatiga tegib ketadigan gaplar emasmi?” [3]

Bu savolga sal kengroq qilib javob bersak. Faraz qiling, Oliy Majlis deputatligiga yoki prezidentlikka demokratlardan birining nomzodi qo’yildi va u Markaziy saylov komissiysi tomonidan ro’xatga olindi. Saylov ma’rakalari boshlanib, kattagina zalda bir necha yuz saylovchilar bilan prezidentlikka nomzodning saylovoldi uchrashuvi bo’lmoqda. Shunda zaldagi saylovchilar berishi mukin bo’lgan savollarga demokratlarcha javob berish qay darajada mumkin bo’lsa, biz – DO’Kchilar orasida ham oshkoralik, muhokama shu darajada bo’lmog’i kerak, deb hisoblaydi kamina. Bu – birinchidan.

Ikkinchidan, saylov ma’rakalari boshlangach raqib tomon demokrat nomzodkamchiliklarini tanqid qilishi, ro’y-rost yozishi, hatto televideniye orqali ko’rsatishi mumkin. Jumladan, prezidentlikka nomzodini yon yoki orqa tomondan tasvirga tushirish va televideniyedan ko’rsatish yo’li bilan uning bo’yi, tepakal ekanligini namoyish etishi mumkin. Ya’ni J.Shosalimov yoki boshqa nomzodga tegishli bo’lgan va ko’rinib turgan holatni o’quvchilarimizdan berkitishdan foyda yo’q.

Uchinchidan, agar prezidentlika nomzod duduq, soqov yoki gung bo’lsa, buni ham oshkora yozmog’imiz o’rinlidir. Eslatib o’tamiz: duduq, soqov yoki gung fuqarolar ham o’z nomzodini prezidentlik sayloviga qo’yish huquqiga ega.

To’rtinchidan, deyarli 28 millionli O’zbekiston xalqi nomidan gapirish huquqi faqat bir kishiga – Prezidentga beriladi. Shu sababli prezidentlikka da’vogarlik qilayotgan shaxs har tomonlama yetuk nomzod bo’lishiga harakat qilmog’imiz lozim.

Demokratik davlatlarda prezidentlikka nomzodlarni qay darajada muhokama qilishlariga e’tibor beraylik. Masalan, Fransiyada 2007 yil oxirida, AQShda 2008 yilda navbatdagi prezidentlik saylovlari bo’lib o’tadi. Amerikaliklar deyarli bir yil davomida prezidentlikka da’vogarlik qilayotgan nomzodlarni har tomonlama – bolalik davridan boshlab shu kungacha bo’lib o’tgan voqealarni, hatto uyida saqlayotgan it, mushuk, akvariumdagi baliqlarigacha muhokama qilishadi.

Bir qaraganda nomzodning prezidentlik vazifasi bilan uning uyida saqlayotgan it yoki mushugi o’rtasida hech qanday aloqa yo’qday ko’rinadi. Endi tasavvur qiling: o’z farzandiga uyda mushuk saqlashga ruxsat bermagan badjahl ota yaxshi prezident bo’lishi mumkinmi? U prezident bo’lgan davrda mamlakat tabiati, ekologiyasiga yetarlicha e’tibor beradimi, ekologik muammolarni hal qilishga kerakli mablag’ ajratadimi? Eslatib o’tamiz: 60 milliondan ortiq kishi yashayotgan, demokratik davlat bo’lmish Fransiyadagi xonadonlarda 4,3 million it, 3,9 million mushuk va akvariumlarda 36 milliondan ortiq baliq saqlashar ekan [4].

Boburjon Isoyev [3]-maqolada yana bunday yozgan.

“Qaniydi O’zbekstonda yuzlab kishilar har bir hokim, har bir deputat, har bir tadbirkor men prezident bo’laman deb barala aytsinchi, mana shuni o’zi xalqqa qancha kuch beradi.” [3]

Birinchidan, muallif J.Shosalimovdek, Abdulla Tojiboy o’g’lidek fuqarolar o’z nomzodini prezidentlik sayloviga qo’ymoqchi ekanligiga aslo qarshi emas.

Ikkinchidan, Boburjon aytganidek, vatanimizning yuzlab fuqarolari o’z nomzodlarini ko’rsatsalar a’lo ish bo’lardi. Buni kamina ham ma’qullaydi. Hatto bunga doir misolni muallif ibrat sifatida 2004 yilda o’zining [5]-maqolasida keltirgan edi. 2003 yil 7 oktyabr kuni AQShdagi Kaliforniya shtati gubernatorligi uchun bo’lib o’tgan saylovda 135 (!) AQSh fuqarosi o’z nomzodini qo’ygan edi. Saylovda mashhur kino aktyori va rejissyori Arnold Shvartsnegger g’olib chiqdi [6]. U shu kunlarda – 2007 yil aprelida ham Kaliforniya shtatining gubernatori bo’lib ishlamoqda.

O’zbekistondagi hozirgi politsiyaviy rejim sharoitida ko’p nomzod k’rsatilishining bitta lekini bor. Taniqli o’zbektadbirkori SanjarUmarovning taqdiri sizga ham, boshqalarga ham ma’lum: u “Serquyosh O’zbekistonim” kaolitsiyasini tuzgach, jinoiy qo’zg’atilib, soxta sud qilinib, 10,5 yilga qamab yuborildi. U hozir rejim qamoqxonasida jazo muddatini o’tamoqda.

Agar hozirsaylov ma’rakalari boshlanmasdan avval S.Umarovdek birorta shaxs faol harakat boshlab, o’z nomzodi korsatishga harakat qilsa, ko’pgina sobiq hokimlarni ayblab, sud qilganlari kabi o’sha fuqarolarga qarshi jinoiy ishlar qo’zg’atilib, sud qilinadilar va qamab yuboriladilar.

Aslida xalqimiz orasida vatanimiz prezidentligiga loyiq bo’lgan yuzlab shaxslar bor. Lekin kuchishlatar organlar hukmron bo’lgan hozirgi sharoitda S.Umarov taqdiri misolida bu qadamga bormaydilar, borolmaydilar.

Uchinchidan, muallif J.Shosalimovning ham, A.Tojiboy o’g’lining ham, shunga o’xshash prezidentlikka nomzodini qo’ymoqchi bo’layotgan boshqa kishilarning ham fikrlari, murojaatlari yozilgan maqolalarni www.uzbekcongress.org saytimizda chop etilish tarafdoridir.

Xo’sh, kamina nimaga qarshi? Kamina J.Shosalimovni o’zbek muxolifati yoki O’zbekiston Demokratik Kongressining prezidentlikka nomzodi, deb ko’rsatilishiga qarshidir. Deyarli 28 millionli xalqimiz orasida O’zbekistonda yashayotgan boshqa har tomonlama tajribali, yetuk shaxs nomzodini muhokama etib, ko’pchilik ovoz bilan qaror qabul qilib, qo’llab-quvvatlash tarafdoridir.

O’n kishiga rahbar bo’lmagan, ya’ni rahbarlik tajribasiga ega bo’lmagan J.Shosalimovdek fuqaroni O’zR Prezidenti etib saylash oddiy askar yoki serjant unvonidagi harbiyga marshall unvonini berib, butun qo’shinga qo’mondon qilib qo’yish bilan barobar emasmi? Bunday qo’shinning ahvoli qanday bo’lishini tasavvur qilish qiyin emas.

B.Isoyev [3]-maqolada kamina ayrim voqea, uchrashuvlarni batafsilroq yozganini tanqid qilgan. Kaminaning fikricha, ba’zan kuchishlatar organlar xodimlari, hokimiyat vakillari, ba’zi bir demokratlar bilan bo’lgan uchrashuv paytida aytgan gaplari haqiqiy vaziyatni to’liq ochib bermaydi. Ular ko’pincha og’izda bir gapni gapirib, ko’nglida, qarashlarida, shuningdek suhbat yoki so’roq paytida, o’z kasbdoshlari bilan munosabatda o’zlarini boshqacha tutadilar. Ya’ni shu holatlar ularning ichki dunyosi, fikr-mulohazalari, asl qarashlarini ko’proq ochib beradi. Shu sababli o’shanday vaziyatlarni, holatlarni kamina o’z maqolalarida sal batafsilroq yozmoqda. Bu – birinchidan.

Ikkinchidan, biz bilan bir zamonda yashyotgan odamlar, jumladan Boburjon uchun oddiy va tushunarli vaziyatdir. Lekin 20-30 yildan keyin maqolani o’qigan o’quvchilarimiz uchun ham shu vaziyatni to’g’ri tasavvur qilishlari uchun kerak, deb hisoblaydi muallif.

Uchinchidan, agar maqoladagi bunday abzatsdagi ma’lumot o’quvchimiz uchun ma’lum yoki zerikarli bo’lsa, shu abzatsni o’tkazib yuborib o’qishlari mumkin. Kamina badiiy kitoblarni o’qiganida tabiat manzaralarini tasvirlab berilgan kitob betlarini batafsil o’qimay, bir qarab, voqea tafsiloti yozilgan joylarga ko’proq e’tibor beradi. Ba’zi kitoblarni esa varaqlab, qayta-qayta o’qiydi (masalan, A.Qodiriyning “O’tgan kunlar” romanini ko’p marta varaqlab o’qigan, hatto [7]-maqolada iqtiboslar keltirgan).

Endi J.Shosalimov, A.Tojiboy o’g’lidek fuqarolarni muxolifat nomidan prezidentlikka nomzod qilib ko’rsatishga harakat qilishdan maqsad nima, degan savolga javob beraylik.

Birinchidan, bu xalqimiz orasidagi prezidentlikka loyiq kishilar o’z nomzodini qo’yishga da’vat qilish bo’lib, agar shu yo’nalishda ayrim sofdil insonlar S.Umarovdek harakat boshlasalar, ularni qora ro’yxatga kiritib, prezidentlik saylovi ma’rakalari boshlanganiga qadar bir yoqlik qilishdir.

Ikkinchidan, J.Shosalimov bilan suhbat qurgan har qanday ziyoli kishi 10-15 daqiqa ichida O’zbekiston prezidentligiga qay darajada loyiq yoki loyiq emasligi haqida xulosa chiqaradi. Mavjud rejim amaldorlari o’z davralarida ham, xalq orasida ham, saylov ma’rakalari vaqtida ham “Ko’rib qo’yinglar, muxolifat umumiy nomzodining ahvoli mana shunday. Unga qarab muxolifat kuchlar ahvoli, darajasini ko’z oldingizga keltirishingiz mumkin” degan ma’noda gapirishlari, ta’kidlashlari, maqolalar yozishlari va ommaviy axborot vositalarida bayon qilishlari turgan gap.

Uchinchidan, agar J.Shosalimovdek fuqaro muxolifat nomidan prezidentlikka nomzod, deb e’lon qilinsa, uni kuchishlatar organ xodimlari ataylab qisqa muddatga hibsga olishlari mumkin. Shu vaziyatda O’zbekistondagi demokratlar uni himoya qilib norozilik aksiyalarini, masalan piketlar uyushtirishlari kerak bo’ladi. Mana shunday ahvol MXX ataylab rejalashtirgan ahvol yuzaga keladi: norozilik aksiyasi qatnashchilariga qarshi IIV (militsiya) xodimlari tomonidan urib-so’kish, hatto sud orqali katta jarima solish yoki 15 sutkaga qamash choralari ko’riladi. Prezidentlikka nomzodni bunday demokratik usullar bilan himoya qilish uchun u hech bo’lmasa Sanjar Umarov darajasida bo’lishi kerak, deb hisoblaydi kamina.

To’rtinchidan, J.Shosalimovdek, A.Tojiboy o’g’lidek fuqarolar o’zbek muxolifatining prezidentlikka nomzodi, deb tan olinsa, muxolifat tashkilotlari xorijdan u yoki bu darajada moliyaviy yordam uyushtiradilar. MXX o’zining o’sha tashkilotlari ichidagi va O’zbekistondagi xabargirlari orqali bu mablag’lar miqdori va manbalarini aniqlashtirishga harakat qiladilar. O’zbekiston qonunlari bo’yicha ham, xalqaro demokratik qonunlar bo’yicha ham boshqa mamlakatdagi saylovlarni, ma’lum bi nomzodlarga moliyaviy yordam berish noqonuniy, davlatning ichki siyosiy ishlariga aralashish, deb hisoblanadi. O’zbekiston hukumati buni aniqlashtirgach, o’sha davlat rahbarlariga xalqaro qonunlarni ro’kach qilib o’z noroziligini bildirishi mumkin. Oxir-oqibat vatanimizning xorijdagi muxolifat vakillariga u yoki bu darajada yordam berib turgan xalqaro tashkilotlar rahbarlari xijolatga qolishlari, O’zbekiston muxolifati vakillari bilan aloqalarni kamaytirishlari mumkin.

Beshinchidan, eng muhimi, 2007 yil 23 dekabrdag bo’ladigan prezidentlik saylovi legitim (qonuniy) darajada, muxolifat vakillari qatnashgan holda demokratiya talablari darajasida o’tdi, deyish uchun kerak.

Jahongir Shosalimov o’z nomzodini O’zbekiston prezidentligiga qo’ymoqchi ekanligini ommavoiy axborot vositalarida yozgach, shu bahonai sabab bo’lib kamina jami oltita maqola yozdi. Agar J.Shosalimov bilangina bog’liq masala bo’lganida, muallif bir yoki ikkita maqolani yozish bilan chegaralangan bo’lardi. Kamina “Kibernetika fanidagi “qora quti” va Milliy xavfsizlik xizmati bilan hamkorlik qilayotgan kimsani aniqlash iloji bormi?” nomli maqolasining “Kirish so’zi” qismida ta’kidlaganidek, MXXning demokratlarga qarshi olib borayotgan faoliyatiga, shu bilan borga MXX bilan ko’pincha yashirincha, ba’zan oshkora hamkorlik qilayotgan “demokratlar”, ya’ni MXX malaylariga e’tiborni jalb qilish maqsadida ushbu oltita maqolani yozdi.

Ushbu oltita maqola oxirida kamina quyidagi fikrni alohida ta’kidlamoqchi. Biz hammamiz Ollohning bandalarimiz. Bandalarning barcha ishlari, jumladan ayrim kishilarning yashirin ishlari ham Ollohga ma’lumdir, ayondir. Agar Jahongir Shosalimov shu bugungacha O’zbekiston maxsus xizmat organlari, jumladan Milliy xavfsizlik xizmati bilan aloqa qilmay, o’z erki va xohishi bilan faoliyat olib borgan bo’lsa, Olloh kaminaga jazo bersin. Agar J.Shosalimov maxsus xizmat organlari, jumladan MXX bilan kelishgan holda, ya’ni aloqa qilib olib borgan va borayotgan bo’lsa, Olloh uni jazolasin. O l l o h u a k b a r – O l l o h b u yu k d ir!

P.S. Albatta, J.Shosalimov yoki A.Tojiboy o’g’lining prezidentlikka nomzod qilib ko’rsatilishi bilan 2007 yil 23 dekabrdagi prezidentlik saylovlari legitim (qonuniy) bo’lib, demokratiya talablari darajasida o’tdi, deyish uchun yetarli emasligi aniq. Kaminaning fikricha, Milliy xavfsizlik xizmati xilvatgohlarida ishlab chiqilgan va oxirgi 3-4 yil davomida qadamba-qadam amalga oshirilayotgan rejaga asosan muxolifat nomzodi qilib “Birlik” xalq harakati partiyasi Bosh kotibi Vasila Inoyatova va “Ozod Dehqonlar” partiyasi hozirgi rahbarlaridan biri Nigora Hidoyatova nomzodini ko’rsatishga sharoit yaratib berish rejalashtirilgan. Bu endi boshqa yanada kattaroq tahliliy maqolalar turkumi mavzusidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. AHMADJONOV Sh. Jahongir Shosalimov O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro’yxatga olinishga erisha oladimi? – www.uzbekcongress.org 2007.12.02.

2. AHMADJONOV Sh. O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga da’vogarlik qilayotgan Jahongir Shosalimov siyosiy va iqtisodiy bilimlari qay darajada? – www.uzbekcongress.org 2007.21.02.

3. ISOYEV B. “O’zbekiston Respublikasi prezidentligiga da’vogarlik qilayotgan Jahongir Shosalimov siyosiy va iqtisodiy bilimlari qay darajada?” maqolasiga munosabat. – www.uzbekcongress.org 2007.21.02.

4. “Ozodlik”radiosi O’zbek shubasining 2007 yil 29 mart kungi eshittirishida aytilgan fakt.

5. ÀÕÌÀÄÆÎÍΠØ.  Óçáåêèñòàíå 26.12.2004 íàìå÷àåòñÿ «Ãèððîì ñàéëîâëàð/íå÷åñòíûå âûáîðû» (Î íåêîòîðûõ âàæíûõ íåäîñòàòêàõ Çàêîíà ÐÓç «Î âûáîðàõ â Îëèé Ìàæëèñ Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí») (O’zbekistonda 2006.26.12 da “G’irrom saylovlar” o’tkazish belgilandi (“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida”gi O’zR Qonunining ayrim muhim kamchiliklari haqida)). – www.centrasia.ru 2004.27.10 00:57.

6.  Êàëèôîðíèè ïðîéäóò äîñðî÷íûå ãóáåðíàòîðñêèå âûáîðû (Kaliforniyada muddatidan oldin gubernatorlik saylovlari o’tkaziladi). – www.strana.ru 2003.07.10.

7. AHMADJONOV Sh. O’zbekiston maxsus xizmat organlari va Internetdagi shaxsiy yozishmalar xavfsizligini ta’minlash. – www.uzbekcongress.org 2006.23.05.
Email: shuhrat1954@yahoo.com (xat yozar bo’lsangiz, kaminaning ushbu pochtasi maxsus xizmat organlari nazorat qilishini hisobga oling)

Tahririyatdan: Maqola muallifi DO’Kning Toshkent bo’limi rahbari, inson huquqlari va tabiat himoyachisidir. Lekin maqola uning shaxsiy qarashi va tahlili sifatida tahrir etilmasdan chop qilinmoqda.
Posted on Sunday, April 15th, 2007 at 9:31 am

4. AHMADJONOV Sh. Prezidentlikka o’z nomzodini qo’yishga harakat qilayotgan shaxsni qay darajada muhokama qilish mumkin va ayrim shaxslarni prezidentlikka nomzod etib ko’rsatishdan maqsad nima? - http://turonzamin.org/2007/04/15/nuqtai-nazar-64/#more-1592 (www.turonzamin.org 2007.15.04).
Ðóáðèêè:  2007 MAQOLALAR

 

Äîáàâèòü êîììåíòàðèé:
Òåêñò êîììåíòàðèÿ: ñìàéëèêè

Ïðîâåðêà îðôîãðàôèè: (íàéòè îøèáêè)

Ïðèêðåïèòü êàðòèíêó:

 Ïåðåâîäèòü URL â ññûëêó
 Ïîäïèñàòüñÿ íà êîììåíòàðèè
 Ïîäïèñàòü êàðòèíêó